Etnologiya
Download 0.69 Mb.
|
Zuxraxon
Etnologiyaning fan sifatida paydo boʻlish tarixi. Har qanday ilm sohasining fan sifatida shakllanishi odamlar ehtiyojlari bilan chambarchas bog'liqdir. Shubhasiz, bu holat etnologiyaga ham taalluqlidir. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yashab o'tgan barcha etnoslar o'ziga xos turmush tarzi, urf-odat va an'analari bilan bir-biridan ajralib turganlar. O'tgan ming yilliklar mobaynida tarix fanida yig'ilgan bilimlar shundan dalolat bera- diki, yer sharida garchi turfa xil rasm-rusumlar va urf-odatlarga ega xalqlar yashashlariga qaramay, ularning barchasi tabiatning uzviy bir qismi sifatida rivojlanganlar va aynan tabiiy-geografik hamda xo'jalik munosabatlari bilan bog'liq holdagi o'ziga xos etnomadaniy an'analarga tayanganlar. Eng qadimgi davrlardan boshlab kishilar nafaqat o'zlarining, balki shu bilan birga tevarak-atroflari va uzoq yurtlarda yashovchi el-uluslarning madaniyati, an'ana va marosimlariga qiziqqanlar. Ular to'g'risida oʻzlariga kerakli ma'lumotlarga ega boʻlishga hara- kat qilganlar. Antik davr mualliflari ko'plab empirik material- larni yig'ishga, turli-tuman xalqlarning xoʻjalik va madaniy belgilariga qarab tavsiflash va tasniflashga intilganlar. Lekin, ularning asosiy qismi aksariyat jangchilar, sayyohlar, elchilar va boshqa mamlakatlarda turli maqsadlarda boʻlgan kishilarning xotiralari yoki bo'lmasa o'zga yurtlar to'g'risidagi turli-tuman rivoyatlarga asoslanib axborot berganliklari sababli, ko'pincha ushbu maʼlumotlar umumiy yoki mavhumiy xususiyat kasb etgan. Etnologiya qadimiy fan. Uning zamonaviy yevropacha nazariy asoslari xalqlar to'g'risidagi mustaqil fan sifatida XIX asr o'rtalarida shakllangan. Buning oʻziga xos sabablari mavjud. Avvalo, bu davrda dunyo qit'alari orasida iqtisodiy, madaniy aloqalar jadallashuvi yuz bergan. Boshqa tomondan, bu davrda mustamlakachilik siyosati kuchaya boshlagan. Chunonchi, yangi- yangi mustamlakalarga ega boʻlish hamda istilochi davlatlar- ning o'z mustamlakalarini osonlik bilan boshqarishga intilish- lari u yerlarda yashovchi mahalliy xalqlar to'g'risida bataf- sil ma'lumotlarga ega bo'lishni talab qilar edi.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling