Estetik tarbiyaning turlari va


Mehnat — estetik tarbiyaning asosiy vositasi


Download 19.36 Kb.
bet4/9
Sana09.01.2022
Hajmi19.36 Kb.
#258841
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
FALSAFA

Mehnat estetik tarbiyaning asosiy vositasi. Mehnat ham

moddiy, hamda ma’naviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning

muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali

mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur

munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan

zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv

jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.

Ma’lumki, 0 ‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy

asosi — ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu

jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga

bo‘lgan yangicha estetik munosabatni shakllantirishdan iborat.

Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, odamlarda

mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash o‘z navbatida mehnatga

bo‘lgan estetik munosabat orqali ro‘yobga chiqadi.

Ommaviy axborot vositalari estetik tarbiyaning ta’sirchan

vositasi. Bu vosita insonga yaqindan ta’sir qiluvchi qudratli va

faol kuchdir. Ayniqsa, televideniya shaxs hamda ommani estetik

dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihatdan

tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang-barang

mavzulardagi ko‘rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy-

ma’naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tarbiyani

maqsadli yo‘naltirishda, insonlar tafakkurida go‘zallikka

bolgan yangicha munosabatni shakllantirishda salmoqli ahamiyat

kasb etadi.

Sport — estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik

tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida

e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda

davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bundan ko'zlangan

asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog‘lom, vatanning

jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Sport va sport musobaqalari

mohiyatan inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini

sog‘lomlashtirishga qaratilgan.




Download 19.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling