Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi
Qahramonlik va uning namoyon bo’lishi
Download 135 Kb.
|
ESTETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qahramonlik, mardlik, botirlik haqida donishmandlar shunday deganlar
9. Qahramonlik va uning namoyon bo’lishi. Qahramon deganda, odatda, shijoati, dovyurakligi, botirligi bilan shuhrat qozongan; jonbozlik, mardlik qilib, o’zini ko’rsatgan kishi tushuniladi. Biz ona-Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak, uning ozodligi va mustaqilligi yo’lida o’zlarining jonlarini fido qilgan To’maris, Shiroq, Spitamen, Amir Temur kabi nomlari mangulikka daxldor shaxslarni ko’ramiz.
Xo’sh, qahramonlik deganda nimani tushunamiz? Bu haqda I.A.Karimov: «Har kuni, har soatda fidoyi bo’lish, o’zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish – haqiqiy qahramonlik aslida mana shu»2, – degan edi. Kasbiy soha xodimlarining qahramonligi deb ularning ona-Vatan ozodligi, obodligi, fuqarolarning tinchligi va sog’ligini saqlash asosida tinch-osuda yashashlarini ta’minlash yo’lida hech qanday qiyinchilikdan qo’rqmasdan, hayotini xavfga qo’yib bajaradigan, ya’ni insoniyatning kelajagi uchun qilgan va qiladigan alohida jasoratlariga aytiladi. Kasbiy soha xodimlarining qahramonligi quyidagilarda yaqqol namoyon bo’ladi: 1) har xil illatlarning oldini olish, eng murakkab tib amaliyotini o’tkazishda; 2) jismoniy va ma’naviy tajovuzlar girdobidan odamlarni qutqarishda; 3) tabiiy ofatlar va favqulodda hodisalar yuz berganida. Qahramonlik asosida hamma vaqt ona-Vatanni sevish, insonlarga bo’lgan chuqur muhabbat his-tuyg’ulari yotadi. Vatanni sevgan odamgina qahramonlik ko’rsatishga qodir. Qahramonlik, mardlik, botirlik haqida donishmandlar shunday deganlar: – Azizim, botir deb shunday kishiga aytiladiki, u o’z elining tinchligi uchun har qanday mashaqqat qadahini qo’rqmay qabul qilib, shodu hurramlik bilan nush etadi. Mardi maydon deb shunday kishiga aytiladiki, bunday kishining aqli biror ishni qilishga qaror topsa, jonidan kechib, hayotidan qo’l yuvib, maqsad maydoniga qadam qo’yadi. (Xoja Samandar Termiziy) – Qo’rquv nimaligini bilmay, o’limga mardona tik boqqan odamni mard desa bo’ladi. (Aristotel) – Haqiqiy mardlik kulfat va xatarlarga qaramay, o’zini xotirjam tuta bilish va vazminlik bilan burchini ado etishda namoyon bo’ladi. (J.Lokk) – Haqiqiy mard odam biron ishga qo’l urganida ehtiyotkor bo’lmog’i, barcha tasodiflarni chamalab ko’rmog’i, ammo ishni hal qilishga kelganda esa jasorat ko’rsatmog’i lozim. (Gerodot) – Davlatingdan ayrilsang –ko’p narsa yo’qotmaysan, nomusingdan Ayrilsang – ko’p narsa yo’qotasan, mardligingdan ayrilsang – hamma narsangni yo’qotganing. (I.Gyote) – Mardlik – qarshilik ko’rsata bilish kuchi bo’lsa,jasorat – yovuzlikka tahdid soladigan kuchdir.(P.Buast) – Botirlik ma’naviy jasoratdir. (J.Blekki) Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling