Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi
Download 135 Kb.
|
ESTETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Estetik munosabat.
- 3. Estetik ong.
- Estetik orzu
ESTETIKA 1. Estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari 1. Estetika va uning ta’rifi. Tabiat va jamiyatda mavjud narsa, hodisalarga nazar tashlasak, ularning barchasida ajib mukammallik, mutanosiblik, latofat, nafislik mujassamlashganiga guvoh bo’lamiz, bularning hammasi insonni zavqlantirishini, unga qandaydir orom va ma’naviy kuch berishini ko’ramiz. Ana shu zavq-shavq, orom hamda ma’naviy kuch beruvchi narslarning barchasi nafosat dunyosiga mansub qadriyatlar jumlasiga kiradi. Nafosat dunyosi haqida esa estetika fani bahs yuritadi. «Estetika» so’zi yunoncha «estetikos» so’zidan olingan bo’lib, «sezish», «his etish qobiliyati» degan ma’noni yanglatadi. Uni 1714-1762 yillarda yashab o’tgan nemis faylasufi Aleksandr Baumgarten o’zining «Poetik asarning ba’zi bir masalalari to’g’risida falsafiy mulohazalar» kitobida fanga kategoriya sifatida kiritgan. Xo’sh, estetika deganda nimani tushunamiz? «Estetika» kundalik turmushimizda ko’pincha narsa va hodisalarning rang-tusi va shaklidagi mukammalik, mutanosiblik, latofat kabi sifatlarning majmui tarzida tushuniladi. Fanda esa «estetika» so’zi kategoriya, ya’ni ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalardagi go’zallik, ulug’vorlik, qahramonlik jihatlarini o’zida aks ettiruvchi falsafiy tushuncha, insonning voqelikka estetik munosabatlarining majmui deb ta’riflanadi. Shunga ko’ra, u ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanadi. Insonning har qanday faoliyatida axloqiy maqsad bo’lgani singari, estetik manba – sevinch va tashvish, orzu-umid, kulgililik, fojialilik – ham mavjud bo’ladi. Kasbiy faoliyat estetikasi uch tarkibiy qismdan: estetik munosabat, estetik ong va estetik faoliyatdan tashkil topadi. Ularga batafsil to’xtalamiz. 2. Estetik munosabat. Estetik munosabat deb voqelik hodisalarini go’zal yoki xunuk, yuksak yoki tuban, fojiali yoki kulgili, qahramonlik yoki qo’rqoqlik deb baholash qobiliyatiga aytiladi. Estetik munosabat ob’ektiv va sub’ektiv tomonlardan tashkil topadi, ya’ni u sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasidagi o’ziga xos aloqalar shaklida namoyon bo’ladi. Bunda estetik munosabatlarning ob’ektiv tomoni, aniqrog’i, estetik ob’ektini insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishgan, bevosita idrok etish ob’ektiga aylangan, odamlarning estetik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan voqelikning xilma-xil ko’rinishlari tashkil etsa, estetik sub’ektini esa estetik his-tuyg’u, kechinma, did va ideallarga ega bo’lgan shaxs yoki guruh tashkil etadi. 3. Estetik ong. Estetik ong deb ularning voqelikni aks ettiruvchi his-tuyg’u, kechinma, did va ideallari majmuiga aytiladi. Estetik ong estetik his-tuyg’ular, estetik did, estetik orzu, estetik qarash va nazariyalardan tashkil topadi. Estetik his-tuyg’ularni voqelikni idrok etish sharoitida hosil bo’ladigan shodlik, hayratlanish, ajablanish, rohatlanish, lazzatlanish, ehtirom, zavq-shavq, nafrat kabi ehtiroslar, hissiyotlar, tushunchalar tashkil etadi. Estetik did deganda ularning bevosita his-tuyg’u bilan hodisalarning estetik qimmatini aniqlash, ya’ni go’zallikni xunuklikdan, ulug’vorlikni tubanlikdan, qahramonlikni qo’rqoqlikdan, kulgililikni fojiaviylikdan farqlash qobiliyati tushuniladi. Shunga ko’ra, kimda-kim go’zallikdan zavqlansa, uning estetik didi yaxshi bo’ladi va aksincha, go’zallikka beparvo bo’lsa yoki xunuklikdan lazzat olsa, uning estetik didi yomon bo’ladi. Estetik did shaxsning mavjud voqelikdan qoniqishi yoki qoniqmasligidir. Estetik orzu deganda esa, ularning nafaqat mavjud voqelikni in’ikos ettirishi, balki uning kelajagi to’g’risidagi tasavvurlari, umid va mayllari majmui tushuniladi. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling