Estetikasi «San'at — mo'jizadir. Yurak va miyaning shunday xilvat joylari borki, unga faqat son 'at vositasidagina kirish mumkin». Ibn Sino


Download 48 Kb.
bet3/3
Sana18.12.2022
Hajmi48 Kb.
#1027040
1   2   3
Bog'liq
Amaliy estetika

SAN'AT VA MAFKURA
Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish jarayonida san'at alohida o'rin tutadi. Shuningdek, san'at inson ma'naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi, uni shaxs sifatida tarbiyalovchi vositalardan biridir. San'at insoniyatning ezgulik tomon harakati uchun zarur bo'lgan o'zaro muloqotlar vositasi bo'lib, turli qit'alar va davlatlarni o'zaro bog'laydi. San'at odamlarning his-tuyg'ularini, tafakkurini mavhum tarzda emas, balki jonli badiiy qiyofalarda aks ettiradi, chunki u o'ziga xos his-tuyg'ular xazinasidir.
San'at badiiy qiyofa-obraz vositasida to'la namoyon bo'ladi. Badiiy qiyofa san'atkor o'zlashtirib olgan tashqi dunyo bilan uning ichki dunyosi birligida ko'rinadi. Iste'dodli aktyorlar haqqoniy hayot manzarasini yaratib, o'z his-tuyg'ulari va kechinmalari bilan zavqlantirib, o'zligini to'la namoyon qila olishi mumkin. San'at-korning ichki kechinmalari bilan sug'orilgan badiiy qiyofaga hech narsa teng kelmaydi. Badiiy qiyofaning ichki va tashqi tomonlari san'atning turlarida har xil tarzda amal qiladi.
Teatr, musiqa, kino, «oynai jahon» kabi talqiniy san'at tur­larida badiiy qiyofa o'sha qiyofa timsolini talqin qilish jarayoniga bog'liq. Bu yerda yozuvchi yoki bastakor ijodi mahsuli, ular yaratgan badiiy qiyofalar talqini san'atkor mahorati tufayli yuzaga chiqadi. Masalan: Abror Hidoyatov, Sora Eshonto'rayeva, Hamza Umarov, Razzoq Hamroyev, Olim Xo'jayev, Zaynab Sadriyeva, Nabi Rahimov kabi ijodkorlar ijrosida «Navoiy», «Jaloliddin Manguberdi», «Otello», «Hamlet», «Qirol Lir», «Nurxon», «Qaynona», «Ota» kabi asarlardagi badiiy qiyofalar bunga misol bo'ladi.
San'atkorning dunyoqarashi qanchalik keng va aqliy tajribasi qanchalik boy bo'lsa, lining ijodi ham shunchalik samarali va mazmundor bo'ladi. San'atni idrok etish insonga hamma vaqt o'zini yaxshi anglashga imkoniyat yaratadi, badiiy asar individual ijod mahsulidir.
San'at asarlari yaratilishi ikki narsani, ya'ni badiiy obrazli tafakkur qilishni hamda uni amalda ifoda eta olish malakasini o'z ichiga oladi. San'at ilohiyotning tuhfasi, ijodiy mehnat mahsulidir. Agar badiiy obrazli fikr yuritish voqelikni badiiy o'zlashtirish imkonini tug'dirgan bo'lsa, faqat ijodiy mehnatgina uning voqelikka aylanishiga asos bo'la oladi.
Hayotni kuzatish san'atkorga ham, olimga ham juda zarur. San'atda voqelik badiiy to'qimasiz, to'qima esa voqeiy narsalarsiz aks etmaydi. Voqelik xayol, tasawur hosil qiladi. San'at vo-qelikning obrazli aks ettiruvchi shaklidir. Badiiy qiyofa mazmuni uning shakli yaratilishi jarayonida o'zgarib ketishi, ba'zan uni qayta mushohada qilish sodir bo'lishi mumkin.
Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling