«estetikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari)»
Download 94 Kb.
|
Estetikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari)
Ulug’vorlik kategoriyasi voqelikdagi real predmetlar va hodisalarni aks ettiradiki, u predmetlar tabiatdan va jamiyat hayotida ob'ektiv mavjuddir.
Estetik – ulug’vorlik - bu so’zsiz buyuk ko’rinishi jihatdan ulkan narsalardir. Tabiatdagi ulug’vorlik baland tog’lar, qudratli sharsharalar, cheksiz оkеаnlаг, moviy dengizlar, tubsiz osmon, qudratli to’lqinlar, vulqonlarning qaynashi, qutb shu'lasi va hokazolardir. Ijtimoiy hayotda esa ulug’vorlik buyuk tarixiy voqealardir. Bularga istiqlolga erishuvimiz, qadriyatlarimizni tiklashimiz, tilimiz, dinimizga ega bo’lishimiz. Har qanday estetik ob'yekt uchun zarur bo’lganidek, ulug’vorlik uchun ham, predmetning yaxlitligi va hissiy qiyofaga ega bo’lishi xarakterlidir va shartdir. Lekin kishi duch keladigan predmetning ulkanligi yoki biror bir uchning g’oyat zo’r qudratining o’zi ularning ulug’vorligini bildirmaydi. Masalan: yuksak elektor Quvvatiga ega bo’lgan sim o’zida juda ulkan qudratni mujassamlashtirgan bo’lishi mumkin. Biz uning quvvatini bilamiz, u juda kuchli, lekin qanchalik kuchli bo’lmasin, u hech qanday estetik his uyg’otmaydi. Ammo chaqmoq nuri, momoqaldiroqning gumburlashi va osmon, yer manzarasining his etilishi katta estetik ta'surot qoldiradi. Ulug’likning estetik tuzilishi yoki formulasining_o’ziga xosligi nimada? Ulug’voriikning namoyon bo’lishi formalari xilma-xildir. 1. U behad ulkan formaning butun ulug’vorligini bevosita ifoda etishi mumkin. Masalan: jo’shqin оkеаn, zil-zila, jang maydoni. 2. Ulug’lik ko’pincha Kichik narsaning ulug’vorligi sifatida gavdalanadi. Masalan: Ba'zan asfalt yo’lni yorib, o’sib chiqqan ko’katga ko’zingiz tushadi. Ana shu nozik, kichik o’simlikning hayotga intilish kuchi umuman kishida chuqur his uyg’otadi. U mayda chuyda turmush tashvishlari va zavqsiz oddiy narsadan ko’га yuqori qo’yadi. Ulug’vorlikning estetik tuyg’u sifatida xosligi nimada? Ulug’vorlik ob'ektini estetik mushohada qilishda har qanday qo’rquv yo bevosita xavf bo’lmasligi kегаk. Tabiatning buуuk manzaralarini va kishilik hayotining ulug’ voqealarini kuzatish kishida уuksаk fikrlarni uyg’otadi, uning mayda-chuyda turmush tashvishlari va zavqsiz oddiy narsalardan ko’ra yuqori qo’yadi. Ulug’vor ob'ekt o’zining kishi hissiyoti va ongiga zo’r ta'sir qilish kuchi bilan uning irodasini chiniqtiradi va aqlini raso qiladi. Ulug’vorlik tuyg’ularini shakllantirmay turib, inson, umuman mukammal shaxs tarbiyasi haqida gap bo’lishi mumkin emas. O’z hajmi bilan ulkan arxitektura inshootlari Misr piramidalari, ibodatxonalar, O’rta Osiyo va Hindistondagi tarixiy yodgorliklar, Buxorodagi, Samanqanddagi Qadimiy binolar san'atdagi ulug’vorlikka misol bo’ladi. Poeziya ham o’z tabiati bilan ulug’vorlikka intiladi. Husayn Voiz Koshifiy o’z hikoyasida bir bolaning so’zidan hamma asirlarning ozod bo’lishini unchalik katta voqea deb bo’lmaydi, lekin adib unda ulug’vor bir narsani ko’rgan. Husayn Voiz Koshifiy aytadi: «Zoyid nomli hokimning dushmanlaridan 300 kishini asir qilib uning huzuriga keltiradilar. Muyin Ibn Zoyid ularni qatl qilishni istadi. Asirlar orasida kichik bir yosh bola suv suradi. Hokim suv berishni buyurdi. Bola piyolani qo’liga olib aytadi: «hamma asirlar tashnadirlar marhamat qilib buyuring ularga ham suv bersinlar, tashnalik holida o’lmaylik». Hamma asirlarga suv berdilar. Bola yana o’rnidan turib: «- Ey hokim, suvingizni ichish bilan hammamiz mehmoningiz bo’ldik, mehmonni o’ldirish fazlu karam ahlining rasmi emasdir» - dedi.» Muyin Ibn Zoyid bolaning bu farosatli so’zidan zavqlanib, hamma asirlarni ozod qildi. Biz bu hikoya zamirida ulug’vorlikni ko’ramiz. Yosh bolaning аqlu — kamoliga hayron qolamiz. Har bir davr o’zida kishilarning eng yaxshi intilishlari, ularning аql irodasi, orzusini mujassamlashtirgan inson, arbobning idealini yaratadi. Antik dunyo uyg’onish, istiqlol davri qahramonlari ana shular jumlasidandir. Jumladan, prezidentimiz Islom Karimov Vatanimiz mustaqilligi yo’lida olib borayotgan ishlari, Vatan taraqqiyoti, shuningdek demokratik davlat qurish borasida say harakatlari ulug’vorlik timsoli emasmi? Yoki Abdulla Oripovning Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling