Etmak, bex Allochrusa gypsophiloides Regel (Колючелистник качимовидный) o ‘simlik tavsifi


Download 213.67 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi213.67 Kb.
#1414769
Bog'liq
Etmak bex 11


Etmak, bex - Allochrusa gypsophiloides Regel
(Колючелистник качимовидный)
O ‘simlik tavsifi: Etmak (bex) – Allochrusa gypsophiloides (Regel) Schischk. Caryophyllaceae oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Poyasi kuchli shoxlangan, qisqa tuklangan yoki silliq. Poyalarining ko p sonli shoxlanishi tufayli o’simlik sharsimon shaklga ega, balandligi va diametri deyarli bir xil 70-80 sm ga yetadi. Barglari qarama-qarshi bo’lib, uzunligi 3 sm gacha va eni 0,5 sm gacha, tekis, deyarli chiziqli yoki chiziqli-lansetsimon, uchi o’tkirlashgan. Gulyonbarglar qarama-qarshi, bigizsimon, silliq, kosachabarglardan 2-3 baravar kaltaroq. Gullari poyalar va novdalarning uchki qismida bo’sh, ayrisimon-shoxlangan, keng ro’vak to’pgullarda joylashgan. To’pgulning har bir ayri qismidagi o’rta gullari deyarli o’troq, qolgan 2 tasi uzun ipsimon gulbandli. Kosachabarglari besh bargli, silindrsimon, silliq, uzunligi 2 mm ga yaqin; 5 ta pushti gultojibarglardan iborat, tugunchasi bir uyali, changchilari 10 ta. Mevasi – yaxshi ochilmaydigan, pardasimon, 1-2 urug’li kosachabarglari saqlangan ko’sakdan iborat. Urug’lari och jigarrang, deyarli sharsimon, yon tomonlaridan biroz yassilangan, avgust oyining boshlarida pishadi, ammo kuzgacha to’kilmaydi. Ildizi o’q ildiz, ba‟zan urchuqsimon, buralgan, uzunligi 2 m gacha va undan ortiq, vazni 12 kg gacha. O’q ildizidan bir nechta marta shoxlangan yon ildizlar tarqaladi. Etmak ildizlari qazib olingandan keyin qayta tiklanish qobiliyatiga ega emas, shuning uchun xom ashyo yig’ilgandan so’ng bu o’simlikning tabiiy zich o’sish maydonlari qayta tiklanmaydi.
O‘sish joyi va tarqalishi: Etmak faqat O’rta Osiyo tog’larida quyi tog’ mintaqasidan o’rta tog’ mintaqasigacha uchraydi. Janubda u Hisor tizmasida tarqalgan. Sharqiy chegara G’arbiy Tiyon-Shon bo’ylab, g’arbiy chegara esa tog’li Turkmaniston
bo’ylab o’tadi. Etmakning zich o’sgan maydonlari asosan efemer o’simliklari, vegetatsiyasi uzoq davom etuvchi chuqur ildizli ko’p yillik o’simliklar va yarim butalar jamoalarida, quyi tog’ va o’rta tog’ mintaqalarida o’tloq-dasht va daraxt-buta o’simliklari orasida uchraydi..
Kimyoviy tarkibi: Ildizlarda 10-30% triterpen saponinlari mavjud bo’lib, ulardan gipsogenin, akantofillazid V va akantofillazid S glikozidlari ajratib olingan. O’simlikning yer usti qismlarida ham ko’plab saponinlar mavjud. Mahalliy aholi ko’pincha ildizidan «nishollo» shirinligini tayyorlashda foydalaniladi – go’yoki qalin ko’pikli oq suyuqlik insonga quvvat beruvchi vosita deb hisoblaniladi.
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Etmak xom ashyosi (bex) oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish, mo’ynachilik, to’qimachilik, bo’yoq va parfyumeriya sanoatida qo’llaniladi. Xalq tabobatida ildiz damlamasi bronxit va boshqa nafas yo’llari kasalliklarini balg’am ko’chiruvchi sifatida, o’t haydovchi, siydik haydovchi, ich suruvchi vosita sifatida qo’llaniladi (1 choy qoshiq maydalangan ildiz ustiga bir stakan sovutilgan qaynatilgan suv quyiladi, 8-10 soat damlanadi va kun davomida ichiladi).
Etmak qaynatmasi sovun kabi ko’piklanganligi sababli o’simlik kundalik hayotda «sovunli ildiz» deb nomlanadi. Ba‟zida oshqozonichak, teri (piodermiya, ekzema, furunkullarda, tangasimon lishayda), siydik-tanosil va taloq, jigar, buyrak kasalliklarida va moddalar almashinuvi buzilganda ildizlari choy sifatida damlanib ichiladi. O’simlikning yer usti qismining damlamasi ich suruvchi va balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Biroq so’nggi yillarda etmakning zich o’sgan maydonlari sezilarli darajada qisqarganligi bu turni O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritish uchun asos bo’lgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. Акопов И.Э. Важнейшие отечественные лекарственные растения и их применение. – Ташкент: Медицина, 1990. – 446 с.

  2. Алимбаева П.К., Гончарова А.В. Дикорастущие лекарственные растения Киргизии. – Фрунзе: Илим, 1971. – 98 с.

  3. Атлас ареалов и ресурсов лекарственных растений. – М.: ГУГК, 1983. – 340 с.

  4. Биологические особенности и распространение перспективных лекарственных растений //Под редакцией Т.А.Адылова. – Ташкент: Фан, 1981. –158 с.

  5. Биологически активные вещества растительного происхождения.

Б.Н.Головкин, Р.Н.Руденская, И.А.Трофимова, А.И.Шретер – в 3 томах. М.: Изд-во Наука, 2001. – 764 с.

  1. Ботанико-фармакогностический словарь // Под ред. Блиновой К.Ф. – М.: Высшая школа, 1990. – 272 с.

Download 213.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling