Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati. Reja


Download 113.5 Kb.
bet6/10
Sana05.01.2022
Hajmi113.5 Kb.
#224933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati.

Stoiklar nuqtai nazaridan axloq olamiy kosmos qonun bilan olamiy aqlning tarkibiy qismidir. Axloqqa muvofiq yashash ommaviy qonun bilan kelishib yashash, demakdir. Tabiiy olam tartiboti aqlga, maqsadga muvofiq bo‘lgani kabi shu olam tartibotining bir qismi bilan odam tabiati ham aqlga muvofiqdir. Lekin bu mukammal holat faqat donishmandlargagina ayon bo‘ladi. Demak, odam dono va axloqli bo‘lmog‘i uchun o‘zini doimo tarbiyalab bormog‘i lozim.

Faqat axloqiy mukammal shaxsgina tashqi muhitning axloqiyligiga hamisha qarshi turishi mumkin. Ularning fikricha tabiatda hamma narsa bir-birini taqozo qiladi va oldindan belgilangan, olamda muqarrar zaruriyat hukmron. Shu sababli odam mutloqo bee’tiroz unga bo‘ysunmog‘i lozim. Aks holda u o‘z hatti-harakatlari va intilishlari asoratiga to‘shadi va o‘zining ichki erkinligidan mahrum bo‘lib azobga duchor bo‘ladi. Odam faqat o‘zining ruhiy dunyosini o‘zgartirishi, uni mukammallashtirishi va shu yo‘l bilan erkinlikni qo‘lga kiritishi lozim.




Download 113.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling