Etnologiya uzb
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Etnik qiyofasi- Hozirgi Afrika xalqlarining etnogenezi uning tarixini bilmaguncha twg`ri
tasavvur qilish mumkin emas. Ayrim afrikashunoslar qit`aning mustahkam tarixiy taraqqiyotini 111 inkor qiladilar, mahalliy aholi mustamlaka davrigacha ijtimoiy taraqqiyotga noqobil bwlgan deb aytadilar. Ba`zilar Afrika tarixini faqat tashqaridan kelgan bir qancha twlqindan iborat madaniyat hisoblab, shuning uchun mahalliy xalqlar umuman turg`unlikka hukm qilingan, deb ta`riflaydilar. Ammo ularning aksi wlaroq, Stenford universiteti olimlari tomonidan aniqlangan odam gnomi afrikalik ekanligi va umuman bashariyat qora qit`adan er yuziga tarqalganligi bu munosabatlarni keskin, qarama-qarshi qutbga wzgartirib yubordi. Qolavesa, swnggi yillarda qilingan arxeologik kashfiyotlar Afrika tarixining uzoq wtmishiga oid katta bir davrni oydinlashtirib berdi. Avvaliga Janubiy va Sharqiy Afrikada avstralopiteklar yashaganligi aniqlanib, qit`a qadimiy odamning vatani ekanligi tasdiqlandi. Ilk paleolit davriga oid ibtidoiy makonlar Luis Liki va keyinchalik uning wg`li tomonidan Tanzaniyada Olduvay jarligida topilganligi. Efopiyada Chad va Rudolf kwllari atrofida, Janubiy Afrikada 60-yillardan keyin qilingan kashfiyotlar Afrika qit`asida eramizdan avvalgi X ming yilliklardan boshlab yuksak adaniyat yaratilganligini isbotlab berdi. Olduvay, Stellenbosh va boshqa madaniyatlar antropologik ma`lumotlar bilan birga, qit`aning sharqiy va janubiy qismida qadimiy tosh davrida keng hududda ancha takomillashgan tosh qurollar yaratgan va qoyalarga har xil rasmlar yasagan kwp sonli aholi yashaganligini aniq tasdiqlagan edi. Neolit davriga kelib (taxminan eramizdan avvalgi V-I ming yilliklar) Shimoliy va Markaziy Misrda, Sudanda, Saxara markazida, Sharqiy Afrikaning ba`zi hududlarida, senegal va Kongo vohalarida, hozirgi Nigeriya hududida yangi xwjalik faoliyati, ya`ni dehqonchilik va chorvachilik shakllanib wrtoq holatga kwchish rwy beradi. Mezolit va neolit davrida hozirgi tillar ham asosan, shakllanib tugagan. Misrliklar qwshni elatlar twg`risida muhim ma`lumotlar qoldirgan. Yozma manbalar Nilning g`arbiy qismida oq tanli liviya qabilalari, wrta oqimida kush (keyin Nubiya) mamlakatida jigarrang tanli kushitlar, yuqori qismida qora tanli nilotlar va janubroqdagi Punt mamlakatidagi negroidlar haqida xabar berib, Afrikaning irqiy tuzilishi qadimdan turli ekanligini isbotlaydi. Afrika qit`asida miloddan avvalgi III-II ming yilliklarda muhim geologik wzgarishlar rwy bergan. Wsha davrda Saxarada qurg`oqchilik paydo bwlib, ulkan hududdan butun elat va xalqlarni kwchishga majbur qilgan. Oqibatda Saxaradan janubda Shimoliy Afrika mamlakatlaridan, chunonchi, Misrdan farq qiladigan yangi bir wziga xos madaniyat shakllana bolaydi. Nigeriya va Benue daryosining shimolida paydo bwlgan nok madaniyati vakillari (miloddan avvalgi IX milodning II asrlari) temir va boshqa metallarni ishlab chiqarishni bilgan va dastlabki temir qurollarini yasaganlar. Temir eritish va undan foydalanish Afrika xalqlarining ijtimoiy taraqqiyotida muhim ro wynagan edi. Daryo vodiylaridagi aholi bilan savanna qabilalari orasidagi savdo-sotiqning kwpayishi, katta savdo ywllarida va charrahalarida shaharlarning va savdo markazlarning paydo bwlishi, shu asosda ijtimoiy mehnat taqsimotining yuzaga kelishi va Saxaraning janubidagi boshqa davlatlarning shakllanishiga sezilarli ta`sir wtkazgan edi. Milodning VIII-IX asrlariga kelib, tropik Afrikada sinfiy tuzum munosabatlariga asoslangan bir necha yirik davlatlar shakllanib XVI asrlargacha rivojlanib kelgan. Shulardan arab sayyohlari, mahalliy solnomalar, ilk portugal tadqiqotchilari va juda kwp og`zaki rivoyatlarda tilga olingan yirik davlat birikmalari Gana, Mali, Songay, Dagomeya, Xausan shahar-davlatlari, G`arbiy va Markaziy Sudandagi Kanem – Bornu, Benin, Gvineya sohilidagi Yuqori davlati, qadimgi Kongo va Efiopiya davlatlari, Sharqiy Afrika qirg`og`idagi shahar-davlatlar, afsonaviy Mvena Mutapa (Monopotama) podsholigi va Zimbabve davlatlarini sanash mumkin. Ular ancha rivojlangan ishlab chiqarish kushlariga ega bwlgan ijtimoiy mulk va yuksak madaniyat yaratganlar. Muayyan davrlargacha Afrika davlatlarining eng taraqqiy qilgan qismlari jahon tarixi bilan qodambaqadam, teng rivojlanib ijtimoiy taraqqiyotga munosib hissani qwshib kelganlar. Hattoki, qit`a mustamlaka qilinganidan keyin ham bu erda XVIII-XIX asrlarda bir necha feodal davlatlar (Fulbe va Tukulyara 112 teokratik davlatlari, Ruanda, Buganda, Burundi) va qabilaviy ittifoqlar (zulu, matabele) paydo bwlgan edi. Demak, Afrika xalqlari qadimiy davrlardan to hozirgacha ijtimoiy taraqqiyotdan chekkada qolmay, tadrijiy rivojlanishda bwlganlar. Ammo keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy ancha orqada qolb ketishiga mustamlakachilarning zulm va ta`qibga qurilgan siyosati, qul savdosi va quldorlik sabab bwlgan. Ayrim mamlakatlarning va elatlarning ibtidoiy va ilk feodalizm darajasida saqlanib qolishida boshqa wlkalardagi singari ob`ektiv v sub`ektiv omillar ham ta`sir qilgan. Mustamlaka arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida turganlar, yuksak madaniyat yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar ham mavjud edi. Afrika qit`asini mustamlakachilar tomonidan bosib olinishi XV asr oxirlaridan boshlanadi. Bu davrda kelgindi evropaliklar bilan mahalliy aholi wrtasida madaniy tafovut uncha sezilmagan. Eng fojiali voqealar keyingi asrdan boshlangan. Dastlabki sarmoya jamg`arish natijasida XVI asr boshlarida keng miqyosda avj olgan qul savdosi G`arbiy va Janubiy Afrika xalqlarining tarixiy taraqqiyotini twxtatibgina qolmay, balki bir necha asrlar orqaga itqitib tashlagan edi. Avval portugaliyaliklar, keyin Angliya, Gollandiya va Frantsiya qit`a wlkalarining ochiqdan-ochiq barcha boyliklarining yirtqichlarcha talon-taroj qilganlar, og`ir soliqlar solganlar va minglab kishilarni zwrlab olib ketib, qul qilib sotganlar. Ayrim wlkalarda, ayniqsa, Gvineya sohillarida, Kongo quyi oqimida va Angolada qul savdosi natijasida aholisi kamayib, xwjaligi va siyosiy-iqtisodiy hayoti turg`unlik va vayronalikka mahkum qilingan, ba`zi obod wlkalar butunlay xarobaga aylangan. Quldorlik tufayli vafot etgan va Amerikaga olib kelingan kishilarning soni 100 mln.dan ortiq bwlgan. Qit`adagi mustamlakachiliklarga qarshi urushlar, chiki ziddiyat va kurashlar ham minglab afrikaliklarning yostig`ini quritgan va ilgari gullab yotgan qudratli davlatlarning inqirozini kuchaytirgan edi. Mazkur hodisalar Afrika xalqlarining Evropadan madaniy jihatdan orqada qolishining asosiy sabablaridir. Chidab bwlmaydigan jabr-zulm va talon-taroj keltirgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurashga wtgan Afrika xalqlari, ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyin juda katta muvaffaqiyatlarni qwlga kiritib, wz taqdirlarini qwllariga ola boshlagan. Hozir qit`aning kwpchilik qismi mustaqil va ozod davlatlardan iborat. Afrika qit`asining etnik tuzilishini bir necha tarixiy-madaniy viloyatlarga bwlib wrganiladi. Ular keng hududlarda jiylashgan, ammo etnografik jihatdan umumiy birlikka ega bwlgan mintaqalardan iborat. Swnggi klassifikatsiyaga asoslanib butun qit`a aholisi tabiiy sharoiti, etnik qiyofasi, tarixiy taqdiri va ijtimoiy-iqtisodiy darajasi jihatdan Shimoliy Afrika, G`arbiy va Markaziy Afrika, Sharqiy va Janubiy Afrika xalqlariga bwlingan. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling