Kavkazda asosan, ikki din – nasroniylik va islom hukmronlik qilgan. Nasroniy dini bu erga
milodning birinchi asrlarida Vizantiyadan tarqala boshlagan. Uni dastlab armanlar va gruzinlar
qabul qilganlar. Islom dini esa VIII asrlardan arab istilosi davridan boshlab kirib keladi va
saljuqiylarning bosib kirishi bilan mustahkamlanadi. U Ozarbayjon, Dog`iston va Abxaz xalqlari
orasida keng tarqalgan. Ozarbayjonlar asosan, shia mazhabiga, qolganlari esa sunna mazhabiga
wtganlar. Ammo kavkazliklarning hayotida ibtidoiy diniy e`tiqodlar – wtga va temirga, tabiat
kuchlariga va wsimlik dunyosiga sig`inih kuchli bwlgan.
Kavkaz xalqlarining fol`klori ham rang-barang va juda boy. Asrlar davomida ijod qilib
kelingan epik rivoyatlar, qahramonlik doston va ertaklari, masallari uzoq tarixiy voqealarni,
maishiy turmush madaniyatining turli tomonlarini har xil sujet va janrlar orqali jonli tasvirlaydiyu
Gruzinlarning Amirani haqqidagi qahramonlik eposi shahzoda Abesalom va chwpon qiz Eteri
orasidagi tragedik muhabbat dostoni, armanlarning «Sosun bahodirlari» yoki «David Sosunskiy»
nomli ozodlik uchun kurashni kuylovchi eposi sevimli fol`klor asarlaridir. Xal orzularini
ifodalovchi ashula va raqslar kishini mavtun qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |