Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi
Download 135 Kb.
|
ESTETIKA
10. Fojialilik va uning mohiyati. Fojia deganda, odatda, boshga tushgan ayanchli musibat, qayg’u, halokat tushuniladi. Zero, hayotda ziddiyat va to’qnashuvlar mavjud ekan fojialar bo’lib turishi muqarrar. Bundan qochib qutulib bo’lmaydi.
Kasbiy soha xodimlarining fojiasi deb ularning hayotdagi muhim kuchlar ziddiyati natijasida kelib chiquvchi to’qnashuvlarning ishtirokchilari bo’lib qolishlari yoki ularni bartaraf etish vaqtida qayg’u bosib, g’am-alam chekib, ayanchli ahvolga tushib qolgan holda halokatga uchrashlariga aytiladi. Fojialilikning ob’ektiv asosini inson, uning taqdiri, azob-uqubat chekishi va halokatga uchrashi tashkil etadi. Ammo har qanday odamning azob- uqubati, halokati fojia bo’lavermaydi: faqat yaxshining, qahramonning halokatigina fojiali bo’lishi mumkin. Ablahning, jinoyatchi muttahamning o’limi fojia emas. Yaxshi odamlarning kasallik oqibatida o’lim topishi haqiqiy fojiadir. Fojia tarixiy davrning burilish nuqtalarida, eski ijtimoiy aloqalar va munosabatlar barbod bo’lib, eski siyosiy qarashlar, estetik va axloqiy aqidalar mashaqqat bilan baholanayotgan sharoitlarda ravnaq topadi3. Masalan, SSSR davlati tanazzulga uchraganidan so’ng tojik xalqining boshiga tushgan kulfat buning yaqqol misoli bo’la oladi. Tojikistonda eskilik bilan yangilik o’rtasidagi kurashning tinch yo’l bilan emas, balki qurolli to’qnashuv yo’li bilan amalga oshirilib, yuz minglab odamlarning o’ldirilishi, shuncha oilalarning vatanidan judo bo’lishi XX asr oxiridagi fojialardan biridir. Fojialilik jamiyatdagi barcha ziddiyatlarni qamrab ololmaydi. Bu ziddiyatlar hech qachon butun insoniyat tarixi davomida faoliyat ko’rsatadigan to’qnashuvlarning manbaini tashkil etmaydi. Kasbiy soha xodimlarining faoliyatidagi fojialilik, jumladan, yuqumli kasalliklarga,har xil epidemiyalarga qarshi kurashayotgan xodimning mardlarcha halok bo’lishida, oilasinig rashk oqibatida barbod bo’lishida, har xil adolatsizliklarning qurboni bo’lishida yaqqol ko’rinadi. Bunday xodimning halokatga uchrashidan butun xizmat jamoasi, mahalla va xalq qayg’uradi. Biroq, xodimning korruptsioner-jinoyatchilar to’dasiga qo’shilib ketishi uning fojiasi emas, balki o’z kasbi-burchiga xiyonati, Vataniga nisbatan sotqinligi sifatida baholanadi. Fojialilik o’zining badiiy ifodasini san’at asarlarida topgan bo’lib, ular xalqqa, bir tomondan, kasal yuqtiruvchi jinoyatchiga nisbatan nafrat hissini uyg’otishga xizmat qilsa; ikkinchi tomondan, kelajakka umid va ishonch uyg’otish, yaxshilik va go’zallik yomonlik va yovuzlikdan albatta ustun keladi, go’zallik olamni yovuzlikdan kutqaradi, degan ma’naviy g’oyani shakllantirish uchun zamin yaratadi. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling