Essey mavzu: Davlat boshqaruvi organlarida boshqaruv shakllari tushunchasi va ahamiyati
Download 22.59 Kb.
|
Davlat boshqaruvi organlarida
Huquq normasini o‘rnatish ommaviy boshqaruv organlariga qonunlar bilan belgilab berilgan vakolatlarni, huquq va majburiyatlarni amalga oshirish mexanizmlarini aniqlashtirishga qaratilgan ijro hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatidagi harakatlaridir.
Huquqni qo‘llash ommaviy boshqaruv organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunlar bilan belgilab berilgan vakolatlarni, huquq va majburiyatlarni amalga oshirish mexanizmlarining ijro hokimiyati organlari tomonidan huquq normasi o‘rnatilganidan so‘ng uni qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilish shaklida namoyon bo‘ladigan faoliyatidir. Yuqorida biz huquqni qo‘llash, ommaviy boshqaruv organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunlar va kodekslar bilan belgilab berilgan vakolatlarni, huquq va majburiyatlarni amalga oshirish mexanizmlarining ijro hokimiyati organlari tomonidan huquq normasi o‘rnatilganidan so‘ng uni qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilish shaklida namoyon bo‘ladigan faoliyati degan ta’rifni ilgari surdik. Xo‘sh, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, huquq normasi o‘rnatilgan ekan, mazkur tadbirni o‘tkazish asoslari, muddatlari, ishtirokchilari va boshqa zarur shartlarini huquqiy asoslantirgan tarzda tuman soliq inspeksiyasi bo‘yruq qabul qilishi shart. Mazkur bo‘yruqda yuqoridagi ta’kidlangan barcha shartlar o‘z ifodasini topishi lozim. Eng avvalo nazoratning bunday shakligini qo‘llashga bo‘lgan zarurat va asos aniq hamda to‘liq keltirilishi darkordir. Demak, ushbu shartlar aniq va to‘liq asoslantirilgan tarzda qabul qilingan nazorat haridini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror – huquqni qo‘llash hisoblanadi. Ya’ni soliq inspeksiyasi rahbari qonuniy va hatto konstitutsiyaviy asoslarga ega bo‘lgan, avval o‘rnatilgan huquq normasiga asoslangan va uning ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilgan buyrug‘i huquqni qo‘llash deb ataladi. Shunday qilib, ommaviy boshqaruv organlarining boshqaruv shakllarining huquqiy shakllari turlari bo‘lgan huquq normasini o‘rnatish va huquqni qo‘llash turlari bir biri bilan bevosita bog‘liqlikda va bir birini to‘ldirib turish xususiyatiga ega. Ta’kidlash kerakki, bunda shartli ravishda avval huquq normasi o‘rnatilishi shart, so‘ngra uni qo‘llash mumkin. Agar uning aksi yuz beradigan bo‘lsa, ya’ni huquq normasi o‘rnatilmasidan u qo‘llanilsa, bunday harakat o‘z o‘zidan nohuquqiy yoxud noqonuniy hisoblashga asos bo‘ladi. Ommaviy boshqaruv organlarining faoliyatida nohuquqiy (tashkiliy) shakllari deb, boshqaruv organining huquqiy shakllarini amalga oshirish maqsadida qo‘llaniladigan harakatlar algoritmi tushuniladi. O‘z navbatida ushbu shakl ham ikkiga ajratiladi. Bular: tashkiliy shakllar; moddiy-texnik shakllar. Download 22.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling