Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me'yorlari
Download 302.5 Kb.
|
Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me\'yorlari.
Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U vijdon, e’tiqod mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Hayotda insonning har bir hatti-harakati zamirida burch tushunchasi – burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi. Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, farzandlik burchi singari keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, doirasidagi tushunchalari ham mavjud. Burch tushunchasining o‘ziga xos jihatlardan yana biri – uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati. Burch shaxsning ko‘pgina mayl-istaklariga qarshi boradi: uni huzur- halovatdan, turmush lazzatlaridan mahrum etadi.
Mezoniy tushunchalardan yana biri - or-nomus va qadr-qimmatdir. Or-nomus va qadr-qimmat eng yuqori insoniy fazilatlardir. Ularsiz hayot ma’nosini yo‘qotadi, deb hisoblaydilar. «o‘z-o‘zini o‘ldirish or-nomus va qadr-qimmatsiz yashashdan ko‘ra afzalrokdir». «Inson tug‘ilsa yoki o‘lsa, o‘z pullaridan, uyidan mahrum bo‘lsa, bu ayanchli emas, chunki bularning hammasi insonga xos emasdir.
Download 302.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling