Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati
Download 0.49 Mb.
|
Falsafa 6-mavzu
Gretsiyada Aristipp axloqshunoslikning muxlislari bo‘lgan va huzur-halovatni oliy saodat deb hisoblagan kishilar gedoniklar deb atalgan. Hozirgi zamon burjua nazariyalarida gedonizm odatda faqat metodologik prinsip yaxshilikni ta’riflash usuli sifatidagina mavjuddir. Bugungi kunda axloqshunoslik olimlarining ko‘pchiligi yaxshilikni huzur-halovat orqali ta’riflashni axloq problemalarni qo‘pol sayqallashtirish va vulgarlashtirish deb hisoblamoqdalar. Asketizm (grekcha askeo – Mashq qilayotibman) – zohidlik – dunyoning huzur-halovatidan o‘zini haddan-tashqari tiyish yoki diniy kamolotga erishish uchun noz-ne’matlardan nihoyat darajada voz kechish bilan xarakterlanuvchi prinsip. Dastlabki vaqtlarda, qadimgi Gretsiyada asketizm ezgulik fazilatini mashq qilish deb atalgan. Asketizm qadimgi Sharq diniy ta’limotlarida keyin esa Pifagor ta’limotida nazariy jihatdan asoslab berilgan. Ilk xristianlikda umrini halovatdan va riyozatdan, ro‘za tutib va namoz zohid) deb atalgan. Reformastiya davrida asketizmning ilk xristianlik va o‘rta asrchilik ideali o‘zgardi. Protestantizm «dunyoviy asketizm» talabini ilgari surdi. Ilk dehqon va proletar harakatlari asketizmga da’vat qilgan edilar. Bu, hukmron sinfini zeb-ziynat ichida va bekorchilik bilan yashashiga qarshi norozilik formasi edi. Keyinchalik axloqshunoslik ilmida asketizmni aqlga to‘g‘ri kelmaydigan va oqlab bo‘lmaydigan fidoiylik deb, axloqiy kamolot haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarning natijasi deb qaraldi.
Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling