Etiket va uning xususiyatlari
Download 26.67 Kb.
|
1.1. Etiket va uning xususiyatlari
Suhbatlashish etiketi
Etiket bo‘yicha muomala qilishni bilish – avvalambor, suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud. Suhbatlashish muomala madaniyatini shakllantirishning muhim vositalaridan biri sanaladi. Har qanday suhbat avvalo ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbatlashish orqali insonlar bir-birlari bilan muloqotga kirishadilar, bir-birlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar, bir-birlarini tushunib boradilar, shu bilan birga, muomala madaniyatdagi ayrim bo‘shliqlarni to‘ldiradilar. Suhbatdoshning gapini bo‘lmasdan uni oxirigacha tinglay olish muhim xususiyatdir. Zero diqqat va sabrtoqat bilan eshita olish qobiliyati suhbatdoshga nisbatan hamdardlik, layoqatlilik, xayrixohlikni ko‘rsatadi. Lekin bu qobiliyat faqatgina tug‘ma xususiyat kasb etmaydi – har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarining tarbiyasida mujassam etib, takomillashtirishi mumkin. Bunda axloqiy tarbiya – axloqiy me’yorlar katta ahamiyat kasb etadi. Suhbat olib borish mahoratini o‘rganish mumkin, buning uchun qadimgi notiqlar kabi sizga zarur bo‘lgan bilimlarni egallash lozim. Ammo bu degani do‘stona uchrashuvlarni notiqlik san’ati bo‘yicha musobaqaga aylantirish shart degani emas. Har kimga ham aqlli gaplarni osonlik bilan yetkazish qobiliyati berilmaydi. Suhbat san’atida sergaplikka yo‘l qo‘ymay, mashq qilish lozim, hamsuhbat ruhiyatini hisobga olish kerak va bu yyetarli darajadagi tajribani talab qiluvchi faoliyatdir. Avvalambor, biz o‘z “men”lashimizdan qochishimiz lozim. O‘z shaxsiyligini berkitib, o‘zgalarning qiziqishiga e’tibor bermoq – bu har bir suhbatning asosiy afzalligidir. Yaxshi ohang suhbatdoshiga ko‘ngilsiz yoki uni tushkunlikka tushiradigan suhbatlardan qochishni talab qiladi. Jamoatga yoqish uchun suhbatdoshingizga yaqin bo‘lgan va uni ko‘proq qiziqtiradigan suhbat mavzularini tanlashingiz lozim. Jamiyatning yoqimsiz a’zolariga doimo hamma narsadan noliyveradigan va ayb qidiraveradigan odamlar kiradi. Ammo muloqot qilish me’yori va tajribasiga ega haqiqiy tarbiyali inson hamisha o‘z talabalari darajasida kamtarin, mulohazalarida esa notakabbur va bag‘ri kengdir. Agar jamoat sizga notanish bo‘lsa, suhbatda mavjud odamlar borasida gaplashmagingiz ma’qul, avval ularning o‘zaro munosabatlarini kuzatib, shu asosda biron – bir narsa deyish mumkin. So‘z – bu o‘zingizga qarshi qurolga aylanuvchi kuchdir. Yaqin kishini ayblashdan oldin, o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Hasadgo‘ylik – eng yomon illat. U barcha axloqiy xususiyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Mardlik yoki ochiqlik bahonasida ko‘rolmaslik hissini ochiqchasiga ko‘rsatishni odat qilgan kishiga bo‘lgan munosabat hech qachon ijobiy o‘zgarish kasb etmaydi. Bu faqat munosabatlarning yomonlashishiga olib keladi. Bundan hech kim yaxshi natijaga erishmaydi. Atrofdagilar uchun notanish bo‘lgan tilda biror – bir odam bilan suhbatlashish – madaniyatsizlikdir. Suhbatdagi har bir so‘z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo‘lmog‘i lozim. Agar sizning nutqingizni tinglayotgan odam biror – bir so‘zni qaytarish uchun gapingizni bo‘lsa, tez orada suhbatdosh sizga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi, 19 deganini anglatadi. Bunda nutq o‘ta baland ohangda bo‘lmasligi lozim, aks holda, o‘zni noqulay axvolga solib qo‘yish mumkin. Sizning suhbatingizga uchinchi suhbatdosh qo‘shilsa-yu, mavzu esa o‘ta nozik xususiyat kasb etsa, o‘zingizni iltifotli va xushmuomalik jihatdan ko‘rsatganingiz ma’qul. Jamoatda barcha narsalar haqida gap ketadi, savollar chuqurlashib ketmaydi, bir narsa har taraflama ko‘rib chiqilmaydi, balki qisqacha mulohaza yuritiladi, ammo yuzaki emas. Boshqalar bilan gaplashish istagi borligini yoki suhbat zerikali ekanligini ko‘rsatmaslik lozim. Suhbat chog‘ida atrofga alanglab, qo‘lga tushgan biron narsani o‘ynab yoki soatga qarayverish suhbatdoshga hurmatsizlikdir. Suhbat chog‘ida o‘zini ko‘klarga ko‘tarib, o‘z faoliyati, izlanishlari, mulki, o‘z tanishlari doirasi bilan yoki kimningdir ismini ro‘kach qilish bilan maqtanish yaxshi emas – bunday iboralar suhbatdosh aqlining qanchalik tor ekanligidan guvohlik beradi. Munozara qilinayotgan muammolar doirasi keng bo‘lishi mumkin, biroq nima bo‘lganda ham o‘zingizni ishonchli his qiladigan, o‘zingizga mos bo‘lgan mavzularda suhbat olib borishingiz maqsadga muvofiqdir. Download 26.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling