Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi
Download 135 Kb.
|
ESTETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Estetika kategoriyalarining tur va shakllari.
- 7. «Go’zallik» kategoriyasi va uning amalda namoyon bo’lishi.
5. Estetik mukammallik. Mukammallik go’zallikning ob’ektiv asosi, yuksak darajasidir. Mukammallikka insonning ehtiyojini qondiruvchi mehnat qurollari, jamiyat va shaxs manfaatlariga mos keluvchi ijtimoiy-siyosiy tuzum hamda xatti-harakatlari bilan o’zgalarning talabini qondiradigan odamlar misol bo’lishi mumkin.
6. Estetika kategoriyalarining tur va shakllari. Nafosat ob’ektivlik va sub’ektivlik xususiyatlariga ega bo’lib, muayyan va nisbiydir. Chunki bir joyda va bir vaqtda nafosatli, go’zal bo’lgan narsa boshqa bir joy va vaqtda xunuk bo’lishi mumkin. Nafosat go’zallik va xunuklik, ulug’vorlik va pastkashlik, qahramonlik va qo’rqoqlik, kulgililik va fojiaviylik kategoriyalari orqali namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra, kasbiy soha xodimlarining kasb estetikasi kategoriyalariga quyidagilar kiradi: go’zallik va xunuklik; – ulug’vorlik va tubanlik; kahramonlik va qo’rqoqlik; kulgililik va fojiaviylik. Estetika kategoriyalari, bir tomondan, insonning voqelikka estetik munosabatidagi muhim, zaruriy bog’lanishlarni o’zida aks ettirsa; ikkinchi tomondan, voqelikni nafosat qonunlari asosida o’zlashtirishning yo’nalishlarini belgilab beruvchi metodologik asos vazifasini ham bajaradi. Voqelikni nafosat qonunlari asosida o’zlashtirish, eng avvalo, kasbiy soha xodimlarining ish joylarini, mehnat vositalarini badiiy jihatdan qayta jihozlashi, ya’ni ishning samaradorligi oshib borishini ta’minlaydigan, uning zavq-shavq bilan ishlashiga, ma’naviy-madaniy dam olishiga imkon beradigan go’zal muhit yaratishida ko’rinadi, ularning turmushi, xulq-atvori va mehnat estetikasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Shunday qilib, estetika kategoriyalari o’zining amaliy ifodasini texnikaviy estetika, turmush estetikasi, xulq-atvor estetikasi, mehnat estetikasi, kosmitik estetika, dizayn kabilarda topadi va har bir xodim hamda xizmat jamoalarining estetik madaniyatini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. 7. «Go’zallik» kategoriyasi va uning amalda namoyon bo’lishi. «Go’zallik» – estetika fanining asosiy kategoriyasi. Estetika fanining deyarli barcha muammolari go’zallik kategoriyasi bilan u yoki bu darajada bog’liqdir. Go’zallik nafosat olamining negizi, asosiy belgisi, bosh xossasi va mohiyatini tashkil etadi. Shu bois estetikani go’zallik haqidagi fan ham deyishadi. Go’zallik biror narsaga his-tuyg’u orqali ta’sir ko’rsatish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko’payishiga olib keladigan, shodlik, zavqlanish, ma’naviy qoniqish holatini vujudga keltiradigan tabiiy va ijtimoiy hodisadir1. Go’zallik tabiatda, jamiyatda, odamlarning moddiy va ma’naviy faoliyatida namoyon bo’ladi. Tabiatdagi go’zallik, bir tomondan, insonning tabiat hodisalaridagi uyg’unlik, mukammallik, chiroyni his qilishi va hayajonga tushishini ifodalasa; ikkinchi tomondan, insonning orzusi sifatidagi tasavvurlarini ifodalovchi obraz hisoblanadi. Kasbiy soha xodimlari tabiatdagi go’zallikni saqlab qolish borasida amalga oshirayotgan ishlari orqali o’zlari ham qalban va jismonan go’zallashib boradilar. Ammo tabiatni ifloslantirish o’ta xunuklik hisoblanadi. Bu ish odamlarga katta zarar etkazadi. Jamiyatdagi go’zallik – shaxs va jamiyat manfaatlarining uyg’unligini ta’minlovchi adolat, insonparvarlik va tenglikka asoslangan ijtimoiy munosabatlar majmui. Inson go’zalligi uning ma’naviy, jismoniy uyg’unligidadir. Insondagi go’zallikni ifodalash uchun «go’zallik» va «chiroylilik» tushunchalari ishlatiladi. «Go’zal inson» deganda uning ijobiy axloqiy xislatlari, ya’ni yaxshiligi, mehribonligi, to’g’riso’zligi, o’zgalarni hurmat qilishi , qisqasi, insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlari tushuniladi. «Chiroyli inson» deganda esa uning tashqi, ya’ni jismoniy tomoni tushuniladi. Bu o’rinda shuni unutmaslik kerakki, go’zal inson hamma vaqt ham chiroyli bo’lavermaydi va aksincha, chiroyli inson hamma Yerda va hamma vaqt ham go’zal hisoblanmaydi. Kasbiy soha xodimlari o’z faoliyatida uyg’un tarzdagi komillikka intilishlari kerak. Xo’sh, kasbiy soha xodimlarining kasb faoliyatidagi go’zallik nimalarda ifodalanadi? 1. Shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirish kasbiy soha xodimlarining kasb faoliyatidagi go’zallikning yorqin ifodasidir. Ma’lumki, kasbiy soha xodimlari faoliyatining ob’ektini asosan jismoniy va ruhiy jihatdan xasta – sog’lom va nosog’lom shaxslar tashkil etadi. Bunday shaxslar o’zlarining xatti-harakatlari bilan jamiyatning rivojlanishiga, odamlarning erkin ijodiy mehnat qilishlariga, dam olishlariga xalaqit beradilar, ya’ni go’zallikni buzadilar. Kasbiy soha xodimlari, bir tomondan, insonning erkin ijodiy mehnat qilishlariga imkoniyat yaratib beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy,ma’naviy-madaniy huquqlarini himoya qilsalar, ikkinchidan tomondan, har xil kasalliklarning tarqalishiga qarshi kurashish, yovuzlikni yo’q qilish, jamiyatda adolat o’rnatish, insonparvarlik, go’zallik, ulug’vorlik va kahramonlik urug’larini sepish bilan shaxs va jamiyat o’rtasidagi oliy darajadagi go’zallik, ya’ni uyg’unlikni ta’minlashga xizmat qiladilar. Bu esa kasbiy soha xodimlarining ma’naviy go’zalligiga ko’p darajada bog’liq bo’ladi. 2. Kasbiy soha xodimlarining faoliyatidagi go’zallik ularning kasb mahoratlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Kasb mahorati kasbiy soha xodimlarining insonparvarlik maqsadini amalga oshiruvchi vosita hisoblanadi. Kasbiy soha xodimlarining kasb mahorati quyidagi uchta estetik omilni taqozo etadi: 1) har bir xodimning o’z predmetlarini har tomonlama, to’liq va erkin egallab olishi; 2) mehnat vositalari va metodlarini erkin o’zlashtirishi; 3) bajaradigan ishiga ijodiy yondashishi. Bu uch omil kasbiy soha xodimlarining xizmat faoliyatidagi go’zallikni har tomonlama takomillashtirishga xizmat qiladi. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling