Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi
Download 135 Kb.
|
ESTETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. San’at va uning estetik madaniyatni shakllantirishda tutgan o’rni San’atning vujudga kelishi, ijtimoiy mohiyati va ta’rifi.
11. Kulgililik va uning shakllari. Kulgililik – faqat insongagina xos xislat. Kulgililik asosida umrini yashab bo’lgan yoki bo’layotgan hodisalar yotadi.
«Kulgililik» tushunchasiga ta’rif berish qiyin. Chunki kulgi qo’zg’aydigan narsa, hodisa va voqealarning benihoya ko’pligi, uning qo’nimsizligi, o’zgaruvchanligi bunga imkon bermaydi. Kulgililik umrini tugatib, yangilikka to’siq bo’layotgan illatlarning kulgi qo’zg’atishidir. Kulgililik go’zallik va xunuklik o’rtasidagi ziddiyatning kalaka bo’ladigan darajasidir. Kulgililik insonning tashqi ko’rinishi bilan asl mohiyati o’rtasidagi nomuvofiqliklar, tafovutlar, beo’xshovliklar, kelishmovchiliklarni anglab, masxara qilishdir. Kulgi o’z xususiyatiga ko’ra demokratik mazmunga ega bo’lib, odamlarni bir- biriga qovushtiradi, o’zaro tenglashtiradi. U insoniylikka va axloqqa zid bo’lgan illatlarga qarshi kurashning samarali vositasi, inson kuch-qudrati va ozodligining timsolidir. Kulgililikning quyidagi shakllari mavjud: Yumor (hazil-mutoyiba, hajv) – voqea-hodisalarni ulardagi kamchiliklarni hazilomuz tasvirlash, beg’araz hajv qilish. Istehzo (kinoya, piching, kesatiq) – qochirim bilan, pardalab kulish yoki kamsitish. Satira (masxaralash) - hayotdagi, odamlardagi salbiy hodisalarni, kamchilik va nuqsonlarni qattiq masxaralab kulish. Sarkazm (zaxarxanda) – kamchilikni kattiq botadigan tarzda mazax qilish. Kasbiy soha xodimlarining faoliyatida kulgi katta ahamiyat kasb etadi. Kulgi ishdagi kamchilik va nuqsonlarni ochib tashlash bilan birga tarbiyalash, ko’ngil yumshatish, achinish va mehr-shafqat ko’rsatish vazifalarini ham bajaradi. 3. San’at va uning estetik madaniyatni shakllantirishda tutgan o’rni San’atning vujudga kelishi, ijtimoiy mohiyati va ta’rifi. Atrofimizni o’rab turgan olam qanchalik rang-barang, serjilo bo’lsa, uning ijodiy in’ikosi bo’lgan san’at ham shunchalik xilma-xildir. U insonlarga zavq-shavq bag’ishlovchi, ularning har tomonlama barkamollikka Yerishuvlariga xizmat qiluvchi ijtimoiy hayotning ko’p qirrali, murakkab ehsonlaridan biridir. Dunyoda inson zoti borki, ona allasini tinglab ulg’ayadi, qo’shiq aytib o’z mehnatidan bahra oladi, hazil-mutoyiba qilib hordiq chiqaradi, badiiy asarlar o’qib, ko’nglidagi qahramonlarini topadi. Bularning hammasi san’at inson va jamiyat hayotining ajralmas qismlaridan biri ekanligidan darak beradi Shuning uchun ham san’at nima, u qanday paydo bo’lgan, uning odamlarga zavq-shavq bag’ishlovchi, insoniyatni halokatlardan saqlab qoluvchi sehrli kuchi nimada, degan savollar turli zamonlarda yashab o’tgan olimu fozillarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling