Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi
Download 135 Kb.
|
ESTETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- San’atning bilish vazifasi.
7. San’atning vazifalari. San’at hamma vaqt insonning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi, uda «insoniylik»ni shakllantiruvchi, shaxsni ijtimoiylashtiruvchi, uning ijodiy qobiliyatini amalda ko’rsatuvchi faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. San’at borligi tufayli odamlar tashvishlarini unutadilar. Bularning hammasi san’atning vazifalariga kiradi.
Umuman olganda, san’at ijtimoiy borliqning badiiy in’ikosi bo’lgan ijtimoiy ong shakli va inson amaliy faoliyatining ijodiy turi sifatida bilish, aloqa, tarbiyalash, ma’rifatparvarlik, zavq berish va evristik (kashf etish, ochish) vazifalarini bajaradi. San’atning bilish vazifasi. Bilish – voqelikning, uning qonunlarining inson ongida ma’lum maqsadga qaratilgan faol in’ikosi. Demak, voqelikning badiiy in’ikosi bo’lgan san’at ham shaxs, guruh, sinf, jamoa va jamiyatning ma’naviy dunyosini, rivojlanish qonuniyatlarini bilishning o’ziga xos usullaridan biridir. Ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarni bilishda tabiiy va ijtimoiy fanlar qonunlar, kategoriyalar va mantiqiy xulosalar orqali ish ko’rsa, san’at esa, ulardan farqli ravishda, badiiy asarlarda aks ettirilgan shaxs qiyofasi orqali ish ko’radi. Shunga ko’ra san’atdagi bilish-anglash jarayoni, birinchidan, badiiy asarni o’qitayotgan o’quvchi-muxlisga ushbu asarda ifodalanayotgan voqealarda xayolan ishtirok etish imkoniyatini beradi Asardagi qahramonlarning xatti-harakatlariga qarab, o’quvchi-muxlis his-hayojonga tushadi, quvonadi, qayg’uradi, mavjud real voqelikka baho beradi Voqelikka baho berish esa bilish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Ikkinchidan, tasvirlanayotgan narsalar, voqea-hodisalarning mohiyatini ochib berish orqali, inson hayotining fan kuchi etmaydigan sirli tomonlarini ochish, ya’ni inson ma’naviy-ruhiy holatlarining tilsimini bilish imkoniyatini beradi Masalan, Sharof Boshbekovning «Temir xotin» asarini o’qir ekansiz yoki shu asar asosida ishlangan filmni tomosha qilar ekansiz, sobiq sovetlar davrida ezilgan, tahqirlangan, paxta deeya latofatidan, o’zligidan ayrilib, vujudi temirga aylangan o’zbek ayolining achchiq qismati xayolingizga keladi; ko’nglingizda sobiq sovet totalitar tuzumiga nisbatan nafrat, o’zbek ayolining qadrini ko’tarish, izzat-hurmatini joyiga qo’yish istagi jo’sh uradi. Xuddi shuningdek, Tohir Malikning «Shaytanat» nomli asari bilan tanishgan o’quvchi jaholat dunyosining achchiq qismatidan voqif bo’ladi, dilida uyushgan jinoyatchilikka qarshi nafrat ortadi, tezroq adolatning tantana qilishi, dunyoda yovuzlikning yo’q qilinishi istagi bilan yashaydi. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling