Etnologiya uzb


Kavkaz  xalqlari  etnogenezida


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/141
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#226289
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   141
Kavkaz  xalqlari  etnogenezida  Ozarbayjon  (ozariy)larning  kelib  chiqish  sabablari  ancha 
murakkab. Wtgan asrning 80-yillarida (asosan, wz respublikasida, qwshni Gruziya, Armaniston va 
Dog`istonda)  6,3  mln.ga  yaqin  ozarbayjon  yashagan  bwlsa,  Shimoliy  Egorda  5,6  mln.  ozarbayjon 
borligi  qayod  etilgan.  Miloddan  avvalgi  ikkinchi  ming  yilliklarda  hozirgi  Ozarbayjonning  janubiy 
hududlari qadimgi eroniy tillarda gapiradigan aholiga ega Midiya davlatiga kirgan. Shimoliy qismi 
esa  qadimgi  kavkaz  tillarida  gapiruvchi  turli  qabilalardan  iborat  Albaniya  davlati  qaramog`ida 
bwlgan.  Wsha  davlatlarda  mazkur  hududlarga  bosib  kirgan  eroniy  va  turkiy  tillarda  gaplashuvchi 
kiimeriylar,  skiflar,  gunnlar,  bulg`orlar,  xazarlar,  wg`wzlar,  pachanaklar  mahalliy  qabilalar  bilan 
aralashib  ketganlar.  Midiya  inqirozga  uchragandan  keyin  uning  xarobalarida  Atropaten  davlati 
paydo bwladi.  
Dog`iston  ham  qadimiy  kavkaz  tilida  gapiradigan  tub  aholiga  ega,  etnik  jihatdan  eng  kwp 
millatli  hududga  kiradi.  Bu  erda  yaqin  davlartlargacha  30  ga  yaqin  turli  xalqlar  yashagan.  Usha 
katta  bwlmagan  hududda  bunday  kwp  sonli  elatlarning  paydo  bwlishining  asosiy  sababi 
Dog`istonning  geografik jihatdan ajralgan holda  baland tog`lar orasida joylashganligidir. Shu bois 
wziga xos turmush tarzi, tili va madaniyati saqlangan. 
Kavkazda  eng  qadimiy  davrdan  boshlab  yuksak  madaniyat  paydo  bwlgan.  Bu  erda 
dehqonchilik  miloddan  avvalgi  III  ming  yillikda  boshlanib,  sun`iy  sug`orishga  II  ming  yillikda 
wtilgan.  Dastlab  u  Kavkazortida,  keyin  Shimoliy  Kavkazda  tarqalgan,  suli,  bug`doy,  arpa, 
keyinchalik sholi va makka ekilgan. Ekinlar hududlarga qarab  farq qilgan. Masalan, abxaz-adigay 
xalqlari suli, Shimoliy Kavkaz va Sharqiy Gruziyada bug`doy, Janubiy Ozarbayjonda sholi kwproq 
ekilgan.  Bwg`doychilik  va  uzumchilik  ham  qadimiy  davrlarda  paydo  bwlgan.  Dehqonchilik  bilan 
bir  qatorda  chorvachilik  rivojlanib  borgan.  Chorvachilik  ayniqsa  baland  tog`  yaylovlarini 
egallagandan  keyin  juda  keng  tarqalgan.  Dehqonchilik  texnikasi  ancha  sodda,  asosan,  temir  tishli 
yog`och omoch, mola va wroqdan iborat bwlgan. Ba`zi tog`liklar sun`iy ravishda savat bilan tuproq 
tashib  ekin  ekkanlar.  Gruziya  va  Ozarbayjonda  pillachilik  va  asalarichilik  ham  azaldan  muhim 
xwjalik sohasi hisoblangan. 


 
101 
 
Odatda Kavkaz xalqlarining madaniyati uchta wziga xos hududga bwlib ta`riflanadi. Masalan, 
Shimoliy  Kavkaz  xalqlari  (adigeylar,  osetinlar,  bolqarlar  va  qorachayliklar)  umumiy  madaniy 
birligi bilan bir oz ajralib turadi. Dog`iston xalqlari, chechen-ingushiya wziga xos madaniy hududni 
tashkil qiladi. Kavkazortida Ozarbayjon, Armaniston, Sharqiy va G`arbiy Gruziya maxsus madaniy 
hududlar sifatida ajratilgan. 
Wtgan  asrda  shahar  va  qishloqlar  butunlay  boshqa  qiyofaga  ega  bwlgan.  Endi  ilgarigi  turli-
tuman  uylar  wrniga  tosh  va  g`ishtdan  tiklangan  hashamatli  binolar,  obodonlashgan  qishloqlar 
paydo bwldi. Umumiy Kavkaz xalqlaridagi qurilish usuli bir necha xonali, oldi oyvonli ikki qavatli 
chiroyli  bezatilgan  uylar  tiklashdan  iborat.  Elektrlashtirilgan,  vodoprovod  wtkazilgan  zamonaviy 
qishloqlarni  jamoat  inshootlari,  klub  va  magazin,  dorixona  va  shifoxona,  maktab  va  oshxonalar 
bezab turibdi. Faqat G`arbiy Gruziya va Abaxaziyada an`naviy ustunga wrnatilgan uylar saqlangan. 
Hamma erda meva va manzarali daraxtlar, chiroyli gullar wtkazilgan. 
Kavkazorti  xalqlarining  kiyimlari  Shimoliy  Kavkaz  xalqlarinikidan  farq  qilgan.  Ularda, 
ayniqsa,  arman  va  ozarbayjonlarda  Old  Osiyo  xalqlarining  kiyimlariga  wxshash  belgilari  ancha 
kuchli.  Bu  erda  ham  cherkeska  milliy  kiyimga  aylangan.  Hozir  adigey  kiyim  (cherkeska)  va 
ayollarning milliy kiyimlari asosan, havaskor twgaragida saqlangan. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling