14-bob. Yakunlovchi qoidalar 88.
Universitetda
ta’lim olishning to‘lov qiymati O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
89. Fanlar bo‘yicha qayta ta’lim olish uchun to‘lov qiymati Universitet
tomonidan butun o‘quv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda
belgilanadi. Qayta ta’lim olish uchun to‘lov mexanizmi Universitet tomonidan bir
kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi. Bir kredit qiymati o‘quv yili
davomidagi ta’lim olish uchun to‘lanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini
rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
90. Talaba Universitet ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan taqdirda,
unga akademik darajasini tasdiqlaydigan diplom beriladi.
91. Mazkur Akademik qoidalarda belgilangan masalalar bo’yicha kelib
chiqadigan nizolar Universitet Kengashida hal qilinadi.
Akademik qoidalarga o’zgartirish va qo’shimchalar Universitet Kengashi
tomonida kiritilishi mumkin.
92. Akademik qoidalarda ta’lim jarayoniga oid nazarda tutilmagan
munosabatlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
tartibga solinadi.
Mazkur Akademik qoidalar Buxoro davlat universiteti Kengashining 2021 yil 4 martdagi 12-sonli kengaytirilgan majlisida muhokama qilingan va ma’qullangan.
Talim jarayonini tashkil etish va talabalar bilimini nazorat qilish tartibi to’g’risidagi akademik qoidalarga 1-ILOVA Talabaning shaxsiy ta'lim trayektoriyasi