Etalonlar va ularning paydo bo‘lishi tasdiqlanishi. Reja: Etalonlar haqida tushuncha 2
Download 28.17 Kb.
|
Etalonlar
ETALONLAR VA ULARNING PAYDO BO‘LISHI TASDIQLANISHI. Reja: 1.Etalonlar haqida tushuncha 2. Etalonlarning vazifalari 3. Etalonlar – har bir davlatning katta boyligi va iftixoridir Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi E.ga solishtiriladi. E. birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat E.lari, E. guvoh, solishtirma E., ishchi E., E.nusxalarga boʻlinadi. Etalonlar deb, fan va texnikaning eng yuksak saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlarga aytiladi. O‘lchov birligi o‘lchash natijasi ko‘rsatilgan birlikda ifodalangan va o‘lchash xatoligi berilgan ehtimollikda ma'lum bo‘lgan o‘lchash holatidir. O‘lchash aniqligi – bu o‘lchash natijalarini va o‘lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatining mos kelish darajasidir. O‘lchash xatoligi o‘lchash natijasining o‘lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir. Birlamchi E. mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa E.ga nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi. Ikkilamchi E. qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi. Maxsus E. alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi E. vazifasini oʻtaydi. Davlat E.lari mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus E.dan iborat. E.guvoh davlat E.ining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki yoʻqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi E.dan iborat. Solishtirma E. biror sababga koʻra bir-biriga solishtirish mumkin boʻlmagan E.ni solishtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi E. Ishchi E. birliklarning oʻlchamlarini yuqori aniqlikda oʻlchaidigan namuna vositalariga, baʼzan eng aniq ishchi oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan. E.nusxa birliklarning oʻlchamlarini ishchi E.ga oʻtkazish uchun moʻljallangan ikkilamchiE.dan iborat. Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli E.lari xalqaro va milliy E. hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen E.lari xalqaro E. bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov E.lardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda E. larni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi. O‘zbekiston Respublikasining Milliy etalonlar bazasi Hammamizga ma’lumki hech qanday mahsulot, u mashinasozlik sohasida bo’ladimi, yengil sanoati mahsulotimi, oziq-ovqat mahsulotlari bo’ladimi, tibbiyot, inson xavfsizligi yoki biror xizmat ko’rsatish sohasi bo’ladimi o’lchashsiz yaratilmaydi va bajarilmaydi. Ma’lumotlarga tayanib shuni aytish mumkinki har bir sekundda jahonda milliardlab o’lchashlar bajariladi va ularning natijasiga qarab qarorlar qabul qilinadi. Hech bir soha yo’qki o’lchashsiz va o’lchash ma’lumotlarisiz faoliyat ko’rsata olsa. O’lchashni bajarishga, uni to’g‘ri va ishonchli bo’lishini ta’minlashga bir necha million kishi xizmat qiladi va katta mablag‘ sarf qilinadi. Jamiyatni taxminan 15% ish kuchi o’lchashni bajarishga sarf qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kerakli sifatini, texnikani, jumladan transportlarning, havfsiz va avariyasiz ishlashini hamda ishonchli tibbiy va ekologik diagnozlarni ta’minlashning asoslaridan biri bu ishonchli o‘lchash ma’lumoti hisoblanadi. Ishonchli o‘lchash ma’lumoti – har qanday boshqarish, tahlil qilish, oldindan aytib berish (prognoz), rejalashtirish yoki nazoratning asosi hisoblanadi. Tabiiyki, faqatgina juda aniq va kafolatli aniqlikdagi o’lchash natijalari to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini beradi va natijada kerakli sifatdagi mahsulot (xizmat) yaratiladi. Har qanday o’lchashni bajarish albatta o’lchash vositalari, ya’ni o’lchash asboblari, o’lchovlar, o’lchash o’zgartkichlari, o’lchash uskunalariyu o’lchash tizimlari yordamida bajariladi. Ular albatta o’lchashga yaroqli va aniqligi kafolatlangan bo’lishi shart. Respublikamiz bo‘yicha ishlab chiqarishda, sertifikatlash sinovlarida, savdo sotiqda, xavfsizlikni ta’minlashda, sog‘liqni saqlashda, gaz, suv, elektr energiyasini sarfini hisoblashda va shunga o’xshash qator sohalarda foydalaniladigan o‘lchash va sinash asboblarining to’g‘ri ishlashini ta’minlash, ularni attestatlash, sertifikat berish, ularni o’z vaqtida (masalan bir yoki ikki yilda bir marta) tekshirib (qiyoslab) turish ishlari «O‘zstandart» agentligi tarkibidagi «Metrologiya xizmatlari kursatish markazi» DK, «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi»DK va uning tarkibiga kiruvchi xududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlar tomonidan olib boriladi. Bu Markazlar respublikamizdagi barcha o‘lchash va sinash asboblarini o‘zining aniq asboblari bilan solishtirib (taqqoslab, qiyoslab) ko’rib ularni to’g‘riligi, sinovga va o‘lchashlarga yaroqli ekanligini aniqlab shu to’g‘risida sertifikat beradilar. Markazlarni va unga o’xshash boshqa tashkilotlarning aniq (namunaviy) o‘lchash asboblarini to’g‘ri ishlashini tekshirib turish O’zbekiston Respublikasining Milliy etalonlar Markazi (O’z MEM)ga yuklatilgan. Etalonlar markazi bu ishni o’zining, yanada aniqroq bo‘lgan o’lchash asboblari, ya’ni etalonlari yordamida amalga oshiradi. Etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 09.02.96 yildagi «O’zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini shakllantirish va metrologik ta’minotni takomillashtirish tug‘risida» gi 53-son Qarori asosida tashkil qilingan. Markaz 2001 yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini boshladi. Hozirgi kunda Etalonlar markazida chastota va vaqt, massa, elektr toki kuchlanishi, bosim, elektr sig‘imi, suv miqdori va sarfi, induktivlik, va ammiak, sinil kislotasi, azot dioksidi, oltingugirt dioksidi va xlorning havodagi massaviy ulushi birliklari etalonlari mavjud. Etalonlarning vazifalari Kupchilikga ma’lumki etalonlar bu juda aniq o’lchovchi qurilmalar. Shuning uchun ham ular tashqi muhitga, ya’ni laboratoriyadagi haroratni, havo namligini, atmosfera bosimini o’zgarishiga, har xil tulqinlarga, vibratsiyaga, elektrik, magnit va elektromagnit maydonlariga va shunga o’xshash ta’sir etuvchi omillarga sezgir. Shu sababdan tashqi muhitni etalonlarga ta’sirini iloji boricha kamaytirish maqsadida Etalon markazining binosi o’ziga xos uslubda qurilgan maxsus xonalarga ega. Jumladan etalonlar joylashgan laboratoriyalardagi havo haroratini o’zgarishi 0,1-0,05 gradus (…oS) dan oshmasligini ta’minlash uchun laboratoriya xonalari antiqa usulda termoizolyatsiyalangan. Buning uchun etalon saqlanadigan xona xuddi shu shakldagi, faqat o’lchami kattaroq xona ichiga joylashtirilgan. Bundan tashqari xonalarga quyosh nuri tushib haroratni o’zgarishiga sabab bulmasligi uchun laboratoriya xonalari derazasiz qurilgan. Xona va karidor harorati konditsioner yordamida 20 gradusda ushlab turiladi. O’lchash asboblaridan keng tarqalganlaridan biri bu – tarozi va uning toshlari. Bu o’lchash asboblarini to’g‘ri ishlashiga va kafolatligiga katta talab quyiladi. Sababi ular ishlab chiqarishda, ma’lum texnologiyani ta’minlashda, savdo – tijoratda, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o’tkazishda va boshqa maqsadlarda keng qo’llaniladi. To’g‘ri ishlashi va kafolatli bo’lishini ta’minlash maqsadida, ular vaqt-vaqti bilan massa etalonlari bilan qiyoslanib turiladi. Etalonlar markazida 1 milligramm (mg) dan 30 kilogramm (kg) gacha bulgan etalon tarozi toshlari va etalon tarozi-komparatorlar mavjud. Etalon tarozilarimiz aniqligi 0,1 mikrogramm (mkg) dan 5 mg gacha. Masalan 1kg gacha o’lchovchi etalon tarozimiz atigi 1mikrogrammga xato qiladi-ya’ni etalon tarozida o’lchash bajarilayotganida etalon toshga biror dona chang g‘uborlari tushsa uni etalon tarozi sezadi va ko’rsatishi o’zgaradi. Shuning uchun ham etalon tarozilar va tarozilar toshlarini saqlash sharoitiga, yuqorida aytib o’tilgandek, juda qattiq talablar qo’yiladi. Bitta maqola hajmida hamma etalonlarimiz tug‘risida batafsil ma’lumot berish albatta qiyin. Hozircha qolgan etalonlarning tashqi kurinishi va metrologik xarakteristikalari bilan kifoyalanib qolamiz. (1-3 rasm) Etalonlar markazining hozirga kundagi asosiy yo‘nalishlari: • etalon bazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash; • etalonlarini saqlash; • etalonlarini qo’llash (etalonlardan foydalanib o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrovkalashni bajarish); • eng yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarini yaratish bo’yicha ilmiy-tekshirish va tajriba konstruktorlik ishlarini bajarish; • yuqori va eng yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarining yagona nusxalarini tayyorlash; • etalonlarning mintaqaviy, davlatlararo va halqaro solishtirilishini tashkil qilish va o’tkazish; • kattaliklar birliklarining o’lchamlarini qayta tiklash, saqlash va uzatish sohasida halqaro xamkorlik bo’yicha ishlar bajarish; Etalonlar markazi respublikamizdagi yirik korxonalardan hisoblangan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari, «Uztransgaz», OAO Navoiazot, «AGMK», «NGMK» va shunga o’xshash 30 dan ortiq korxonalar bilan uzluksiz aloqada bo‘lib, o’larning namunaviy o’lchash asboblarini o’zini etalonlariga taqqoslab, foydalanishga yaroqliligini tekshirib kelmoqda. Bundan tashqari yuqorida aytganimizdek «O‘zstandart» agentligi tarkibidagi «Metrologiya xizmatlari kursatish markazi», Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning tarkibiga kiruvchi har bir viloyatning Sinov va Sertifikatlashtirish Markazlarining o’lchash vositalarini qiyoslab bermoqda. Bu tashkilotlar o’z navbatida o’zlarining aniq va namunaviy o’lchash vositalari yordamida tegishli tashkilotlar va korxonalarning o’lchash asboblari yaroqliligini tekshiradilar. Demak respublikamizda biror-bir o’lchashda foydalaniladigan o’lchash asboblari yuq-ki bevosita yo bilvosita O’zbekiston Milliy boshlang‘ich etalonlari yordamida tekshirib turilmasa. Markazdagi etalonlarning o’z navbatida metrologik jihatdan yaroqliligini tasdiqlab turish va ular yordamida bajarilgan sinov o‘lchashlari natijasida beriladigan metrologik attestatlash yoki kalibrovka sertifikatlari boshqa davlatlar uchun ham yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun, etalonlarimiz doimiy ravishda (ko‘pincha yilda bir marta) metrologiya bo‘yicha mintaqaviy tashkilotlar tamonidan tashkil qilinadigan milliy etalonlarni o‘zaro taqqoslashlarda qatnashishi lozim. Bunday taqqoslashlarda faqat o‘sha mintaqaviy metrologik tashkilotlarga a’zo davlatlarning etalonlari qatnashishi mumkin. Buni hisobga olgan holda «O‘zstandart» agentligi Yevro-Osiyo metrologik muassasalarning xamkorligi (KOOMET)ga 2004 yilning Bolgariyaning Albena shahrida KOOMET tashkilotining Hamkorlik Memorandumini imzoladi va shu kundan «O‘zstandart» agentligi KOOMETni haqiqiy a’zosi bo’ldi va bu sohada ham katta ahamiyatga ega ishlar olib borilmoqda. «O‘zstandart» agentligi 2001 yildan Metrologiya bo‘yicha Qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM)ga a’zo. Etalonlar markazi xodimlari metrologiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayorlash va malakasini oshirishda ham o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Bu maqsadda ular Toshkent davlat texnika universitetining «Metrologiya va o’lchash texnikasi» kafedrasi, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining Malaka oshirish markazi xodimlari bilan birgalikda faoliyat kursatmoqda. Etalonlar – har bir davlatning katta boyligi va iftixoridir. Etalonlar nihoyatda qimmat boylik. Shuning uchun bo’lsa kerak Qadimgi Misrda, vafot etgan firavnlarni u dunyoga kuzatayotganda qabrga boshqa qimmatbaho buyumlar bilan bir qatorda uzunlik o‘lchovi (etaloni) nusxasini – «muqaddas tirsak»ni qo‘yganlar. Etalonlar o’lchash aniqligini oshirishda katta ahamiyatga ega. O‘lchashlar aniqligining oshishi esa, ko‘pgina ijobiy natijalarga olib keladi. Jumladan, tibbiyotda kasalga aniq, to‘g‘ri va ishonchli tashxis qo‘yishga, sanoatda mahsulotning sifatli bo‘lishiga, insonlarning xavfsizligini ta’minlashga, fanda kashfiyotga olib keladi. Aksincha o‘lchashlardagi xatolik, ularning darajalarini pastligi ko‘pgina baxtsizliklarga va katta iqtisodiy zararlarga olib keladi. Mamlakat etalon bazasining darajasi oxir oqibatda shu davlat mahsulotlarining dunyo bozorida raqobatbardoshligini, fan rivojini va hattoki davlat mavqeini belgilashini inobatga olib, davlatimiz bu sohada beqiyos kattadan-katta ishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Natijada yuqorida nomlari tilga olingan Etalonlar juda katta mablag‘ evaziga xarid qilindi va hozirgi kunda O’zbekiston etalonlar bazasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib borilyapti. Qiymat oldindan mavjud bo‘lgan massa, uzunlik, vaqt va shu kabi etalonlar bilan taqqoslanib natijani xosil qiladi. XULOSA
Aksincha o‘lchashlardagi xatolik, ularning darajalarini pastligi ko‘pgina baxtsizliklarga va katta iqtisodiy zararlarga olib keladi. Mamlakat etalon bazasining darajasi oxir oqibatda shu davlat mahsulotlarining dunyo bozorida raqobatbardoshligini, fan rivojini va hattoki davlat mavqeini belgilashini inobatga olib, davlatimiz bu sohada beqiyos kattadan-katta ishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Natijada yuqorida nomlari tilga olingan Etalonlar juda katta mablag‘ evaziga xarid qilindi va hozirgi kunda O’zbekiston etalonlar bazasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib borilyapti. Qiymat oldindan mavjud bo‘lgan Download 28.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling