Ethernet tarmoq tuzilmasi


Token Ring texnologiyasi. Token Ring texnologiyasining asosiy xususiyatlari va uning tarkibiga kiruvchi maxsus vositalar


Download 177.44 Kb.
bet5/10
Sana08.01.2022
Hajmi177.44 Kb.
#242617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Token Ring texnologiyasi. Token Ring texnologiyasining asosiy xususiyatlari va uning tarkibiga kiruvchi maxsus vositalar.



Token Ring tarmoqlarini, Ethernet tarmoqlari singari, ma’lumotlar uzatishning ajratilgan muxiti xarakterlaydi, bunday xolda u barcha tarmoq stantsiyalarini aylanaga birloshtirgan kabel kesmalaridan iborat bo’ladi. Aylana umumiy ajratilgan resurs xisoblanib, unga kirish uchun Ethernet tarmoqlardagi kabi tasodifiy emas, balki determinlashgan, stantsiyalarga aylanani ma’lum bir tartibda ishlatish xuquqini uzatishga asoslangan algoritm talab qilinadi. Bu xuquq marker yoki token (token) maxsus format kadri yordamida uzatiladi.

Token Ring texnologiyasi IBM kompaniyasi tomonidan 1984 yili ishlab chiqilgan, so’ngra standart loyixa sifatida IEEE 802.5 qumitasiga topshirilgan, u esa uning asosida 1985 yili 802.5 standartini qabul qilgan.

Token Ring tarmoqlari ikkita bitli – 4 va 16 Mbit/s tezliklarda ishlaydi. Bir aylanada turli tezliklarda ishlovchi stantsiyalarning aralashtirilishiga yo’l qo’yilmaydi. 16 Mbit/s tezlikda ishlovchi Token Ring tarmoqlari erkin foydalanish algoritmlarida 4 Mbit/s li standartga nisbatan ayrim mukammallashtirishlarga ega.

Token Ring texnologiyalari Ethernetga nisbatan murakkabroq texnologiya xisoblanadi. U inkor qilish turg’unlik xususiyatlarga ega. Token Ring tarmog’ida aylanasimon strukturali teskari aloqani – jo’natilgan kadr doimo jo’natuvchi stantsiyaga qaytib keladi ­ ishlatuvchi tarmoq ishini nazorat qilish protseduralari aniqlangan. Ayrim xollarda tarmoq ishida aniqlangan xatoliklar avtomatik tarzda bartaraf etiladi, masalan, yo’qotilgan marker qayta tiklanishi mumkin. Boshqa xollarda xatoliklar faqat ro’yxatga olinadi, ularni bartaraf etish esa xizmat etuvchi personallar tomonidan qo’lda amalga oshiriladi.

Tarmoq nazorati uchun stantsiyalarning biri aktiv monitor deb ataluvchi rolni bajaradi. Aktiv monitor aylanani initsiallash ­ maksimal MAS­manzil qiymatli stantsiyani aniqlash paytida tanlanadi. Agar aktiv monitor ishdan chiqsa, aylanani initsiallash protsedurasi qaytariladi va yangi aktiv monitor tanlanadi. Tarmoq aktiv monitorni inkorini aniqlashi uchun, u ishchi xolatda xar 3 soniyada maxsus o’z ishtirok kadrini generatsiyalaydi. Agar bu kadr tarmoqda 7 soniyadan ortiq vaqt paydo bo’lmasa, u xolda qolgan stantsiyalar yangi aktiv monitorni tanlash protsedurasini boshlaydi.


Download 177.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling