Estafetali yugurish turlari, texnikasi, taktikasi qoidalari Bajardi: To’xtasinov Dilmurodxon


Download 22.85 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi22.85 Kb.
#1375926
1   2   3
Bog'liq
yugurish

Estafetali yugurish texnikasi


  • Estafetali yugurish tomoshabinlarorasida katta qiziqish uyg‘otadi. Yengil atletikada estafetali yugurishning quyidagi turlari farqlanadi: — stadionda o‘tkaziladigan estafetali yugurish. Bu yerga 4x100 m, 4x400 m musobaqalar kiradi, ular klassik turlar hisoblanadi; — har qanday masofalarga va har qanday miqdordagi bosqichlar bilan estafetalar, shuningdek, “shved” estafetalari, masalan, 800+400+200+100 (yoki teskari tartibda); — stadiondan tashqarida, m asalan, sh ah ar ko‘chalarida o ‘tkaziladigan estafetalar. Ular uzunligi va bosqichlar miqdori, qatnashchilari har xil toifadagi insonlar bo‘lishi bilan ajralib turadi (faqat erkaklar yoki aralash, ya’ni erkaklar ham , ayollar ham yugurishlari mumkin)

  • Oqilona texnika, maxsus mashg'ulot metodikasi, sportchilami saralash tizimi va psixologik tayyorgarlik — buning hammasi yaxshi estafeta jamoasini yaratish uchun asosiy mezon hisoblanadi. Estafetalarda masofa bo‘y!ab yugurish texnikasi tegishli turlarning yugurish te x n ik asid an farq qilm aydi. E stafetali yugurish texnikasining o ‘ziga xos xususiyati — estafeta turiga mos holda estafeta tayoqchasini yuqori tezlikda uzatish texnikasidir. Estafeta jam oasining yaxshi natija ko‘rsatishida quyidagi omillar muhim sanaladi:

  • — sportchilarning tegishli masofalardagi individual ko‘rsatkichlari;

  • — estafeta tayoqchasini ishonchli uzatish;

  • jam oadagi sheriklarning muvofiq harakatlari;

  • — yagona jam oaning jipsligi.

  • Estafetali yugurish musobaqa qoidalariga muvofiq tayoqchani 20 m uzunlikdagi yoMkada uzatish kerak. 4x100 m ga yugurishda II, III va IV bosqichlar yuguruvchilariga yo‘lak boshidan boshlab 10 m a tro fid a q o ‘shim cha yugurish beriladi, bu estafeta tayoqchasini berish joyigacha yuqori tezlik olishga imkon yaratadi. Sportchilar yugurish va tayoqchani uzatish zonalarini e ’tiborga oigan holda I bosqichda 110 m ni, II bosqichda — 130 m, III da - 130 m, IV da — 120 m masofani bosib o ‘tadilar. Shuning uchun jam oa a ’zolarini bosqichlar bo‘yicha joylashtirayotganda ularning individual xususiyatlarini e’tiborga olish zarur.

  • 4x400 m ga estafetali yugurishda va boshqa hamma estafetalarda qo‘shimcha yugurish berilmaydi va ishtirokchilar 20 metrli yolakda turgan holatlarida start oladilar. Bu estafetalarda yugurish tezligi pastroq va shu sababli qo‘shimcha yugurish berilmaydi.

  • Estafetali yugurish quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: 1) estafeta tayoqchasini biror joyga solib qo‘ymasdan; 2) estafeta tayoqchasini biror joyga solib qo'yib yugurish. Odatda birinchi usul qisqa masofaga estafetalarda sodir bo‘ladi, ikkinchi usul qolgan barcha estafetalarda foydalaniladi.

  • Tayoqchaning samarali uzatilishini ta ’minlash maqsadida yuguruvchilar estafeta tayoqchasini qabul qilib olishda start yugurishini aniq va o ‘z vaqtida boshlashlari uchun makonni his qilishlari, shuningdek, estafetani uzatishda tayoqchani berish zonasida m um kin bo‘lgan maksimal tezlikni saqlab qolish, qabul qilib olishda esa uzatish zonasining 15-m etrida yugurish teziigini maksimal tez va barqaror tarzda osbirish u chun tezlikni his qiiish sezgilariga ega bo‘lishlari juda muhim.

  • Estafeta tayoqchasining yo‘lkada bo‘lgan vaqti uni uzatish texnikasi samaradorligi mezoni bo‘lib hisoblanadi. Yuqori malakali sportchilar uchun bu ko‘rsatkichlar erkaklarda o‘rtacha 1,80-1,90 s ni va ayollarda 2,05-2,15 s ni tashkil etadi. Sportchilar uzatish zonasining 15-16- metrlarida eng yuqori tezlikka erishadilar. Estafeta tayoqchasini uzatish texnikasi nooqilona bajarilgan bosqichda vaqt yo‘qotish o‘rtacha 0,1-0,3 s ni tashkil qiladi.

  • 4x100 m ga estafetali yugurish texnikasini ko‘rib chiqamiz. I bosqichda yuguruvchi past startdan turib 200 m ga yugurishdagi singari aylana yo‘lga start oladi. Estafeta tayoqchasi o‘ng qo‘lning uchta barm og‘ida ushlanadi, ko‘rsatkich va bosh barm oqlar tekislangan va start chizig‘i yonida yo‘lkaga tayanib turadi (36- rasm). I bosqichda yuguruvchi yo'lka chetidan yugurish uchun u tayoqchani har doim o‘ng qo‘lida tutib turishi, o ‘z sherigining esa chap qo‘liga uzatishi kerak. Masofa bo‘ylab yugurish maksimal tezlik bilan am alga oshiriladi. Qiyinligi shundaki, estafeta tayoqchasini yuqori tezlikda chegaralangan zonada uzatish lozim.

  • Estafeta tayoqchasini uzatishning ikki xil usuli mavjud: pastdan-yuqoriga va yuqoridan-pastga. Birinchi usulda estafeta tayoqchasini qabul qilib olayotgan yuguruvchi qo‘lini (tayoqchani uzatayotgan yuguruvchining qoliga qarama-qarshi bolgan qo‘- lini) orqaga biroz yon tomonga uzatadi, bosh barmoq kaft yuzasi tomoniga uzatiladi, to‘rtta barmoq qisilgan, kaft to‘g‘ri orqaga qaratiladi.

  • Tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi estafeta tayoqchasini pastdan- yuqoriga harakatlantirib bosh barmoq va kaft orasiga qo‘yadi. Estafeta tayoqchasini qabul qilib olayotgan yuguruvchi tayoqchaning tegishini his qilgan zahoti uni ushlab, panjasiga qisib oladi .

  • íkkinchi usulda ham qo‘i orqaga bir oz yon tomonga uzatiladi, lekin kaft yuzasi yuqoriga qarab turadi. Tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi estafeta tayoqchasini yuqoridan-pastga harakat qilish bilan uni kaftga q o ‘yadi. Tayoqchani qabul qilib olayotgan yuguruvchi u qoMiga tegishi bilan tayoqchani ushlab, panjasini qisib oladi .

  • Estafeta topshirayotgan yuguruvchi nazorat chizig‘iga etib kelgan paytda qabul qilib olayotgan yuguruvchi start tezlanishini boshlaydi. Estafeta uzatish zonasiga yugurib kirgan holda ikkala yuguruvchi yaqinlashadi, birinchisi ikkinchisiga etib oladi, tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi 2 ta yugurish qadam ida qabul qilib olayotgan yuguruvchiga estafetani uzatish maqsadida qo‘lini tekislab, orqaga uzatish uchun ovoz chiqarib qisqa buyruq berishi kerak. Uzatish bajarilgandan so‘ng estafetani qabul qilib oigan yuguruvchi o‘z bosqichida tez yugurishni bajaradi, estafetani uzatgan yuguruvchi esa asta-sekin yugurishni sekinlatib, to‘xtaydi, biroq o‘z yo‘lkasining yon chegarasidan chiqib ketmaydi.

  • Boshqa jamoalar ham uzatish zonasidan yugurib o ‘tganlaridan keyingina u yo‘lkani tark etadi.

  • II bosqichda yuguruvchi estafeta tayoqchasini chap qo‘lida ushlab boradi va III bosqichdagi yuguruvchining o‘ng qo‘liga uzatishni amalga oshiradi. Ill bosqichda yuguruvchi aylana bo‘ylab mumkin qadar uning chetiga yaqin yuguradi va IV bosqichda estafeta tayoqchasini o‘ng qo‘ldan chap qolga uzatadi. Estafeta tayoqchasini uzatish yuqorida aytib o‘tilgan usullarda amalga oshiriladi

  • Uzatish zonasida yuguruvchilar bir-birlariga halal bermasdan, ya’ni uzatishni bajarayotgan qo’lg a qarab, yugurish yo‘lkasining cheti bo'ylab yugurishlari kerak .

  • Professional sportchilar ham, yaxshi shaklda bo'lishni xohlaydigan odamlar ham uzoq masofalarga yugurishni yaxshi ko'radilar. Albatta, standart uzoq masofalarga yugurish masofalarini bosib o'tish oson emas - ular 2 dan 30 kilometrgacha. Shu sababli, harakatsiz turmush tarzini olib boradigan odamlar bir kilometr ham yugura olmaydi. Muammo yomon tayyorgarlik emas, texnikaning yetishmasligida. To'g'ri uzoq masofalarga yugurish texnikasi odamga hech qachon orzu qilmagan natijalarga erishishga imkon beradi.

  • Biroq, uzoq masofaga yugurish jismoniy ma'lumotlarni yaxshilash va maksimal zavq keltirishi uchun mashqqa jiddiy, o'ylangan holda yondashish kerak. Bu masalada hech qanday arzimas narsa yo'q - uzoq masofaga yugurish taktikasi ham to'g'ri yugurish, ham nafas olish, ovqatlanish va boshqa bir qator nuanslarni o'z ichiga oladi. Ularga rioya qilish orqali siz ajoyib natijalarga erishishingiz mumkin.

  • Download 22.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling