Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi


Download 135 Kb.
bet18/19
Sana09.06.2023
Hajmi135 Kb.
#1476427
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ESTETIKA

9. Teatr. «Teatr» so’zi grekcha bo’lib, o’zbek tilida «Tomosha uchun joy» degan ma’noni anglatadi. Teatrga voqelikning aktyorlar orqali bevosita tomoshabinlar oldida ifodalanishi xosdir. Teatrda sodir bo’layotgan voqealar tomoshabinlarning tezlikda javob qaytarishlariga qaratilgan. Teatr tomoshalari orqali kasbiy soha xodimlari o’zlarining qilayotgan ishlarini, xulq-atvorlarini tahlil qiladilar. Spektakllarni ko’rib o’z qilmishlaridan qoniqish hosil qilib quvonishlari yoki o’z-o’zlaridan, qilgan ishlaridan uyalishlari mumkin. Bu esa ularning xulq-atvoriga, kasb mahorati oshishiga ta’sir etadi. Masalan, Hamza teatrining «Tiriklayin qo’lga olinsin» nomli spektakli uyushgan jinoyatchilikning mohiyati, qabih ishlarini ochib tashlashi bilan bir qatorda, kasbiy soha xodimlariningo’z ishlariga sadoqati, mardligi, jasurligini tarannum etadi, jinoyatchilikni tugatib, odamlarni ezgulikka etaklashning naqadar zarur ekanligini badiiy obrazlar orqali ifodalab beradi
10. Kino. Kino san’at turlari ichida muhim o’rin tutadi. Kino jamoatchilik asosida yaratiladigan badiiy asar bo’lib, unda san’atning barcha turlari ishtirok etadi.
Kinoda aks ettirilgan voqealar nihoyatda jonli bo’lib, tomoshabinni o’z komiga tortib ketadi. Bunda uning his-tuyg’ulari qo’zg’alib, voqelikni teran ilg’ab oladi. Masalan, «Jasur» filmidagi Jasur obrazi o’zining haqqoniyligi bilan milliy gvardiyaning har bir xodimini doimo to’lqinlantirib turadi.
Shunday qilib, san’at kasbiy soha xodimlarining estetik madaniyatini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo’lib, bu quyidagilarda ko’rinadi:
1. U tarbiyalash vazifasini bajaradi, zero ijtimoiy hayotning in’ikosi bo’lgan san’at asarlari ijobiy va salbiy obrazlar orqali pirovard-natijada kasb madaniyatining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi.
2. San’at kasalliklarning oldini olishda yordam beradi. San’at asarlarida hayotning qorong’u tomonlari, illatlari, viruslar dunyosining kirdikorlari ochib tashlangani bois odamlarda virus tarqatvchilarga nisbatan nafrat, kasbiy soha xodimlariga nisbatan ishonch-hurmat hissi uyg’onadi. Bu esa aholini kasbiy soha xodimlari bilan yanada yaqinlashtiradi.
3. San’at kasbiy soha xodimlarining kasb mahoratini oshirishga xizmat qiladi. Kasb mahoratini oshirish nafaqat malaka oshirish joylarida, balki har xil ommaviy tomoshalarni, madaniy-ma’naviy dam olishlarni to’g’ri tashkil qilish jarayonida ham o’sib boradi. Masalan, yaxshi musiqa yoki qo’shiq odamning ish qobiliyatini oshiradi, uni ijodiy mehnatga undaydi.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling