Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi
San’atning zavq berish va evristik
Download 135 Kb.
|
ESTETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Badiiy adabiyot.
San’atning zavq berish va evristik vazifalari. San’atning eng muhim vazifalaridan biri voqelikni go’zallik qonunlari orqali o’zgartirishdir. Bu, avvalo, har qanday san’at asarining odamlarga zavq-shavq berishi, ularning his-tuyg’ularini junbushga keltirib, mehnat qilish qobiliyatini ishga solishi, yangi ijodiy ishga rag’batlantirishi, yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirishida ko’rinadi.
San’atning zavq berish vazifasi deganda, odamlarning san’at asarlarini o’qish, ko’rish, eshitish orqali estetik zavq olishi, rohatlanishi tushuniladi. Masalan, tinmay mehnat qilib turgan dehqon mumtoz asarlar hisoblanmish «Munojot» yoki «Tanovar»ni tinglab, rohatlanadi yoki uning kuyiga raqs tushgan raqqosalarning o’yinini ko’rib zavqlanadi. San’atning evristik vazifasi deb odamlarning san’at asarlarini o’qish, ko’rish, eshitish, ma’nosini chaqish asosida o’zlarining ijodiy mehnat faoliyatlarida yangi-yangi narsalarni topishlariga, ixtiro qilishlariga aytiladi. San’at asari olim uchun biron-bir narsani kashf qilishda, biron- bir yangilikni ixtiro qilishda, topishda bevosita ta’sir ko’rsatmasa-da, unga kuch, zavq-shavq bag’ishlab, uning g’ayratiga-g’ayrat qo’shgan holda bilvosita ta’sir qiladi. Xuddi shu ma’noda har qanday san’at asari evristik vazifani bajaradi. San’atning barcha vazifalari o’zaro ajralmas bo’lib, bir-birini to’ldirib turadi. 8. Badiiy adabiyot. Badiiy adabiyot badiiy ijod turlari ichida muhim o’rin tutadi. Badiiy adabiyot, boshqa san’at turlaridan farqli o’laroq, voqelikni so’zlar orqali aks ettiradi. Rus yozuvchisi V.G.Belinskiy aytganidek: «Fan mantiqiy tushunchalar orqali fikr yuritish bo’lsa, badiiy adabiyot obrazlar orqali fikr yuritishdir». Shuning uchun adabiyotni so’z san’ati deb ham ataydilar. Badiiy adabiyotning xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Adabiyotning quroli so’z bo’lib, u voqelikni so’zlarda aks ettirishi bilan boshqa san’at turlaridan ajralib turadi. U boshqa ko’pgina san’at turlarining asosini ham tashkil qiladi. Masalan, teatrda qo’yiladigan spektakllar, kino voqealarining asosida u yoki bu badiiy asar yotadi. 2. Badiiy adabiyot ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarni, kishilarning hayotini har tomonlama, o’zining rivojlanish yo’llariga mos ravishda aks ettiradi. Boshqa san’at turlarida bunday xususiyatlar yo’q: ular mavjud voqelikning faqat bir tomonini aks ettiradi. 3. Badiiy adabiyot o’zining hayotda tutgan o’rni bilan ham san’atning boshqa turlaridan ajralib turadi. U mavjud turmush haqida ma’lumot beribgina qolmay, kelgusida qanday yashash kerakligini ham ko’rsatib beradi Shuning uchun ham badiiy adabiyotni xalqimiz «hayot darsligi» deb ataydi, yaxshi roman, qissa, hikoya, dostonlarni hamma vaqt qo’ldan qo’ymay, sevib mutolaa qiladi. Badiiy adabiyot har bir kasbiy soha xodimlarining axloqiy-estetik madaniyatini shakllantirishda muhim o’rin tutadi: birinchidan, hayotdagi voqealarni so’zlar orqali ifodalab, uning siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, huquqiy tomonlarini ijobiy yoki salbiy obrazlar orqali yoritib beradi; xodimning ongiga, harakatlariga ta’sir ko’rsatib, uni qahramonlikka undaydi; ikkinchidan, san’at asarlariga baho berishni o’rgatadi. Masalan, Tohir Malikning «Shaytanat» asarini o’qigan odam, albatta, hayajonga tushadi, unda aks ettirilgan voqealardan o’ziga tegishli xulosalar chiqarib oladi. Shuning uchun ham badiiy adabiyotning mohiyati haqida I.A.Karimov: «Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan bir qudratli vosita borki, u ham bo’lsa, so’z san’ati, badiiy adabiyotdir»14, – degan edi. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling