Estetik ongning g’oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi estetik fikr-mulohazalar va g’oyalar tizimi nima deb ataladi
Download 8.2 Kb.
|
Bolalar san`ati fanidan Maktabgacha ta`lim
Estetik ongning g’oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi estetik fikr-mulohazalar va g’oyalar tizimi nima deb ataladi? Javob:
Estetika (qadimgi yunoncha: αἴσθησις; nemischa: Ästhetik - "his", "tuygʻu") olamning hissiy qabul qilinishini tadqiq etuvchi fandir. Estetika sanʼat, madaniyat va tabiatning subyektiv qabul qilinishini oʻrganadi. Estetika falsafaning aksiologiya sohasiga kiradi. "Estetika" terminini nemis faylasufi A.Baumgarten (1714—62) ilmiy muomalaga kiritgan. Estetikaning sinonimi sifatida goʻzallik falsafasi, sanʼat falsafasi, badiiy ijod falsafasi iboralari qoʻllanib kelingan. Keyingi paytlarda nafoyeatshunoslik yoki nafosat falsafasi atamalari ham Estetikani anglatadigan boʻldi. Estetika oʻz ichiga sanʼat Estetikasi, tabiat Estetikasi, texnika Estetikasi, dizayn, sport Estetikasi, turmush Estetikasi, atrof muhitni goʻzallashtirish va boshqalar sohalarni qamrab oladi. abiat — odamning paydo boʻlgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman — bu dunyo, odam, koinot; mikromakromegadunyolar; jonsiz va jonli borliq. Tor maʼnoda — tabiat fanlari oʻrganadigan obyekt. Tabiat odamga, jamiyatga bogʻliq boʻlmagan qonuniyatga boʻysunadi. Odam tabiatning bir qismi. Odam tabiat qonunlarini oʻzgartira olmaydi, faqat qonunlardan foydalanib, tabiat elementlarini, qismlarini oʻzlashtirishi mumkin. Tabiat tushunchasi insoniyat jamiyati yashashi tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi. Inson yashashi uchun mehnat qiladi, mehnat (mas., dehqonchilik, qurilish, sanoat), miya faoliyati va boshqa esa tabiatning baʼzi jihatlarini oʻzgartiradi. Odam tomonidan, yaʼni ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklar shartli ravishda „ikkinchi tabiat“ deyiladi. Masalan, vodoroddan urangacha boʻlgan 92 ta kimyoviy element tabiiydir, undan keyingi kashf etilganlari sunʼiydir. Barcha sunʼiy sintetik kimyoviy birikmalar, odam yaratayotgan atom va yadro energiyalari „ikkinchi tabiat“ga kiradi. Doimiy tashvish, mehnat, kurash, yo‘qchilik — bu zaruriy shart-sharoitlardir, hech kimsa bular haqida o‘ylashdan o‘zini bir daqiqa ham chetga olmasligi kerak... Halol yashamoq uchun intilmoq, adashmoq, urinmoq, yanglishmoq, nimanidir boshlamoq va tashlab qo‘ymoq va yana boshlab, yana tashlab qo‘ymoq, doimo kurashmoq va yo‘qchilikka chidamoq kerak. Xotirjamlik ruhiy pastkashlikdir. Inson hayotini jirkanch yo‘nalishga solib yuborishning yo‘li ko‘p, ammo eng ashaddiysi — insonni faqat o‘zini o‘ylash, o‘z shaxsiga sig‘inish, o‘zida ma’-naviyatning har qanday to‘lqinini barbod etish va o‘zining sirli hayotini qorin g‘amida yurilgan barcha vaqt davomida benaf bir kun o‘tkazish darajasiga tushirib qo‘yilganiga uni majburan ko‘ndirishdan iboratdir. Sanʼat — ijtimoiy ong va inson faoliyatining oʻziga xos shakli. Sanʼat qadimiy tarixga ega boʻlib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bogʻliq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy sanʼatning dastlabki izlari soʻnggi paleolit davriga, taxminan mil. av. 40—20-ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali sanʼat inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki maʼnaviyat moddiy i.ch. bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning oʻsishi natijasida sanʼat alohida soha sifatida asta-sekin ajrala bordi. Sanʼat odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, oʻz taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat aʼzolarini maʼlum ruxda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, his-tuygʻu, manfaat, ideallarini ifoda etgan. Sanʼat ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan oʻzining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan oʻrni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlarini davomiyligi o`rta guruxda necha daqiqani tashkil etadi? Javob: 20-25 daqi Amaliy ish: Download 8.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling