Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi
Download 135 Kb.
|
ESTETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasb estetikasining kategoriyalari deb
- 3. Estetik me’yor
- 4. Estetik uyg’unlik.
1. Estetika kategoriyalari. Estetika fani o’zining bir qancha kategoriyalariga ega bo’lib, ular turli kasb egalarining faoliyatida turlicha ahamiyat kasb etadi. Demak,estetika fanining kategoriyalari go’zallik olamini idrok etuvchilar va uni maqsadga muvofiq tarzda o’zgartiruvchilar uchun metodologik vazifani o’taydi.
Kasb estetikasining kategoriyalari deb biron bir kasb sohiblarining vokelikka estetik munosabatlarining, estetik ong va estetik faoliyatlarining eng muhim, zaruriy tomonlarini o’zida aks ettiruvchi eng umumiy tushunchalarga aytiladi. 2. Nafosat. Kasb estetikasi kategoriyalarining asosini “nafosat” kategoriyasi tashkil etadi. “Nafosat” – narsa va hodisalarning umumiy estetik tomonlarini o’zida aks ettiruvchi tushuncha bo’lib, birinchidan, tabiat, jamiyat hamda insonning moddiy va ma’naviy yaratuvchanlik faoliyatida ob’ektiv ravishda mavjud bo’lgan nafosatni; ikkinchidan, olamni go’zallik qonunlari asosida o’zgartiruvchi ijodiy estetik faoliyatni; uchinchidan, estetik ongni qamrab oladi. Nafosatning muhim xususiyatlarini me’yor, uyg’unlik, mukammallik tashkil etadi. 3. Estetik me’yor. Estetik me’yor tabiat va jamiyatdagi narsalar, voqea-hodisalarning ichki va tashqi, umumiy va xususiy tomonlarini, ulardagi mohiyat va hodisa, mazmun va shakl hamda barcha qarama-qarshiliklarni bir butun holda ifoda etish, ularning bir holatdan ikkinchi holatga aylanish joyini tutashtirib turuvchi sistemali, substantsiyali o’lchovdir. Ongli mavjudot bo’lgan inson o’zini qurshab turgan voqelikka munosabatida har bir narsaga o’ziga xos mezon nuqtai nazaridan yondashadi va shu asosda voqelikni nafosat qonunlari bo’lmish miqdoriylik va sifatiylikning me’yori darajasida o’zgartiradi. 4. Estetik uyg’unlik. Uyg’unlik narsa va hodisalarning go’zal va xunuk, ijobiy va salbiy, yaxshi va yomon tomonlarining o’zaro yechimidan kelib chiquvchi va bir butunlikni ifodalovchi, ob’ektiv mazmunga ega bo’lgan tushuncha hisoblanadi. Uyg’unlik mutanosiblik, takrorlanuvchanlik, muvofiqlik, o’xshashlik, hamjihatlikni qamrab oladi. Uyg’unlik faqat tabiatga, jamiyatga xos bo’lmasdan, balki insonga, uning tabiat va jamiyatdagi narsalar bilan birlashib ketgan faoliyatiga ham taalluqdidir. Shuning uchun ham uyg’unlik universallik xususiyatiga ega ekanligi bilan boshqa hodisalar, voqea va narsalardan ajralib turadi. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling