Eshqobilov sardor


Download 8.83 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi8.83 Kb.
#1830985
  1   2   3
Bog'liq
Pedagogik mahoratning asosiy asosiy tarkibiy qismlari

Eshqobilov sardor


Pedagogik mahoratning asosiy asosiy tarkibiy qismlari
REJA:
1.Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida
2.Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.
3.Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari.
Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida
Insoniyat tomonidan minglab kasb-hunar bajarib kelinadi. Har bir kasb yuqori saviyada bajarilishi, kasb mahoratining talablariga javob berishi kerak.
Pedagogik mahorat deganda pedagogik faoliyat yuritishda murabbiyning qobiliyatlarini oliy darajada namoyon etishi, butun borlig’ini ta’lim-tarbiyaga yo’naltirish tushiniladi. Pedagogik mahorat uzoq vaqt davomida o’qish-o’rganish, mashq qilish, tajribalar asosida hosil qilinadi. Pedagogik mahoratning boshqa kasb mahoratlaridan farqi shundaki, u bir qancha qirralarga bo’linadi.
Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi:
- pedagog shaxsini insonparvarlik yo’nalishiga ega bo’lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo’nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalashga yo’naltirilganligi;
- mutaxassislik fanlari, o’qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga ega bo’lish;
- pedagogik qobiliyatga ega bo’lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan uqib olish);
- pedagogik madaniyat va texnikani egallash, ya’ni o’z-o’zini boshqara olish, o’zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.
O’qituvchi shaxsining insonparvarlik (gumanistik) yo’nalishi - g’oyalari, qiziqishi, qadriy yo’nalishlari.
Har bir o’qituvchi shaxsining pedagogik yo’nalishi turlicha, ko’p qirrali. Uning qadriy yo’nalishini:
1) o’z-o’zida bilimdon, talabchan, haqiqiy o’qituvchini ko’rishga;
2) pedagogik ta’sir etish vositalariga (o’quv materiali va hakozo);
3) o’quvchiga, bolalar jamoasiga;
4) pedagogik faoliyat maqsadiga - faoliyat ob’ekti, vositalarini - o’zgartirishga qaratilgan bo’lishi mumkin, ya’ni gumanistik strategiya.

Download 8.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling