«etnomadaniyat»
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «ETNOMADANIYAT» fanidan
- O`QUV –USLUBIY MAJMUA Ushbu o‘quv-uslubiy majmua “Etnomadaniyat” fani bo‘yicha yaratilgan bo‘lib
- Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar “Etnomadaniyat”
- Asosiy qism Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
- Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, etnografiyasi muammolari
- Etnomadaniyatning shakllanishida xalq o‘yinlarining o‘rni
- Qadimgi davr o‘zbek folklori – etnomadaniyat tarixida muhim manba
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi: xalq maqollari, topishmoqlari,qo‘shiqlari va xalq dostonlari
- Madaniy taraqqiyotda xalq teatri va milliy raqslarning o‘rni
- Etnopedagogika va milliy ma’naviyat
- An’anaviy oila - turmush marosimlari – xalq madaniyatining fenomeni
- O‘zbek xalqi moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar va qarashlarning arxaik izlari
2 O‘ ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi “Etnomadaniyat” fanidan O`QUV –USLUBIY MAJMUA Ushbu o‘quv-uslubiy majmua “Etnomadaniyat” fani bo‘yicha yaratilgan bo‘lib, unda mazkur fanning o`quv dasturi, ishchi o`quv dasturi, ma’ruza mashg‘ulotlarining ta’lim texnologiyasi va ma’ruza matnlari jamlangan. Mazkur o‘quv-uslubiy majmua “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Tuzuvchi: f.f.n M.A. Sobirova Taqrizchilar: f.f.d. prof. I. Soifnazarov s.f.n.X. Jumaniyozov O‘quv-uslubiy majmua Nizomiy nomidagi TDPU O‘quv-uslubiy kengashining 2015-yil ______dagi ______ - sonli qarori bilan tavsiya etilgan. 3 4 5 6 7 О‘QUV -USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI 1.“Etnomadaniyat” fani bo‘yicha o`quv dasturi......................................... 2. “Etnomadaniyat” fani bo‘yicha ishchi o`quv fan dastur....................... 3. Ta’lim texnologiyalar ishlanmasi, ilovalar, ma’ruza matnlari................ 4. “Etnomadaniyat” fani bo‘yicha Oraliq va Yakuniy nazorat savollari va mavzular bо‘yicha tayyorlangan testlar......................................................... 8 9 Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil “6” 03 dagi “1” - son majlis bayoni bilan ma’qullangan. Fanning o‘quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida ishlab chiqildi. Tuzuvchilar: Shermuhamedova N.A. - –Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Falsafa fakul’teti, “Falsafa fan fan metodologiyasi” kafedrasi mudiri, f.f.d. Sobirova M.A. - “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari nomzodi Taqrizchilar: Abdurahmonov M – O‘zMU “Ma’naviyatshunoslikva dinshunoslik” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Haytboyev N. – Toshkent shahar O‘MKHTB bosh mutaxassisi Fanning o‘quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy-metodik birlashmasida tavsiya qilingan (2012 yil «9» 02 “7” - sonli majlis bayonnoma). 10 KIRISH “Etnomadaniyat” fani dasturi “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqqan holda tayyorlandi. Milliy madaniyatimizni yanada taraqqiy ettirish, buyuk ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy-ma’rifiy merosini ko‘z qorochig‘iday asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik qilib qoldirish, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targ‘ib etish, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini singdirib borishda mazkur fanning o‘rni va ahamiyoti beqiyos. Zotan, kishilik tarixida yaratilgan va ma’lum taraqqiyot bosqichlarni o‘z boshidan kechirgan buyuk siymolar hamda ota-bobolarimiz, ma’naviy madaniyat yutuqlarini oltin meros sifatida kelajak avlodlarga qoldirib ketganlar. Albatta bunday vorisiylik o‘z navbatida yosh avlodning ijtimoiy ongida hurmat, ehtirom shukuhini tashkil etsa, bu muqaddas qadriyatni ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlarga qaramay, bu merosdan mukammal foydalanishni, uni yanada taraqqiy etishi uchun barcha imkoniyatlarimizni amalda qo‘llashlikni taqozo etadi. Fanning maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad – bakalavriat talabalariga xalkimizning tarixiy shakllanishi, uning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot bosqichlari, milliy madaniyatimizning o‘tmishda qo‘lga kiritgan yutuqlari, elat, qavm, millat tushunchalarining mazmun va mohiyatini tushuntirish, o‘tmishda va hozirgi kunda muayyan darajada shakllanib va taraqqiy etib kelayotgan milliy madaniyatimizning tadrijiy - tarixiy jarayonini o‘rgatishdan iborat. Fanning vazifasi – etnomadaniyat faniga oid tushuncha va tamoyillar to‘g‘risida talabalarga zamonaviy talablar asosida har taraflama chuqur bilim berish bilan birga ularning umuminsoniy dunyoqarashlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlarini yuzaga chikarish kabi omillarni ilmiy jihatdan tadbiq etib, talaba yoshlarga Vatanni sevish va ardoqlash, milliy qadriyat va an’analarni e’zozlash tuyg‘ularini singdirishdir. Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar “Etnomadaniyat” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: xalqimizning tarixiy shakllanishi, uning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot bosqichlari, milliy madaniyatimizning o‘tmishda qo‘lga kiritgan yutuqlari, elat, qavm, millat tushunchalarining mazmun va mohiyatini tushuntirish, o‘tmishda va hozirgi kunda muayyan darajada shakllanib va taraqqiy etib kelayotgan milliy madaniyatimizning tadrijiy - tarixiy jarayoni to‘g‘risida, etnomadaniyat tarixiy jarayon sifatida tarkib topib davrlar mobaynida ma’lum bir yutuq va kamchiliklarni o‘zida namoyon etganligi, etnomologik sifat masalasida jamiyat ma’naviy-madaniy hayotini avloddan-avlodga etkazib uning kelajagi uchun zamin yarata olganligi haqida muayyan ma’noda tushuncha va tasavvurlarga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari har bir talaba o‘tmish madaniyatni ongli ravishda o‘rganishi, uni o‘rganib olmasdan turib madaniy merosni yangi jamiyat farovonligi yo‘lida qo‘llashga asos bo‘lmasligini anglab etishi, turli chizmalar va 11 diagrammalar tuzishni, qo‘shimcha adabiyotlar, manbalar hamda Internet saytlaridan foydalanib fanga oid ma’lumotlarni tahlil qila olishni bilishi; - etnomadaniyat o‘quv fanining fanlar tizimidagi o‘rni, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, ajdodlarimizning tarixiy evolyutsiya davrlarida qo‘lga kiritgan yutuqlari, xalqimizning madaniy-ma’rifiy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, rasm-rusumlari, odob-axloq borasidagi saboqlaridan namunalarni mukammal o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; - xalq etnopsixologik xususiyatlarining madaniyat va tarix bilan bog‘liqligi, o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid manbalar bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalar va maxsus adabiyotlardan bilim egallash jarayonida foydalana olish, statistik ma’lumotlardan foydalana bilish, ularni tahlil qilish, jadval, diagramma materiallaridan foydalanish va ularni tayorlay bilish hamda baholash malakalariga ega bo‘lishi kerak. Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi Mazkur fan 5-semestrda o‘qitilishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv rejada rejalashtirilgan O‘zbekiston tarixi, Falsafa, Ma’naviyat asoslari. Dinshunoslik, Madaniyatshunoslik, Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, Falsafaning umumnazariy masalalari, Ijtimoiy falsafa, G‘oyalar falsafasi, Qadriyatlar falsafasi, Ma’naviyatshunoslik, O‘zbek adabiyoti, Dunyo dinlari tarixi kabi gumanitar va ijtimoiy- iqtisodiy, matematika va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bilan o‘zaro bog‘liq, uslubiy jihatidan uzviy ravishda va ketma-ketlik asosida o‘qitiladi. Fanning ta’ilmdagi o‘rni “Etnomadaniyat” fani umumkasbiy fanlar fanlaridan biri bo‘lib, talabalarda Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, etnografiyasi borasidagi tushunchalarni shakllantirishda, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlariga etnomadaniyatga oid bilimlar berishda asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning “Etnomadaniyat” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usulllaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma va elektron materiallar qo‘llaniladi. Ma’ruza, seminar darslarida o‘qitiladigan mavzu va darsning xususiyatidan kelib chiqib pedagogik texnologiyalardan (“Fikrlar xujumi”, “Klaster” “Tushunchalar tahlili”, “Charxpalak” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Elpig‘ich” texnologiyasi va boshqalar) foydalaniladi. Bundan tashqari pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholash (Test usuli, reyting tizimi, talabaning bilim va ko‘nikmalarini egallash jarayonini nazorat etish) maqsadga muvofiq. 12 Asosiy qism Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari Etnomadaniyat atamasining etno va madaniyat so‘zlari qo‘shilmasidan tarkib topgan bo‘lib, fan sifatida biror xalqning kelib chiqishi (bu borada o‘zbek xalqi), uning madaniyati, turmush tarzi, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini tarixiy jarayon (davr)larda ravnaq topib hozirgi kunimizgacha rivojlanib kelayotgan ma’naviy hamda madaniy merosini o‘rganishga qaratilganligi. O‘zbekiston Resublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi huzuridagi "Oltin meros" xalqaro xayriya jamg‘armasini qo‘llab- qo‘ltiqlash to‘g‘risida" gi Qarorida o‘tmish milliy madaniyatimizni yanada taraqqiy ettirish, buyuk ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy-ma’rifiy merosini ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik qilib qoldirish, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targ‘ib etish, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini singdirib borish kerakligi xaqida aniq ko‘rsatmalar berilganligi. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, etnografiyasi muammolari Markaziy Osiyo kishilik jamiyatining eng qadimiy markazlaridan biri bo‘lib kelganligi. Bunday baholanish mezoni, albatta tarixiy arxeologik, poleontologik hamda antropologik tekshiruvlar natijalariga tayanishi. Ko‘plab qazilma hamda tekshiruvlar Markaziy Osiyo zaminining barcha hududlarida olib borilganligi. Eramizdan million yillar burun bu zaminda kishilar yashab kelganligi ham isbotlanganligi. O‘tmishdagi ajdodlarimiz madaniyatining rivojlanish kurtaklari eng qadimiy poleolit davriga, ya’ni O‘rta Osiyoda odam zoti paydo bo‘la boshlagan - 500 ming yil avvalgi davrlarga borib taqalishi. Shu bilan bir qatorda bu yarim million yil doirasidagi inson hayoti, madaniyati, rasm-rusm hamda urf-odatlarini o‘rganish uchun bugungi kunda etarlicha sharoitlar mavjudligi. Farg‘ona vodiysining So‘x tumanida topilgan Sulung‘ur g‘oridagi asori - atiqalar, Anov va Namozgoh, Sopollitepa qazilmalarining namunalari ajdodlarimizning qadimgi makonlari qanday bo‘lganligi, hayot va turmush tarzi, ma’naviy-madaniy xususiyatlari to‘g‘risida ma’lum tasavvurlar hosil kilishga imkon berishi. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixiga oid eng muhim manbalar Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi. Tarixiy manbalar qatoriga qadimgi odamlarning manzilgoxlari, qadimgi shaharlar, qal’alar va ularning xarobalari, sug‘orish inshoatlari qoldiqlari, ajdodlarimizning mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, zeb-ziynatlar, tangalar, qoyatosh sur’atlari, petrogliflar, yozma hujjatlar va boshqalar kirishi. Tarixiy manbalar insonlarning ijtimoiy faoliyati davomida yaratilishi va o‘tmish hodisalarini o‘zida aks ettiradi. Tarixiy manbalarsiz tarixni o‘rganish mumkin emasligi. Hozirgi zamon tarix fanida tarixiy manbalarning shartli ravishda 7 asosiy guruhga bo‘linishi. 13 Ashyoviy manbalar. Etnografik manbalar. Fol’klor manbalar. Rivoyat va asotirlar - "Bu xalqning o‘zi so‘zlab bergan tarixi" ekanligi. Lingvistik manbalar. Fotokinohujjatlar. Fonohujjatlar. Yozma manbalar. Etnomadaniyatning shakllanishida xalq o‘yinlarining o‘rni Dehqonchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi ikki an’ana: ya’ni bahorda mehnat mavsumiga kirish va kuzda hosilni yig‘ish yakuniga bag‘ishlangan marosim-bayramlarni yuzaga keltirganligi. Eng qadimiy davrdan boshlab inson hayotida termachilik, ovchilik, chorvachilik, deqqonchilikka oid mehnat tajribalari bilan birga o‘yin-raqslar shakllana boshlaganligi. Marosim, san’at, ijod kabi madaniyat turlarining vujudga kelishida va rivojlanishida o‘yinlar o‘ta muhim rol o‘ynaganligi. Xalq o‘yinlari – Etnomadaniyatning tarkibiy qismi ekanligi. Xalq o‘yinlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Chorvachilik bilan bog‘liq xalq o‘yinlari. Yil fasllari, shahar va qishloqlarga xos o‘yinlar tizimi. Boshqotirma, so‘z, qo‘shiq, raqs-o‘yinlar, voqeband, harakatli o‘yin turlarining vujudga kelishi. Sho‘rolar davrida xalq o‘yinlarining hayotdan siqib chiqarila boshlanishi. Barcha uchun umumiy bo‘lgan ong, til, odatlar, o‘yinlar joriy qilina boshlanishi. Mustaqillik sharoitida O‘zbekistonda Milliy o‘yinlarning tiklanishi va rivojlanishi. Qadimgi davr o‘zbek folklori – etnomadaniyat tarixida muhim manba Xalq og‘zaki badiiy ijodini o‘rganuvchi fan folklorshunoslik yoki folkloristika deb yuritilishi. Folklorshunoslik asoslarining qadimgi dunyo estetik tafakkuriga borib taqalishi. Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urf-odat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning folklor to‘g‘risidagi ilk fikrlari folklorshunoslik uchun muhim ekanligi. Folklor namunalarini yozib olishdagi birinchi tajribalar. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit-turk» asaridagi folklor namunalari. Qadimgi davr folklori deganda qadim zamonlardan to X asrga qadar yaratilgan va ijro etilgan folklor asarlari nazarda tutilishi. Qadimgi davr folklori haqidagi ma’lumotlarni bizga qadar etib kelgan ayrim yozma manbalardan, arxeologik topilmalardan o‘rganishimiz. Etnomadaniy jarayonning shakllanishida qadimgi davr folklorining o‘rni va ahamiyati . O‘zbek xalq og‘zaki ijodi: xalq maqollari, topishmoqlari,qo‘shiqlari va xalq dostonlari O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. Maqol xalq hayotiy tajribalari xulosasini ifodalovchi hikmatli fikrlar majmuasi. Har bir maqolning vujudga kelishida birorta ibratli voqeaning ahamiyati katta ekanligi. Topishmoqlar xalq zukkoligi va topqirligi mahsuli ekanligi. Chistonlar. Xalq qo‘shiqlarining paydo bo‘lishi. Qo‘shiqlarda xalq orzu armonlarining ifoda etilishi. Doston o‘zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biri ekanligi. Uning yaratilishi xalqimizning ma’naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy- estetik qarashlari, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi g‘oyalari bilan chambarchas bog‘liqligi. Dostonlarning sinkretik - omuxta janr hisoblanishi. Xalq dostonlarining ijrochilari O‘zbekistonning turli hududlarida turli nomlar bilan yuritilishi. 14 Madaniy taraqqiyotda xalq teatri va milliy raqslarning o‘rni Insoniyatning madaniy taraqqiyoti tarixini antik teatrsiz tasavvur qilib bo‘lmasligi. Antik teatr mazmunan xalq hayoti, uning taqdiri bilan bog‘liq ulug‘vor g‘oyalar teatri sifatida dunyoga kelganligi. Qadimgi Yunonistonda Esxil, Sofokl Evripid, Aristofan, Rimda Plavt va Senekalar yangi sahnaviy shakllar, umumlashgan falsafiy, teran badiiy obrazlar orqali el-yurtni jo‘shqin sevish, qadrlash e’tiqodlarini tarannum etganliklari. Antik dunyodan bizga badiiy ijodning tragediya, komediya janrlariga oid benihoya go‘zal, badiiy yuksak adabiy namunalari etib kelganligi. Raqs san’ati madaniyatning o‘ziga xos, eng go‘zal turi sifatida. Raqs san’ating estetik jihatlari. Raqslarga ko‘chgan orzu armonlar va umidlar. Xalq madaniyatining takomillashib borishida teatr va raqs san’atining beqiyos ulushi va ahamiyati. Etnopedagogika va milliy ma’naviyat Millatni milliy tarbiya shakllantirishi. Milliy tarbiya xalq pedagogikasining muhim yo‘nalishi, xalq pedagogikasi esa, xalq ijodining tayanchlaridan biri ekanligi. Xalq ijodi bitmas-tuganmas xazina ekanligi. Xalq ijodini chuqur va ko‘p o‘rganilsa, u shunchalik ko‘p yangi qirralarni namoyon etishi. Millatni millat sifatida, xalqni xalq sifatida saqlab turish – xalq pedagogikasining muhim xususiyatlaridan biri ekanligi. Bayramlar eng qadimiy davrlardan boshlab inson hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylanganligi. Har bir millat va elat, xalqning o‘z taraqqiyot tarixi jarayonida shakllangan bayramlari mavjudligi. O‘zbek xalqining bayramlari qon-qardosh xalqlarning tarixiy - madaniy aloqalari jarayonida shakllangan va rivoj topgan, boshqa xalqlar bayramlariga ta’sir etgan va o‘z navbatida qarama-qarshiliklar, to‘siqlarni engib, boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan uzoq tarixga ega ekanligi. An’anaviy oila - turmush marosimlari – xalq madaniyatining fenomeni XX asr so‘nggi choragidan boshlab dunyo miqyosida etnolog va sotsial antropologlar tomonidan marosimlarni xalq madaniyatining fenomeni tarzida o‘rganishga alohida e’tibor qaratilganligi. So‘nggi o‘n yilliklarda dunyo miqyosida kechayotgan globalizatsion jarayonlar etnik xususiyatlarning saqlab qolish omillarini va milliy marosimlarni tadqiq etish muammosini dolzarb muammolar tarzida kun tartibiga qo‘yilishiga sabab bo‘lishi. Oila va oilaviy marosimlar etnosga oid madaniy va maishiy an’analar uzatuvchisi hamda davomchisi hisoblanishi. Xalqimizning qadimiy e’tiqodlarini, madaniyat tarixi, orzu intilishlari, hayotga munosabatini o‘rganishda nikoh to‘yi bilan bog‘liq marosimlar muhim ahamiyatga egaligi. Dunyodagi ko‘plab boshqa xalqlar singari o‘zbek to‘y marosimlari sirasida nikoh to‘ylari uzining turli xildagi marosimlarga, irim-sirimlarga boyligi, etnografik manbalarning rang-barangligi bilan alohida ajrab turishi. O‘zbek xalqi moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar va qarashlarning arxaik izlari Etnologik yo‘nalishda bajarilgan tadqiqotlarda moddiy madaniyat (turar joylar, kiyimlar, taqinchoqlar, oziq ovqatlar)ni odatda grafik tasvirlar, planlar, chertyojlar, rasmlar, fotosuratlar yordamida batafsil tavsiflash va ilmiy tahlil qilish o‘ziga xos an’anaga 15 aylanganligi. Lekin ushbu ma’lumotlar etnologik tadqiqotlarning asosiy maqsadini isbotlashga ko‘maklashuvchi tavsifiy vosita bo‘lib xizmat qilishi. Moddiy madaniyatning etnologik yo‘nalishda tadqiq etilishida ko‘zlangan asosiy maqsad o‘rganilayotgan ob’ektning xalq ijtimoiy turmush-tarzi bilan aloqadorligini yoritishdan iboratligi. Moddiy madaniyat namunalarida aks etuvchi ramz, belgi g‘oya ko‘rinishida ham qiziqarli bo‘lib, bu bevosita u bilan bog‘liq tasavvurlar, e’tiqodiy qarashlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etishi. Etnologlar uchun moddiy madaniyat namunalarining tavsifi emas, balki ularning inson bilan aloqadorligi qiziqarli hisoblanishi. Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling