Estetika fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Semiotika (belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan) fani bilan aloqadorligi
Download 83.07 Kb.
|
Estetika fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Rej
Semiotika (belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan) fani bilan aloqadorligi. Ma’lumki, san’at asarida belgilar va badiiy ramzlar muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, harflar, notalar v.h. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash faoliyati natijalarini, ya’ni semantik va pragmatik axborotni O’zida mujassam qilgan san’at asari O’sha axborotni etkazib berishga ham mO’ljallangan. Ana shu san’atning belgi bilan bog’liq tomonini, kommunikativ–vositachilik jihatini semiotika O’rganadi. Ayni paytda, estetikada tuzilmali–semiotik estetika deb ataladigan nazariya ham mavjud. Unda san’at maxsus til yoki belgilar tizimi, alohida san’at asari esa ana shu tizim belgisi yoki O’sha tizim belgilarining izchilligi sifatida olib qaraladi. Zero bunda belgi san’at asarini idrok etuvchiga uni etkazib beruvchi hodisa tarzida O’rganiladi. Bundan tashqari, estetika kibernetika, ekologiya va yuqorida aytib O’tganimizdek, barcha san’atshunoslik fanlari bilan ham yaqin aloqadorlikda ish olib boradi. CHunonchi har bir san’at turining «O’z estetikasi» mavjud: sO’z san’ati estetikasi, teatr estetikasi, musiqa estetikasi v.h.
Estetika fanining jamiyat va insonlar hayotida tutgan O’rni. Har bir fanning inson va jamiyat hayotida O’ziga xos amaliy ahamiyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini tO’g’ri yO’lga qO’yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi gO’zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bO’lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, estetika jamiyatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega. Estetikaning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy ahamiyati katta. CHunonchi, biror bir san’at turida ijod qilayotgan san’atkor birinchi galda, ma’lum ma’noda, O’z sohasining bilimdoni bO’lishi kerak. Deylik, bastakor notani bilmasdan, musiqali asar yaratish qonun-qoidalarini, shu jumladan, musiqaga ham taalluqli bO’lgan estetikaning umumiy qonuniyatlaridan bexabar xolda tuzukroq asar yaratishi dargumon. Ba’zilar «Daho san’atkorlar qonun-qoidalarsiz ham ijod qilaveradilar» – degan notO’g’ri tasavvurga egalar. Vaholanki, daholarning O’zlari kO’p hollarda nafosat nazariyasi bilan shug’ullanganlar. Bu borada Abduruhmon Jomiy, Alisher Navoiy, Leonardo da Vinchi, Fridrix SHiller kabi buyuklarning nomlarini eslashning O’zi kifoya qiladi.Badiiy asarni tadqiq etuvchi olimlar, tanqidchilar–san’atshunoslar va adabiyotshunoslar uchun ham estetikani bilish zarur. Deylik, «sof teatr»ni – faqat sahna san’atinigina yaxshi bilgan san’atshunos u qanchalik iste’dodli bO’lmasin, yuksak talab darajasida tadqiqot olib borolmaydi, hatto e’tiborga molik maqola ham yoza olmaydi. CHunonchi, u dramaturgiyadan, musiqadan, uslub va kompozitsiya qonun-qoidalaridan, bir sO’z bilan aytganda, estetika qonuniyatlaridan xabardor emas. Natijada uning tadqiqoti, maqolasi yoki taqrizi biryoqlama, falsafiy umumlashmalardan xoli, jO’n va sayoz jumlalar yig’indisidan iborat bO’lib qoladi.Estetikaning san’atni xalq orasida yoyadigan va targ’ib etadigan tashkilotlar rahbarlari uchun ahamiyati muhim. Ayniqsa, ma’naviyat va mafkura sohalariga matasaddi rahbarlarning estetikadan bexabar bO’lishlari mumkin emas. Aksincha ma’naviyat targ’ibotchilarining estetikaga e’tiborchizligi san’at uchun fojiali holatlarni yuzaga keltiradi. SHuningdek, dizaynchi–injenerlar, atrof–muhitni obodonlashtirish bilan shug’ullanadigan mutaxassislar faoliyatiga nafosat ilmining sezilarli ta’siri mavjud. SHuningdek, korxona rahbarlari, tsex boshliqlari mazkur korxona yoki tsexda dastgohlar dizaynidan tortib, devorlar ranglari–yu, «ichki gulzor»larning joylashtirilishigacha nafosat qonun-qoidalari asosida bO’lishini ta’minlashlari lozim Zero O’shandagina ish joyida mehnat unumdorligining oshishi tabiiy. Buning uchun esa mazkur rahbarlar estetikadan albatta xabardor bO’lishlari shart.Umuman olganda, estetika hamma uchun ham zarur. CHunki inson zoti baribir hayotda tez-tez san’at asarini idrok etuvchi sifatida maydonga chiqadi. Deylik, siz Samarqandga «O’ynab kelgani» bordingiz. Agar estetikadan bexabar bO’lsangiz, GO’ri Amir maqbarasinig gumbazi, Registondagi madrasalar yonida qad kO’targan minoralar, peshtoqlardagi kO’hna arabiy yozuvlar sizda qiziqish uyg’otmaydi. Bordi-yu, aksincha, nafosat ilmidan xabardor bO’lsangiz, u holda nafaqat ularning chiroyliligini, balki gumbaz shunchaki gumbaz emas, Xudo gO’zalligining ramzi ekanini, u «jamol» deb atalishini, minoralar – Tangri qudratining timsoli O’laroq «jalol» deyilishini, peshtoqlardagi gO’zal yozuvlar – oyatlar, Xudoning belgisi, «sifat» deb nomlanishini eslaysiz va olayotgan taassurotingiz bir necha barobar kuchayadi. Zero estetika orqali biz faqatgina kO’rganlarimizning shakliy gO’zalligini emas, balki ayni paytda shakl bilan birga uning falsafiy mohiyatini ham idrok etamiz. SHu sababli, fermerga yoki temir yO’l ishchisiga, yoki tadbirkorga estetika haqida bosh qotirib O’tirish zarur kelibdimi, degan gaplar xato va zararlidir. YUqorida kO’rib O’tganlarimizdan shu narsa ma’lum bO’ladiki, bugungi kun estetika fani oldida ulkan vazifalar turibdi. Zotan biz qurayotgan fuqarolik jamiyatining a’zosi har jihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bO’lmog’i lozim. Qolaversa, hozirgi mashinasozlikni, aviasozlikni, umuman, sanoatni zamonaviy dizaynsiz tasavvur etish mutlaqo mumkin emas. Bunda bevosita texnika estetikasining ahamiyati katta. Bulardan tashqari, ayniqsa yoshlarning nafosat tarbiyasiga alohida e’tibor berish–zamonning dolzarb talabi bO’lib qarmoqda. SHu bois «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillaridan biri: «Ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish», deb aniq belgilab qO’yilgani bejiz emas. Har bir fanni O’rganish odatda uning voqelikning qanday xodisalarini tadqiq etishi, qanday ilmiy usullardan foydalanishi, bu sohada tO’plangan bilimlar tarixi, boshqa fanlar bilan O’zaro aloqasi va, nihoyat, mazkur fan sohasida erishilgan yutuqlarning amaliy jihatdan ahamiyatini aniqlab olishdan boshlanadi. Bu narsa estetika fani uchun ham xosdir. Estetika tarixi xususida fikr yuritishdan oldin «estetika» atamasi, estetikaning predmeti haqida tO’xtab O’taylik. «Estetika» atamasi ilmiy adabiyotlarda asosan XVIII asr O’rtalaridan qO’llanila boshlangan. Uni nemis faylasufi Aleksandr Baumgarten ilmiy taomilga olib kirgan. («Estezis» yunoncha –“his qilish”, “hissiy idrokka daxldorlik” degan ma’noni bildiradi). XVIII asr oxirlaridan boshlab, hissiy bilish nazariyasi emas, balki «gO’zallik falsafasi», «san’at falsafasi», ba’zan esa ham gO’zallik, ham san’at falsafasi ma’nosida ishlatilgan. Har holda estetika deyilganda falsafadan ajralib chiqqan va O’zining mustaqil predmetiga ega ilmiy soha tushuniladi. Tabiiyki, estetika fan sifatida O’rganishi lozim bO’lgan kO’plab masalalar XVIII asr O’rtalariga qadar ham tadqiq etilgan, biroq bu davrgacha ular falsafa, ilohiyotshunoslik, san’atshunoslikka oid asarlarda boshqa muammolar bilan bog’liq holda berilganligi ma’lum. XO’sh, estetikaning fan sifatidagi predmeti nimadan iborat? Tafakkur tarixida estetika nimani O’rganadi va nima O’rgatadi, degan masala nihoyatda rang-barang qarashlarning yuzaga kelishiga sabab bO’lgan. CHunonchi, pifagorchilar (e. a. VI asrning oxiri va V asrning boshlari) dunyoqarashning bu sohasi falsafaning bir qismi va olamning bir butun manzarasini yaratishga xizmat hiladi, deb hisoblashgan. Antik grek olimi Aflotun (e. a. 427-347) fikricha, estetikaning diqqat markazida san’atning davlat tomonidan boshqarish vazifalari turadi. Arastu (e. v. 384-322) estetika tabiat va san’atning umumfalsafiy hamda estetika muammolari bilan shug’ullanishi kerak, degan fikrni bildirgan. O’rta asr italyan ilohiyotshunosi Foma Akvinskiy (XIII) estetikani dinshunoslik bilimlaridan biri, deb e’tirof etgan. Italyan Uyg’onish davri arboblaridan Leonardo da Vinchi estetika tabiat bilan san’at munosabatini, san’atda voqelikni hissiy bilish muammosini tekshiradi, nemis faylasufi Gegel estetika nafis san’atdagi gO’zallikni, CHernishevskiy - voqelikka estetik munosabatni O’rganish bilan shug’ullanadi, degan fikrlarni bildiradi. YUqoridagilar kO’rsatadiki, uzoq va yaqin O’tmishda estetikaning predmetini belgilash bO’yicha rang-barang qarashlar yuzaga kelgan. Ularni quyidagicha ta’riflash mumkin: 1. Estetika-san’atning umumiy nazariyasi, san’at falsafasi, san’at taraqqiyotining umumiy qonunlari tO’g’risidagi fan. Bu ta’rifda estetika O’rganadigan muammolarning asosiy qismi aytilgan bO’lsa-da, uning predmet doirasi tO’la qamrab olinmagan. CHunki san’at hissiy ta’sirchanlik (estetiklik, gO’zallik tuyg’usini idrok etish), olamni estetik jihatdan O’zlashtirish, estetik faoliyatning yagona sohasi emas. SHuning uchun estetika predmetini san’at sohasi bilan chegaralash etarli emas. Holbuki, inson xulq-odobi, tabiat, turmush kabi hodisalarda ham estetik jihatlar mavjud bilib, ular estetika fani O’rganadigan sohaning muhim qismini tashkil etadi. Bularsiz esa estetika predmetini tO’la tasavvur etib bO’lmaydi. 2. Estetika-badiiy ijod va badiiy idrok, voqelikni badiiy bilish haqidagi fan. Bu yuqoridagi ta’rifga nisbatan tO’laroq bilib, unda badiiy ijod mahsuli bO’lgan san’at ham, badiiy-estetik idrok ob’ekti ham fan predmeti tarkibiga kiritiladi. SHunga qaramay, mazkur ta’rif ba’zi e’tirozlarni ham tug’dirishi mumkin. TO’g’ri, badiiylik tushunchasini estetik ma’noda san’atga ham, san’atkor ijodiga ham, badiiy asarni idrok etish jarayoniga ham, san’at asarlarini baholashga ham qO’llash mumkin. Biroq estetik xususiyatga ega bO’lgan yana shunday predmet-hodisalar turkumi ham mavjuddirki, ularni «badiiylik» bilan ifodalab bO’lmaydi. CHunonchi, tabiat, xulq-atvor, turmush hodisalariga xos, shuningdek, inson faoliyatining moddiy shakllariga tegishli estetik xususiyatlarni yolg’iz badiylik tushunchasi bilan izohlash etarli emas. TO’g’ri, ba’zan badiiylikni estetiklik tushunchasi bilan teng qO’llash hollari ham yO’q emas, badiiy faoliyat-estetik faoliyatning turlaridan biri, badiiylik - estetik tuyg’uni aks ettirishning bir sohasi, degan ma’noda sO’z borganda, ular shunday mazmun kasb etadi. «Badiiy did» va «estetik did», «badiiy qadriyat» va «estetik qadriyat» kategoriyalari ham bir-biriga yaqin tushunchalardir. 3. Estetika-gO’zallik, uning xususiyatlari, qonuniyatlari, tabiat va san’atdagi gO’zallik tO’g’risidagi fan. TO’g’ri, gO’zallik estetikaning asosiy tushunchasi, biroq uning predmeti yolg’iz gO’zallik bilan cheklanib qolmaganligi ham tarixan, ham zamonaviy jihatdan asoslab berilganligi ma’lum. SHu ma’noda bu ta’rif ikki xil e’tiroz tug’dirishi mumkin: Birinchidan, gO’zallik ijobiy-estetik hodisa bO’lib, tabiiyki, unga salbiy hodisa-xunuklik qarama-qarshi turadi, shu sababli xunuklikning O’ziga xos tomonlarini aniqlamay turib, gO’zallikning mohiyatini ochib bO’lmaydi. Etika fanida ezgulik va yovuzlik, mantiq fanida haqiqat va yolg’on kabi kategoriyalar ham xuddi shunday izoh talab qiladi. Ikkinchidan, estetika fan sifatida nafaqat gO’zallik, xunuklik, fojiaviylik, komiklik, estetik-ta’sirchanlik kabi holatlarni, shu bilan birga san’at, iste’dod, mahorat, ijodiy uslub, ijod, badiiy vositalar, badiiy asar, badiiy-estetik axborot, san’at muxlisi, ehtiyoj, baho, tarbiya singari tushunchalarni ham O’z ichiga oladi, ularni ilmiy kategoriyalar sifatida har tomonlama O’rganadi. SHu ma’noda estetika predmetini gO’zallik muammosining O’zi bilan chegaralab qO’yish mantiqan tO’g’ri bO’lmaydi. 4. Estetika - jamiyatning estetik faoliyati, inson tomonidan voqelikni estetik O’zlashtirish, jamiyat estetik madaniyati taraqqiyoti qonunlari tO’g’risidagi fan. Nisbatan ancha tO’liq va estetik faoliyat tajribasini umumlashtiruvchi bu ta’rif estetikaning real mazmunini predmet sohasi bilan muvofiq holda aks ettiradi. Bu ta’rifga asoslangan holda unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: estetika voqelikni hissiy ta’sirchan va emotsional O’zlashtirishning tabiati, mohiyati hamda estetik faoliyat qonunlari haqidagi fandir. Inson olam (tabiat, jamiyat, insonning O’zi, boshqalar)ni nafaqat sof ma’naviy, moddiy-amaliy, balki ma’naviy-amaliy tarzda ham O’zlashtiradi. Bu usul yordamida u borliqni ayni bir vaqtning O’zida ham mantiqiy, ham hissiy in’ikos etadi. Ma’naviy-amaliy faoliyat voqelikni estetik O’zgartirishda butun kO’lami bilan namoyon bO’ladi. Inson olamni estetik O’zlashtirgan va O’zgartirganda uni O’z faoliyatining boshqa turlaridan alohida emas, balki ular vositasida va faqat ular orqali amalga oshiradi. Inson olamni mehnatda, ishlab chiqarish jarayonida O’z maqsad-muddaolariga muvofiq O’zgartirar va qayta qurar ekan, ayni vaqtda uning narsa-hodisalarini estetika qonunlariga muvofiq holda ham intellektual jihatdan, ham axloqiy jihatdan shakllantiradi, estetik fahmlaydi, shu asosda estetik kechinma hosil qiladi, bunyodkorlik ishtiyoqini ishga soladi, xullas estetik faoliyat kO’rsatadi. Ilmiy estetika gO’zallikni yolg’iz ruhlar olamidan axtaradigan nazariyalardan farqli O’laroq ob’ektiv voqelikni estetik munosabatlar (gO’zallik tuyg’usini idrok etish)ning manbai deb hisoblaydi, hissiy ta’sirchanlikni, nafosatdorlik (esteticheskoe)ni esa mohiyatan kishilarning ijtimoiy-tarixiy hamda amaliy faoliyatining ajralmas, muhim qismi sifatida yuzaga kelgan ob’ektiv hodisa sifatida tavsiflaydi. Olamni estetik O’zgartirish O’zaro bog’langan ikki jihat ta’sirida amalga oshiriladi. Uning bir tomoni borliqning hissiy ta’sirchanlikni, nafosatdorlikni tug’diradigan ob’ektiv real xususiyatlari hisoblanadi. Bu voqelikka estetik munosabatning ob’ektiv zamini, qonuniyati va zaruriyati, boshqacha aytganda, estetik faoliyatning tarixiy-ijtimoiy shartlanganligini bildiradi. Olamni estetik O’zlashtirishning ikkinchi tomoni sub’ektivlikni ifodalab, yuqorida tilga olingan ob’ektiv borliqning estetik xususiyatlari, shuningdek kishilarning estetik faoliyati natijalari, mahsulotlari ta’sirida shakllanadigan estetik ong (estetik did, estetik tuyg’u, estetik orzu-ideal, estetik qarash va nazariyalar)ni kO’zda tutadi. Inson tomonidan borliqni hissiy ta’sirchanlik asosida O’zlashtirishning maxsus shakli sifatida esa san’at paydo bO’lgan. SHu ma’noda san’at birinchi navbatda yuqoridagi ikki jihat, ya’ni ob’ektiv va sub’ektiv hissiy ta’sirchanlikning O’ziga xos his qiluvi, qorishmasi, birligidan iboratdir. Ayni vaqtda san’at ijtimoiy ongning O’ziga xos shakli bO’lib, voqelikni badiiy obrazlar orqali aks ettirib, kishilarning estetik tuyg’ulari, didlari, ideallarini, ongini tarkib toptiradi. SHuningdek, san’at estetik faoliyat turi sifatida olamni muayyan estetik orzu-ideallar asosida qaytadan yaratadi va O’zgartiradi. KO’rinadiki, estetika keng ma’noda voqelikni estetik O’zlashtirish qonunlarini O’rganadigan fan sohasidir. Binobarin, bunday O’zlashtirish, bir tomondan, olamning estetik xususiyatlari va xossalarini bilishga, ikkinchidan, shu asosda amaliy faoliyat kO’rsatishga asoslanadi. SHuning uchun estetikaning predmeti O’zaro uzviy bog’langan quyidagi uch qismdan iboratdir: - ob’ektiv hissiy-ta’sirchanlik (estetiklik); - sub’ektiv hissiy-ta’sirchanlik (estetiklik); - ularning dialektik birligi - san’at taraqqiyotining eng umumiy qonunlari. SHunga asoslanib estetikaning tadqiqot sohasini quyidagilar tashkil etadi: - estetik munosabatning ob’ekti. (bu ob’ekt «gO’zallik» va «xunuklik», «ulug’vorlik va tubanlik», «fojiaviylik va «kulgulilik» kategoriyalarida aks etadi); - estetik munosabatning sub’ekti (bu sub’ekt «estetik idrok», «estetik kechinma», «estetik did», «estetik orzu-ideal», «estetik ehtiyoj» va boshqa kategoriyalarda ifodalanadi); - inson faoliyatining rang-barang sohalari: mehnatda («mehnat estetikasi»), kishilar O’rtasidagi munosabatlarda namoyon bO’ladigan estetik ijodkorlik; - badiiy faoliyat va uning natijalari, san’atni badiiy qadriyat sifatida, olamni estetik O’zlashtirishning oliy shakli sifatida O’rganish. Har qanday fanning mantiqiy tuzilishida nazariy mulohazalarning mag’zini tashkil etadigan qonunlar muhim O’rin tutadi. Estetika ham boshqa fanlar singari O’z predmeti sohasidagi qonunlarni tadqiq etishi yuqorida aytib O’tildi. Binobarin, fan qonunlari voqelikning muayyan sohasida amal qiladigan ob’ektiv reallik qonunlarining ilmiy in’ikosidir. SHu ma’noda estetika fan sifatida reallik va uni estetik jihatdan O’zlashtirishning muhim aloqa va munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlar, kategoriyalar va umumiy tushunchalar tizimidan iboratdir. Qonun nima? Sodda qilib aytganda, qonun muayyan tizimning ichki ziddiyatlari va ma’lum sharoitda ularni yuzaga keltiradigan zaruriy aloqa va bog’lanishlardir. SHu ma’noda estetika qonunlari estetik faoliyatni amalga oshiradigan hamda san’at qadriyatlarini yuzaga keltiradigan ijodiy jarayonning muhim, zaruriy, barqaror, mohiyatli, ichki, takrorlanuvchan aloqa va bog’lanishlaridan boshqa narsa emas. Badiiy faoliyat, san’atning ijtimoiy muayyanligi, yashab turishi, idrok etilishi va taraqqiyoti, jahon badiiy taraqqiyoti qonunlari ham estetika qonunlari sirasiga kiradi. Mavjud adabiyotlarda estetika qonunlari mazmun va mohiyatan bir necha toifalarga ajratib tasnif qilinadiki, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin. Estetik faoliyatning umumiy qonunlarini olamni hissiy-emotsional, estetik O’zlashtirish va O’zgartirish jarayonida amal qiladigan muhim va zaruriy bog’lanishlar tashkil etadi. San’atning ijtimoiy ong shakli sifatidagi qonunlari: san’at taraqqiyotining sotsial-iqtisodiy hayot bilan aloqadorligi, nisbiy mustaqilligi, ijtimoiy shartlanganligi, voqelikka qayta ta’sir kO’rsata olishi, kO’p funktsiyalarni ado etishi qonuniyatlari. Badiiy ijod qonunlari: badiiy asar yaratish, uning yashab turishi, ijtimoiy vazifani ado etish jarayonining muhim, zaruriy aloqalari va munosabatlari; san’at gnoseologiyasi, ontologiyasi va morfologiyasi qonunlari. Badiiy jarayon qonunlari: birinchidan, badiiy jarayonning ichki aloqadorligi va xarakteri, san’atning tarixiy rivojlanishi dialektikasini aks ettiradigan qonunlar; ikkinchidan, san’atning yaxlitligi va qismlarga bO’linishi, insoniyat badiiy madaniyati taraqqiyotining muhim va zaruriy aloqalari. Badiiy idrok qonunlari: badiiy idrokning ijodiyligi, unda shaxsiy madaniy-estetik tajribaning bevosita ishtiroki, estetik zavqning faolligi qonuniyatlari va hokazolar. Estetika fan sifatida qonunlar bilan birga kategoriyalar va tushunchalar tizimini ham O’z ichiga oladi. Estetika kategoriyalari olamni estetik tomondan O’zlashtirish tarixining asosiy bosqichlari hisoblanadi hamda qonunlarni mazmunan tO’ldiradi. Ularda insonning olamga estetik munosabatining asosiy toifalari umumlashgan bO’ladi. Har qanday fan O’z predmeti ustida fikr yuritganda muayyan ilmiy usullar-metodlarga suyanib ish kO’radi. Metod fan sohada maqsadga erishish usuli bO’lib, uning natijasida O’rganiladigan predmet tafakkurda qayta «ishlanadi», yangi bilimlar yuzaga keltiriladi. Estetik tafakkur tarixida shakllangan ana shunday metodlarning ba’zi birlari bilan tanishib chiqaylik: Sub’ektiv va ob’ektiv metodlar. Sub’ektiv metod asosiy e’tiborni estetik hodisalar paydo bO’lishi va ifodalanishining sub’ektiv jihatlariga qaratadi. Bu - estetik qadriyat yaratuvchilar va uni idrok etuvchilarning dalillari, kundaliklari, maqolalari, anketa javoblari, san’atkor va muxlislarning suhbatlari, baholari, mulohazalari yig’indisidir. Ob’ektiv metod-tashqi, moddiy-estetik hodisalarni sub’ekt (san’atkor va muxlis) bilan munosabatga kiritmay turib, xolisona tahlil etish yO’lidir. Badiiy asar, san’atkorning tarjimai holi, tabiiy-ilmiy metodlarni O’rganish, muxlislar xulq-atvori, badiiy muassasalar faoliyatini tahlil etish va boshqalar bu metodning asosidir. Jamiyatning badiiy-estetik hayotini O’rganganda estetika sub’ekt bilan ob’ekt O’rtasidagi dialektikadan kelib chiqadi, estetik faoliyatni sub’ektiv hamda ob’ektiv ma’lumotlar negizida tahlil etadi. Psixologik va sotsiologik metodlar. Psixologik metodlar estetik hodisalarni O’rganish jarayonida ijodkorlikning ruhiy asoslarini tahlil etishni taqozo qiladi, bunda san’atkor va muxlislarning psixologik holatlari, idroklari inobatga olinadi. Sotsiologik metod esa estetik hodisalarni ijtimoiy muayyanlik sifatida olib tekshiradi. Psixologik va sotsiologik metodlar estetik faoliyatni, san’atni O’rganish jarayonida O’zaro bir-birini tO’ldiradi. Empirik va nazariy metodlar. Empirik metod san’at, estetik faoliyatning tashqi, faktiologik tomonlariga e’tiborni qaratadi, ularni tavsiflaydi. Estetik tadqiqot shu bilan chegaralanib qolmaydi, albatta. Empirik materiallarga asoslanib nazariy metod me’yoriy qoidalarni ishlab chiqadi, estetik faoliyatning umumiy, zaruriy, mohiyatli va barqaror tomonlarini aniqlaydi. Mantiqiylik va tarixiylik metodlari. Mantiqiylik metodi estetik faoliyat xususiyatlarini, mantiqan takrorlanadigan jihatlarini, ularning ichki sabablarini ochadi. Tarixiylik esa estetik faoliyat taraqqiyotini uning tarixi bilan bog’lab tushuntiradi. SHuni aytish kerakki, jamiyat estetik faoliyatini tahlil etganda yuqoridagilardan tashqari yana boshqa metodlar, usullar, vositalardan ham foydalanish mumkin. Hozirgi zamonda fanlararo aloqalarning tez rivojlanib borayotganligi estetika muammolarini gnoseologiya va sotsiologiya, in’ikos nazariyasi va informatsiya nazariyasi, psixologiya va kibernetika sohalari bilan bog’liq holda tadqiq etishni ham taqozo qilmoqda. Estetika ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar O’rtasida O’ziga yarasha O’rin tutadi. Estetikaning boshqa fanlarga munosabatini aniqlab olish uning ilmiy usulini belgilash, boshqa fanlarning metodlari bilan aloqadorligi hamda O’ziga xosligini aniqlashga yordam beradi. Estetika va falsafa. Falsafiy metodologiya estetik qonuniyatlarni bilishning nazariy asosidir. Buning zaruriyatini birinchi bO’lib Afloton nazariy jihatdan isbotlashga uringan edi. Uning fikricha, gO’zallik-bu juda rang-barang va juda kO’plab ob’ektlarning xossasidir. Darhaqiqat, gO’zallikni hamma joyda: tabiat predmetlarida, insonda, insoniy munosabatlarda, kishilar yaratgan rang-barang narsalarda, san’at asarlarida kO’rish mumkin. Inson ularni bir-biridan farq qila oladi. Estetikaning maqsadi har bir predmet yoki narsa-hodisalarning alohida guruhiga xos bO’lgan gO’zallik xususiyatlarini O’rganishdan iboratmi, degan savol tug’iladi. Albatta, bunga «yO’q» deb javob berish mumkin. Estetika bu vazifani bajara olmaydi, chunki gO’zallikning konkret shakllari nihoyatda rang-barangdir. Estetikaning asosiy vazifasi hissiy ta’sirchanlik (estetiklik), uning muhim sohasi-gO’zallikning eng umumiy qonuniyatlarini ochish, uning mohiyati, tabiati, yuzaga kelishi va ahamiyatini ilmiy O’rganishdan iboratdir. O’z-O’zidan ravshanki, bu masalalar falsafiy-nazariy xarakterga ega bO’lib, ularni hal etishda estetika falsafaning ob’ektivlik va sub’ektivlik, tabiiylik va ijtimoiylik, mazmun va shakl dialektikasi kabi kategoriyalariga suyanmasdan ish kO’ra olmaydi. KO’p asrlar davomida estetik fikrning falsafa bag’rida taraqqiy etganligining boisi ham shunda. Hatto estetika mustaqil fan sifatida shakllangandan keyin ham O’zining falsafiy-nazariy xususiyatini saqlab qoldi va yanada rivojlantirdi. Estetikaning falsafa bilan uzviy aloqadorligi, uning falsafiy fan ekanligi masalasi estetik ong muammosini hal etishda tO’la namoyon bO’ladi. Sotsiologiya ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong munosabatini, mantiq tafakkur qonunlarini borliq qonunlariga munosabatga kiritib O’rganadi va hokazo. SHu nuqtai nazardan estetika estetik ongning voqelikka munosabati masalasini asosiy muammo darajasiga kiritadi. Buni hal etishda falsafiy dunyoqarashga suyanadi. SHu tufayli estetika tarixida turli-tuman oqimlar, kontseptsiyalar vujudga kelgan. SHuningdek, har bir falsafa iz navbatida muayyan falsafiy asosga suyanadi. Masalan, Gegelning estetikasi uning asosiy falsafiy kontseptsiyasi negizida vujudga kelgan, ayni vaqtda uning falsafiy dunyoqarashining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Demak, estetikaning falsafiy xarakteri uning predmetining O’ziga xosligi (voqelikning estetik xususiyatlari va inson badiiy-estetik faoliyatining eng umumiy qonunlarini tekshirishi); genezisi (estetikaning falsafiy fanlar umumiy tizimidan kelib chiqishi); funktsiyasi (eng umumiy tushunchalar - kategoriyalar bilan ish kO’rishi) xususiyatlari bilan belgilanadi. Estetika va san’atshunoslik fanlari. Estetika predmetining muhim sohasi san’at ekanligini yuqorida kO’rib O’tdik. Ma’lumki, san’at va badiiy ijodning konkret sohalarini ilmiy O’rganadigan boshqa bir qator fanlar ham mavjud bO’lib, ular san’atshunoslik fanlari deb ataladi: adabiyotshunoslik, teatrshunoslik, musiqashunoslik, arxitekturashunoslik, kinoshunoslik, tasviriy san’at nazariyasi va boshqalar. San’atshunoslikning har bir sohasi badiiy ijod turini uch , ya’ni nazariy, tarixiy, tanqidiy tomondan O’rganadi, shunga kO’ra, har bir san’at turining nazariyasi, tarixi, badiiy tanqidi mavjud. Masalan, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqidchilik. Xulosa «Estetika» atamasi ilmiy adabiyotlarda asosan XVIII asr O’rtalaridan qO’llanila boshlangan. Uni nemis faylasufi Aleksandr Baumgarten ilmiy taomilga olib kirgan. («Estezis» yunoncha –“his qilish”, “hissiy idrokka daxldorlik” degan ma’noni bildiradi). XVIII asr oxirlaridan boshlab, hissiy bilish nazariyasi emas, balki «gO’zallik falsafasi», «san’at falsafasi», ba’zan esa ham gO’zallik, ham san’at falsafasi ma’nosida ishlatilgan. Har holda estetika deyilganda falsafadan ajralib chiqqan va O’zining mustaqil predmetiga ega ilmiy soha tushuniladi. Tabiiyki, estetika fan sifatida O’rganishi lozim bO’lgan kO’plab masalalar XVIII asr O’rtalariga qadar ham tadqiq etilgan, biroq bu davrgacha ular falsafa, ilohiyotshunoslik, san’atshunoslikka oid asarlarda boshqa muammolar bilan bog’liq holda berilganligi ma’lum. XO’sh, estetikaning fan sifatidagi predmeti nimadan iborat? Tafakkur tarixida estetika nimani O’rganadi va nima O’rgatadi, degan masala nihoyatda rang-barang qarashlarning yuzaga kelishiga sabab bO’lgan. CHunonchi, pifagorchilar (e. a. VI asrning oxiri va V asrning boshlari) dunyoqarashning bu sohasi falsafaning bir qismi va olamning bir butun manzarasini yaratishga xizmat hiladi, deb hisoblashgan. Antik grek olimi Aflotun (e. a. 427-347) fikricha, estetikaning diqqat markazida san’atning davlat tomonidan boshqarish vazifalari turadi. Arastu (e. v. 384-322) estetika tabiat va san’atning umumfalsafiy hamda estetika muammolari bilan shug’ullanishi kerak, degan fikrni bildirgan. O’rta asr italyan ilohiyotshunosi Foma Akvinskiy (XIII) estetikani dinshunoslik bilimlaridan biri, deb e’tirof etgan. Italyan Uyg’onish davri arboblaridan Leonardo da Vinchi estetika tabiat bilan san’at munosabatini, san’atda voqelikni hissiy bilish muammosini tekshiradi, nemis faylasufi Gegel estetika nafis san’atdagi gO’zallikni, CHernishevskiy - voqelikka estetik munosabatni O’rganish bilan shug’ullanadi, degan fikrlarni bildiradi. Download 83.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling