Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi


San’atning ta’rifi va xususiyatlari


Download 135 Kb.
bet11/19
Sana09.06.2023
Hajmi135 Kb.
#1476427
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
ESTETIKA

3. San’atning ta’rifi va xususiyatlari. San’at deganda odatdagi kundalik turmushimizda, birinchidan, yuksak mahorat va ustalik bilan bajarilgan yoki bajariladigan ishlar (masalan, haydovchining avtomobilni boshqarish yoki futbolchining to’p surish mahorati, jarroh yoki shaxmatchining ustaligi); ikkinchidan, amaliy ishlarni go’zallik qonunlari asosida bajarish (masalan, bog’bon yoki zargarning insonni lol qoldiradigan biron narsani mohirlik bilan yaratishi); uchinchidan, badiiy ijod ishlari (masalan, she’r yozish, rasm chizish, musiqa yaratish, ashula aytish va boshqalar) tushuniladi.
Shundan ham ko’rinib turibdiki, san’at keng qamrovli tushunchadir. Shuning uchun ham unga turli davrlarda turli olimlar tomonidan har xil ta’riflar berilgan.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda san’atga quyidagicha ta’rif berish mumkin. San’at deb kishilarning voqelikni badiiy qiyofalar, timsollar (obrazlar) orqali in’ikos ettiruvchi ijtimoiy ongga hamda uni go’zallik qonunlari asosida o’zgartirishga qaratilgan badiiy amaliy-ijodiy mehnat faoliyatiga aytiladi.
Ijtimoiy ong shakli sifatida san’at borliqni aniq his bilan idrok etishning muayyan ko’rinishi bo’lgan tipik badiiy qiyofalar, timsollar orqali aks ettirar ekan, albatta, davr talabidan, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy hayotning negizlaridan kelib chiqqan holda undagi ijtimoiy munosabatlarni o’zida ifodalaydi. Shunga ko’ra, u san’atkorga emas, balki kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitiga bog’liq bo’ladi.
San’at ijtimoiy ongning boshqa shakllari bo’lgan siyosat, huquq, axloq, din kabilardan quyidagi qator xususiyatlari bilan farq qiladi.
1. San’at, boshqa ijtimoiy ong shakllaridan farqli o’laroq, voqelikni aniq tushunchalar va ilmiy kategoriyalarda emas, balki badiiy qiyofalar, timsollarda aks ettiradi. Masalan, o’zbek xalqining atoqli adibi Abdulla Qodiriy xalqimizning yaqin o’tmishdagi turmushi, tarixi, siyosati, odobi, tili va dilini o’zining «O’tgan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlarida yaratgan Otabek, Kumush, Zaynab, Yusufbek hoji, Mirzakarim Qutidor; Anvar, Ra’no, Solih mahdum, Sultonali mirzo, Safar kabi obrazlari orqali ifodalab bergan.
2. San’at ijtimoiy ongning boshqa shakllari aks ettira olmaydigan xodisalarni – insonning ruhiy dunyosini tushunishga, uning ichki sirlari bilan oshno bo’lishga imkon beradi Masalan, o’zbek xalqining zabardast shoiri Abdulla Oripovning «Birinchi muhabbatim» she’rida har bir insonning qalbiga ilk bora oshno bo’ladigan ajib bir tuyg’u, hech bir fan tushuntirib bera olmaydigan his shoir nazmida lirik tarzda ifodalanadi.
3.San’atning bosh masalasi, eng avvalo, hazrati Insonni, uning ko’p qirrali ijtimoiy faoliyatini aks ettirishdan iborat. Shuning uchun ham jahon mutafakkirlari san’at va adabiyotni insonshunoslik fani deb ham ataydilar. Masalan, zamonamizning hassos shoiri Erkin Vohidov o’zining «Inson» nomli qasidasida olamning sarvari bo’lgan insonni, uning dunyo rivojidagi o’rnini jo’shqin satrlarda yuksak mahorat bilan ifodalaydi.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling