Etnologiya uzb
Melaneziya va Mikroneziya xalqlari
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Melaneziya va Mikroneziya xalqlari:«Qora orollar» deb atalgan Melaneziyaga papuaslar
wlkasi – Yangi Gvineya, Birmark arxipelagi, Yangi Gebrid, Fidji, Yangi Kaledoniya va boshqa mayda orollar kiradi. Mustamlaka arafasida papuaslar va melanehiyaliklar xwjalik jihatdan deyarli 68 bir darajada turganlar. Ularning xwjaligida eng bosh soha topik tipdagi qashshoq bwlganligi tufayli ovchilik deyarli rivojlanmagan. Melaneziyaliklarning asosiy qurollaridan toshbolta, nayza, choqmor, wq-yoy (Yangi Gebrid orollarida eng muhim qurol), palaxmon kabilar keng tarqalgan. Mudofaa uchun ba`zan yog`och yoki twqima qalqon ham ishlatilgan. Idish-tovoqlarni yag`och va bambukdan, kokos yong`og`idan yoki qovoqdan yasaganlar. Charxsiz kulolchilik, savat, bwyra, xalta, yelpig`ich, kabi buyumlarni twqish keng rivojlangan. Ammo gazlama twqishni bilmaganlar, tapa (maxsus daraxt qobig`i)dan va wsimlik yaprog`idan etakli belbog` va hokazo tikilgan. Melaneziyada patriarxal quldorlik paydo bwlgan. Qullar harbiy asirlar hisobiga twldirilgan. Patriarxal tipdagi juft nikoh uncha mustahkam bwlmagan. Butun jamoa ishlarini belgilab va boshqarib turuvchi qavmi qarindoshlik munosabatlari ancha wzgargan, katta qalin twlash, kwpxotinlik paydo bwlgan. Gvineyaga borgan Ya.Volnevich swnggi wn yillikda kelin bahosi wn hissa oshganligi tufayli boy tabaqadagilar bir necha xotin olishga qodir bwlib, kambag`al yigitlarga uylanish qiyinlashganligini qayd qiladi. Oqibatda poligam nikoh kuchaygan. Eri wlganda xotini ancha vaqt motam tutgan, keyin erining jasadini qabrdan kovlab olib ariqda yuvgan, kalla suyagini maxsus twr xaltaga solib wzi bilan olib yurgan. Kukuku qabilasida kishi wlgandan keyin jasadni uyda maxsus ustanga yotqizib bir oycha dudlatib quritganlar, swng chiptaga wrab qabristonga eltib qwyganlar. Motam belgisi sifatida erining kalla suyagi yoki ba`zan bir skelet suyagini taqib yurish umrining oxirigacha swzilishgan hollari kuzatilgan. Faqat qaynog`asi yoki qaynisining ruxsati bilan beva ayol motamni tugatib, yangi turmush qurishi mumkin bwlgan. Ilgari ayrim qabilalarda bolasi wlgan ayol bir barmog`ini motam belgisi sifatida kesib tashlagan va bwyniga osib yurgan. Papuas va melaneziyaliklarning diniy e`tiqodida mana tushunchasi muhim rol wynagan. Mana tabiatning turli hodisalari, arvohlar, boy kishilar bilan bog`liq qandaydir qiyofasiz kuch hisoblangan. Eng kuchli mana, odatda, qabila boshliqlari, erkaklar ittifoqi rahbarlari va ularning arvohlariga xos bwlib, ularga sig`inish keng tarqalgan. Yangi Gebrid orollarida tabiat ruhlariga itoat kuchli bwlgan. Ajdodlarning arvohlariga sig`inish e`tiqodi wliklarning kalla suyagini maxsus muqaddas joylarda saqlash odatini yaratgan. Ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiylikka wtish davriga xos turli animistik tasavvurlar, sehrgarlik e`tiqodi (ayniqsa, boshliqlar manasi kuchi), dahshatli prvohlar obrazi va u bilan bog`liq marosimlar melaneziyaliklarning ma`naviy madaniyatiga ta`sir etgan. Mikroneziya xalqlarning tillari kam wrganilgan, ammo swnggi klassifikatsiya ma`lumotlari malayya-polineziya turkumi avstroneziya til oilasiga oid ekanligini tasdiqladi. Mikroneziyaliklarning kwp qismi mazkur til oilasining sharqiy yoki okeaniya shoxobchasiga kiradi. Shulardan eng kattalari Gilbert arxipelagidagi tungaru (64 ming kishi)dir. Sof okeaniya tilida swzlashadigan Sharqiy Mikroneziyada 10 ta xalq yashaydi. G`arbiy shoxobchasiga oid belau xalqi (15 ming kishi) G`arbiy mikroneziyada yashaydi. Bulardan tashqari kwp sonli metislar va immigrantlar ham mavjud. Mikroneziyaliklarning xwjaligida serunum erlar kam bwlganligi tufayli faqat kokos palmasi, shakarqamish, non daraxti wstiriladi. Aholisi asosan, baliqchilik bilan kun kwradi. Mayda orollarda qisman wziga xos madaniyatga ega bwlgan dengiz kwchmanchilari deb nom olgan qabilalar ham yashaydi. Baliq ovi ashyolarini tayyorlash ancha rivojlangan: 30-40 metr keladigan yog`och tolalardan twqilgan twrlar, bambukdan pwpak va hinjilardan qarmoqlar, xivichdan yasalgan har xil twrlar, sanchqi va hokazo. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling