1.San’atning paydo bo’lishi haqidagi nazariyalar. San’atning vujudga kelishi to’g’risida fanda turli fikrlar, qarashlar va nazariyalar mavjud. Shulardan asosiylariga to’xtalib o’tamiz.tquyidagilardan iborat.
1.1. Ilohiyat nazariyasi. Dunyoda mavjud bo’lgan barcha dinlarning rahnamolari va targ’ibotchilari har qanday san’atning bosh sababchisi, uning asosiy ijodkori xudo deb ta’kidlaydilar. «Alloh, – deb yozilgan Islom dinining muqqadas kitobi «Qur’oni karim»da, – hamma narsaga qodirdir. Osmon va Yer hamda ulardagi bor narsalar Allohning mulkidir. ...Mashriq, ham, mag’rib ham Allohnikidir. Bas qay tarafga yuz bursangiz, o’sha joy Allohning tarafidir. Allohdan ham go’zalroq rang beruvchi bormi?»4. Bu so’zlardan shunday xulosa chiqarilganki, Alloh yaratgan narsalar go’zaldir. San’at – ana shu Alloh yaratgan narsalarning aniq, hissiy ifodasi. San’atning vujudga kelishi esa bevosita xudo yaratgan narsalarning vujudga kelishi bilan bog’liqdir.
1.2. Jinsiy tasavvur - erotik nazariya. Bu nazariya ijodkorlari bo’lmish N. Nardau, K. Lange, 3. Freyd va boshqalarning fikriga ko’ra, san’at bir jinsdagilarning ikkinchi bir jinsdagilarni o’zlariga qiziqtirishlari, ya’ni har xil usul va vositalar bilan jalb qilishlari orqali kelib chiqqan. Eng qadimgi san’at turlaridan biri – bezanish. Bezanishdan ko’zlangan asosiy maqsad esa odamlarning o’z jinsiy mayllari, ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Bunday ishqiy lazzat davomida odamlar, hayvonlarda bo’lgani singari, o’zlaridan qandaydir yoqimli musiqa ohanglarini chiqaradilar, ana shu ishqiy musiqa ohanglari esa sevgi tomirlarida qonning ko’pirishiga, bu esa yangidan yangi musiqalar yaratilishiga, ushbu musiqalar esa, o’z navbatida, yangidan-yangi san’atlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Bu haqda Zigmund Freyd shunday degan: «Ishqiy lazzatning sehrli sozi yaratuvchanlik kuchiga egadir. Uni madaniyat ilmining birinchi talablariga bo’ysundirish lozim. Chunki u madaniyat sohasida ulkan yutuqlarga erishishning manbai bo’lib, bu kuch orqali odamlar cheksiz baxt-saodatga musharraf bo’ladilar»5, – deydi. Demak, erotik nazariya tarafdorlarining fikriga ko’ra, san’atning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida ikki jins o’rtasidagi ishqiy lazzatlanishdan hosil bo’ladigan yoqimli soz ohanglarining kuchi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |