Esse “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati
Taʼlim tashkilotlariga oʼqishga qabul qilish
Download 21.47 Kb.
|
1 2
Bog'liqESSEC22
Taʼlim tashkilotlariga oʼqishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun taʼlim olishga doir teng imkoniyatlarning taʼminlanishi printsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin.
Taʼlim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya (nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi toʼgʼrisidagi sertifikat, oʼquv dasturi hamda taʼlim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, taʼlim oluvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʼlgan bolalar oʼqishga oʼz ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi. Аyrim taʼlim tashkilotlariga (oliy taʼlim muassasalariga, akademik litseylarga, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) oʼqishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Davlat oliy taʼlim va professional taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish davlat granti va (yoki) toʼlov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Chet ellik fuqarolarni Oʼzbekistonning davlat taʼlim muassasalariga qabul qilish toʼlov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi Davlat taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Nodavlat taʼlim tashkilotlariga oʼqishga qabul qilish tartibi ushbu taʼlim tashkilotlari tomonidan belgilanadi. Oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida oʼqishga qabul qilish parametrlari Prezident tomonidan belgilanadi Oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish chogʼida imtiyozli kontingent uchun qoʼshimcha qabul parametrlari belgilanadi Shuningdek, mazkur Qonun bilan 1997 yil 29 avgustdagi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʼgʼrisida”gi Qonunlar oʼz kuchini yoʼqotdi. O’Z FIKRIM: Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yangi “Ta`lim to`g`risida”gi qonunga imzo qo`yildi. Bu albatta biz yoshlar uchun muhim qadam hisoblanadi. Men shuni aytishim kerakki, ta`lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish kerak, chunki ta`lim tizimi samarali olib borilsa mamlakat rivojlanadi. Mana shu kundan boshlab Yaponiya, Koreya, Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda ta`lim tizimi va samarali o`qitish tubdan o`zgardi. Ta`lim mamlakat kelajagining hayotmamotidir. Har bir davlat aynan kuchli ta`lim tizimini yaratish va uni muntazam takomillashtirib borish haqida bosh qotiradi. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni 1997-yil qabul qilingan bo`lib, bugungi zamon shiddatlariga, umuman yangilanish, rivojlanishlarga javob bermay qolgan edi. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni 11 bob, 75 ta moddadan iborat bo`lib, amaldagi qonunning 34 ta moddasidan 33 tasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritilgan. Qonunning asosiy maqsadi, ta`lim sohasidagi faoliyati, jumladan ta`limning turlari, shakllari, tizimni boshqarish, sifatni nazorat qilish, ta`lim-tarbiya ishtirokchilarining samarali hamkorlik qilish mexanizmlarini ta`minlashdan iboratdir. Qonunning asosiy jihatlaridan yana biri shuki, mamlakatimizda ta`limni tashkil etishda alohida etibor qaratib kelinayotgan ta`lim va tarbiyaga, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi, shu paytgacha asosiy prinsip sifatida belgilanmagan edi. Endilikda ushbu prinsip qonun bilan belgilandi. Davlat ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiy iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi. XULLOSA: Ma’lumki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 1997 yilda qabul qilingan bo‘lib, ta’lim sifatini ta’minlashga qo‘yilayotgan bugungi talablarga javob bermaydi. Mazkur yangi Qonunning qabul qilinishi esa ta’lim masalasining tarbiya bilan uzviy bog‘liqligi ta’minlanadi. Bu bilan ijtimoiy hayotimizning hozirgi bosqichida, xususan, har bir yoshni shaxs sifatida ma’rifatli kamolga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim va tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turini takomillashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’limning uzviyligini, mazmun jihatidan ketma-ketligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qolaversa, boshlang‘ich, kasb-hunar ta’limi, kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shaklida umumta’lim va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida ta’lim amalga oshirilishi belgilanmoqda. Qonunda ta’lim muassasasi xodimlari, ta’lim oluvchilar va ota-onalarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ta’lim jarayoni qatnashchilarining ijtimoiy himoyasi, ta’lim jarayonida mehnat qilayotgan minglab mutaxassislarning, millionlab ota-onalarning huquqiy maqomiga, ularning ijtimoiy muhofazasiga doir jihatlarga, ayni vaqtda majburiyatlariga oydinlik kiritilmoqda. Shuningdek, qonun endilikda ta’limning nodavlat shaklini rivojlantirishga, jamiyatimizda intelektual mulk salohiyatidan samarali foydalanish, ilm-ma’rifatga doir ish joylari kengayishiga imkon beradi. Majlisda senatorlar yangi tahrirdagi qonun ko‘plab hamyurtlarimizning oliy ta’lim, xorijda olingan ta’lim bo‘yicha diplomlarni tan olish, ta’lim oluvchilar uchun vaqtincha yashash joylarini kafolatlash, masofaviy ta’lim, oilaviy ta’lim, inklyuziv ta’lim singari o‘z savollariga yechim topishga qiynalayotgan masalalarga huquqiy oydinlik kiritilgani bilan ahamiyatli bo‘lishini ta’kidladi. Senat a’zolari mazkur Qonunni ma’qulladi. Download 21.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling