«etnomadaniyat»
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan savollar
- 9-mavzu: AN’ANAVIY OILA - TURMUSH MAROSIMLARI – XALQ MADANIYATINING FENOMENI
- 9.2.Darsning texnologik kartasi
- MAVZU: An’anaviy oila - turmush marosimlari – xalq madaniyatining fenomeni (1-qism)
- «Qanday» texnologiyasidan foydalanish
- Etnik xususiyatlarni saqlab qolish omillari va milliy marosimlarni tadqiq etish muammosi
- 4-ilova
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar Etnopedagogika, milliy tarbiya, milliy tarbiya tizimlari, elshunoslik, qadrshunoslik, udumshunoslik, matallar, xikmatlar, qiziq gaplar, qayroqi so‘zlar, aforizmlar, topishmoqlar, tez aytishlar, bolalar o‘yinlari, allalar, to‘y va aza qo‘shiqlari-marsiya, sadr aytimlar, olqish va qarg‘ishlar, suyush-erkalash qo‘shiqlari, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, yalinchoqlar, hukmlagichlar, chorlamalar, cheklashmachoqlar, guldur-guplar, sanamalar, o‘yin-kulgilar bilan bog‘liq laparlar, aytishuv, o‘lan, termalar, bolalar tarqalish, chorlash qo‘shiqlari, ramazon, boychechak, yomg‘ir, kun-yulduz, suv atimlari, chandishlar, tegishmachoqlar, masxaralamalar, «Navro‘z», «Mehrjon», bahor, kuz, qish, yoz aytim- qo‘shiqlari, xalq bayramlari, o‘zbek xalq bayramlari yangi yil bayrami Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan savollar: 1. Etnopedagogika nima? 2. Milliy tarbiya deganda nimani tushunasiz? 3. Millatning shakllanishida milliy tarbiyaning qanday o‘rni bor? 4. Xalq ijodi va xalq pedagogikasining qanday bog‘liqligi bor? 5. Bayramlar deganda nimani tushunasiz? 6. Turli xalqlarning qanday bayramlarini bilasiz? 7. O‘zbek xalqi nishonlaydigan bayramlarni sanab bering... 8. Bugungi kunda xalqimiz hayotiga qanday yangi bayramlar kirib keldi? 9. Yangi yil qaerda qanday nishonlanishini bilasizmi? 169 Mavzuga oid manbalar: 1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat engilmas kuch. –T., 2008. 2. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. "Muloqot" 11. 5-son. 1998. 3. Karimov.I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid.barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.1997. 4. Aminjonova I E. Qadimiy yodgorliklar qissasi. T. 1968. 5. Ashirov A. Atadjanov Sh. Etnologiya. T. 2007. 6. Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. T. 2007. 7. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg‘ona. 1998. 8. www.ma’naviyat . uz. 9. www.tdpu. uz. 170 9-mavzu: AN’ANAVIY OILA - TURMUSH MAROSIMLARI – XALQ MADANIYATINING FENOMENI (1-qism) 9.1.Darsni olib borish texnologiyasi Talabalar soni: 50-70 gacha Vaqti:2 soat. O‘quv mashg‘ulotining shakli Informatsion baxs-munozarali dars Ma’ruza rejasi 1.Marosimlar xalq madaniyatining fenomeni. 2. Etnik xususiyatlarni saqlab qolish omillari va milliy marosimlarni tadqiq etish muammosi. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarda – xalq madaniyatining fenomeni bo‘lgan an’anaviy oila - turmush marosimlari, ularning tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risida malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish. Pedagogik vazifa: O‘quv faoliyatining natijasi: Pedagogik vazifalar: - Talabani qiziqtirish, bilim darajasini oshirish, yo‘naltirish, boshqarish; - Talabani faollashtirib, yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda hamkorlikka chorlab, maqsadga erishish; - An’anaviylikning noan’anaviylik bilan uyg‘unlashuviga muvaffaq bo‘lish O‘quv faoliyatining natijalari: Talaba: - Bilim darajasi yuksaladi; - Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lib boradi; - Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi; - Yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi; - Mavzuni atroflicha o‘rganishga erishadi; - Faol harakat shakllanadi. O‘qitish usullari va texnika Vizual ma’ruza, “Qanday” texnikasi, Klaster uslubi, savol-javob. O‘qitish vositalari Komp’yuter texnologiyasi «Etnomadaniyat» fanidan elektron o‘quv uslubiy majmua) Slaydlar O‘qitish shakli Jamoa bo‘lib ishlash O‘qitish shart-sharoitlari Texnik vositalar bilan ta’minlangan, o‘qitish usullarini qo‘llash mumkin bo‘lgan o‘quv xona. Monitoring va baholash Kuzatish, og‘zaki nazorat, savol-javobli so‘rov, o‘quv topshiriq. 9.2.Darsning texnologik kartasi Ish jarayonlari vaqti Faoliyat azmuni O‘qituvchi Talaba 171 1 bosqich. Kirish (10 daqiqa) 1.1. Ma’ruzaning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi va o‘quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1- ilova) Tinglaydi, mavzu nomini yozib oladi 1.2. Mashg‘ulotni o‘tkazish shaklini e’lon qiladi Yozib oladi 2 bosqich. Asosiy jarayon (60 daqiqa) 2.1. Mavzu rejalari bo‘yicha ma’ruza qiladi (2-ilova) 2.2. O‘quv topshirig‘i «Kichik guruhlarda ishlash» orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. “Qanday” texnikalaridan foydalangan holda guruhlarga topshiriqlar beradi (3- ilova). Guruhlarda ishlashga yordam beradi Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini - qog‘ozlarga tushirib, taqdimotini o‘tkazishga yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to‘g‘ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi Fikrlarini tinglab, umumlashtiradi. Tinglaydi, yozadi. Yozadi, savolga javob beradi. 3 bosqich. Yakuniy bosqich (10 daqiqa) 3.1 Mavzu bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi. Tinglaydilar 3.2. Talabalarning baholash mezonlarini e’lon qilinadi Yozib oladi 3.3.Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar beradi (4-ilova) Javob yozadi 1-ilova: MAVZU: An’anaviy oila - turmush marosimlari – xalq madaniyatining fenomeni (1-qism) 1.Marosimlar xalq madaniyatining fenomeni. 2. Etnik xususiyatlarni saqlab qolish omillari va milliy marosimlarni tadqiq etish muammosi. 172 O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarda – xalq madaniyatining fenomeni bo‘lgan an’anaviy oila - turmush marosimlari, ularning tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risida malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish O‘quv faoliyatining natijasi: Talabalar dars yakunida xalq madaniyatining fenomeni bo‘lgan an’anaviy oila - turmush marosimlari, ularning tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risida malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 2-ilova: 3-ilova: 1-o‘quv topshiriq «Qanday» texnologiyasidan foydalanish Muhim muammoning echimini topishga yordam beradi va “Qanday” savoli orqali muammo hal qilinadi. Marosimlar xalq madaniyatining fenomeni XX asr so‘nggi choragidan boshlab dunyo miqyosida etnolog va sotsial antropologlar tomonidan marosimlarni xalq madaniyatining fenomeni tarzida o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. So‘nggi o‘n yilliklarda dunyo miqyosida kechayotgan globalizatsion jarayonlar etnik xususiyatlarning saqlab qolish omillarini va milliy marosimlarni tadqiq etish muammosini dolzarb muammolar tarzida kun tartibiga qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda. Etnik xususiyatlarni saqlab qolish omillari va milliy marosimlarni tadqiq etish muammosi O‘zbekiston respublikasi mustaqilligi sharoitida milliy marosimlarni tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etdi. Xalq ma’naviyati, madaniyatini yuksaltirishda marosimlarning o‘rni va ahamiyati katta, Ular ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar sifatida ajdodlardan avlodlarga o‘tib xalq ma’naviyatini shakllantirmoqda. Masalan, etnograf, etnolog, tarixshunos, manbashunos olimlarning yuzlab tadqiqotlariga bosh mavzu bayram marosimlarini olaylik. O‘zbek xalqining bayram marosimlari juda ko‘p. Ularda O‘zbekistonda yashovchi butun aholi ishtirok etadi. 173 Qanday? Qanday Qanday? Qanday? Qanday? Qanday? Qanday? 4-ilova: Mavzu: An’anaviy oila - turmush marosimlari – xalq madaniyatining fenomeni (1-qism) Reja: 1. Marosimlar – xalq madaniyatining fenomeni sifatida. 2. Etnik xususiyatlarni saqlab qolish omillari va milliy marosimlarni tadqiq etish muammosi. 1-masalaning bayoni: O‘tilgan mavzularda qayd etib o‘tilganidek, etnomadaniyat rivojida marosimlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Zero, marosimlar xalq madaniyatining fenomeni hisoblanadi. O`tgan XX asr so`nggi choragidan boshlab dunyo miqiyosida etnolog va sotsial antropologlar tomonidan marosimlarni xalq madaniyatining fenomeni tarzida o`rganishga alohida e`tibor qaratildi va aynan mazkur mavzu doirasida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar fandagi dolzarb mavzulardan biri tarzida e`tirof etila boshlandi. Ayniqsa so`nggi o`n yilliklarda dunyo miqiyosida kechayotgan globalizatsion jarayonlar etnik xususiyatlarning saqlab qolish omillarini va milliy marosimlarni tadqiq etish muammosini dolzarb muammolar tarzida kun tartibiga qo`yilishiga sabab bo`lmoqda. Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to‘kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o‘tkaziladigan, xalq orasida qat’iy an’anaga aylanib qolgan xatti-harakatlar Marosimlarning turlarining qanday turlari mavjud? Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar: 1. Marosim deganda nimani tushunasiz? 2.E’tiqodlarning turlichaligi nimaga bog‘liq? 3.Oilalarning mustahkamligi nimaga bog‘liq ? 4.Marosimlarning qanday vazifalari bor? 174 “marosim” – deyiladi. Taniqli olim Bahodir Sarimsoqov marosimga xalq orasida qat’iy an’anaga aylangan tadbir deya ta’rif beradi. Aslida marosim har bir inson hayotida ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. CHunki, inson tug‘ilganidan to hayotdan ko‘z yumguncha o‘nlab marosimlar guvohiga aylanadi. Gohida uning markaziy qahramoni, gohida ishtirokchi, gohida oddiy kuzatuvchi bo‘ladi. Ammo marosimlar hayotning ajralmas qismi sifatida hamisha hamrohlikda sodir bo‘laveradi. Marosim arab tilidan olingan bo‘lib, chizilgan, rasm qilingan, odat bo‘lgan ma’nolarini anglatadi. Muayyan qoidalar asosida chizilgan, millat tomonidan rasm qilingan va odat tusiga kirgan tadbirlarni esa shartli ravishda uch turga bo‘lish mumkin: 1. Oilaviy marosimlar. Ular, odatda, biror shaxs yoki oila a’zosi hayotidagi muhim voqealar munosabati bilan amalga oshiriladi. Oilaviy marosimlar ishtirokchilari qarindoshlar, quda-andalar, do‘stlar, tanish-bilishlar, qo‘shnilar va mahalladoshlar ishtirokida o‘tadi. 2. Tabiatda ro‘y bergan o‘zgarishlar, muayyan odat, rasm-rusum bilan aloqador va ma’lum darajada zarurat oqibatida tashkil qilinadigan marosimlar. Bunday marosimlar bahor, yoz, kuz, qish fasllarida uyushtiriladi. Ularda biror qishloq, mahalla, tuman aholisi qatnashadi. “SHox moylar”, “Sust xotin”, “CHoy momo”, “Darvishona” kabilarni shular jumlasiga kiritish mumkin. 3. Umumxalq bayramlari munosabati bilan tantanali ravishda o‘tkaziladigan marosimlar. Bunday marosimlarga Mustaqillik bayrami, Navro‘z bayrami, Iydi Ramazon, Iydi Qurbon, Hosil bayramlari nisbat beriladi. Umumxalq bayramlari butun mamlakat miqyosida nishonlanadi. Har bir oila bunday marosimlarga o‘zining hissasini qo‘shishga harakat qiladi. Oilaviy marosimlar. Xalq tajribasidan o‘tib, an’anaviy tus olgan oilaviy marosimlar, asosan, uch turdan iborat bo‘ladi. Ularni to‘y, motam, biror oila a’zosi hayotidagi muhim voqea (kasaldan tuzalish, ilmiy daraja olish, haj safarini bajo keltirish va boshqalar)ning ro‘y berishi munosabati bilan o‘tkaziladigan yig‘inlar tashkil etadi. Xalq marosimlari qatoridagi motamlar eng qadimiylaridan hisoblanadi. Yaratilganiga qariyb 3000 yil bo‘lgan “Avesto”da ham vafot etgan odamni dafn qilish bo‘yicha ma’lumotlar bor. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘oti-t-turk” asarida esa motam marosimida aytiladigan qo‘shiq – marsiyalardan misollar keltirilgan. O‘zbek motam marosimlari juda ko‘p turli hajmda o‘tkaziladigan yig‘inlardan iborat. Uch, yetti, yigirma, qirq kunliklar; qor yog‘di, gul, shir oshi, qovoq kabi movliyatlar shular jumlasidandir. Marsiyalarda hayotdan ko‘z yumgan odamning hayotligidagi fazilatlari, uning mehribonligi, iymonli ekanligi esga olinadi: Baland tog‘lar past bo‘ldimi, voy otam, O‘lganingiz rost bo‘ldimi, voy otam. Shamol kelmay o‘chdi chirog‘im, voy otam, Kuz kelmay xazon bo‘ldi bog‘im, voy otam. SHu tarzda ota, ona, bola, aka, uka, umuman, qarindosh nomlari tilga olinadi. Amaki, tog‘a, xola, ammalar ham ota, ona nomi bilan atalaveradi. Bunday qo‘shiqlar marsiya deyiladi. “Marsiya” arab tilidan olingan bo‘lib (ﺔﻴﺛﺮﻤ), “motam she’ri” ma’nosini anglatadi. Xalq orasida marsiyani “aytib yig‘lash” deb ham atashgan. Zavqiyning “Yuzingni ko‘rsatib” so‘zlari bilan boshlanadigan muxammasida: “Sani dardi firoqing aytib-aytib yig‘lay o‘lguncha” misrasida ham aytib yig‘lash ma’nosi yo‘q emas. Odatda, motam 175 marosimi hayotdan ko‘z yumgan shaxs vafotiga yillik ma’rakalar o‘tkazish bilan yakunlangan. O‘zbek xalqi qadim zamonlardan dehqonchilik, bog‘bonlik, chorvachilik bilan shug‘ullangan. Dehqonchilik ham, chorvachilik ham mutlaq tabiat muruvvati va injiqliklari bilan bog‘liqdir. Erta bahordan kech kuzgacha dehqon dalada mehnat qiladi. Qishda esa yerga iloji boricha ko‘proq nam singdirish choralarini ko‘radi. CHorvador esa yil davomida chorvani semirtirish, ko‘paytirish bilan band bo‘ladi. Binobarin, yil fasllarining qulay kelishi dehqon xirmoniga xirmon qo‘shadi, chorvador mehnati samarasini ro‘yobga chiqaradi. Shuning uchun otalar va momolar yomg‘ir chaqirish, yomg‘ir to‘xtatish, shamol chaqirish va to‘xtatish tajribasini ipidan ignasigacha keyingi avlodga meros qilib qoldirishga odatlangan. Natijada, o‘nlab marosimlar kashf etilgan. Marosimlar esa, albatta, so‘zning sirli ta’siri bilan yashagan, amalga oshirilgan. Professor Mamatqul Jo‘raevning “O‘zbek mavsumiy marosim fol’klori” kitobini o‘qigan kitobxon o‘zbeklarda yilning 365 kunidagi deyarli har bir kun dehqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik kasbi bo‘yicha o‘zining maxsus nomi, marosim bilan bog‘liq jihatlari borligiga ishonch hosil qiladi. O‘zbek mavsumiy marosim fol’klori yil fasllarida o‘tkaziladigan marosimlardan iborat. Bahorgi mavsum marosimlari loy tutish, shox moylash, Navro‘z, yomg‘ir chaqirish, darvishona; yozgi marosimlar choy momo; kuzgi marosimlar shamol chaqirish; qishki marosimlar yas-yusunlardan iboratdir. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari yozgi to‘qson, chilla, qishki to‘qson, chilla, ayamajuz, hut-yut deb nomlanadigan o‘nlab udumli muddatlar ham ma’lum darajada marosim qo‘rinishlariga ega. Masalan, loy tutish marosimida muayyan hududda yashaydigan aholi ariqlarni tozalash, dalaga suv chiqarishni osonlashtirish uchun hasharga chiqadi. Xotiralardan birida baxshi Bo‘ra Ahmedov SHerobod tumanida shunday marosim o‘tkazilayotganda, hasharchilar yonidan o‘tib qolgan. Unga loy tutishgan. SHunda baxshi: Hojakam hajga ketdi, Bilmadim kujo ketdi. O‘n ikki jumurtqadan Qirq sakkiz jo‘ja ketdi topishmog‘ini aytgan. Ishlayotganlar bir yil, o‘n ikki oy, qirq sakkiz mehnat haftasi yashiringan topishmoqni topa olmaganlar va baxshi ariq tozalash ishidan ozod qolgan. Shox moylar marosimi bahorda qo‘sh chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan. Dehqonlar yil davomida ekin-tikin mo‘l-hosil berishiga umid qilib birinchi qo‘sh haydaydigan ho‘kiz shoxiga zig‘ir moyi surganlar. Marosimda dehqonchilik piri – bobodehqondan mo‘l hosil bo‘lishini tilab niyat qilishgan. Yomg‘ir chaqirish marosimi, asosan, bahorda yomg‘ir yog‘magan yillarda o‘tkazilgan. Qadimda muqaddas Yada toshi bo‘lgan ekan. Mana shu tosh yordamida yomg‘ir chaqirishgan. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘oti-t-turk” asarida shaxsan o‘zi yoz kunlarida yong‘in bo‘lganda, bu tosh mo‘’jizasi bilan yomg‘ir chaqirilib, yong‘in o‘chirilganiga guvoh bo‘lganini yozadi. Keyinchalik yomg‘ir chaqiriladigan hududlarda “Sust xotin” marosimi o‘tkazilgan. Bu marosim bir joyda ayollar, bir joyda erkaklar ishtirokida o‘tkazilgan: Sust xotin – sulton xotin, Ko‘lankasi maydon xotin. Suv xotin – suvsiz xotin, Ko‘ylaklari bo‘z xotin. Hosillar mo‘l bo‘lsin, suv xotin, 176 Dehqonning uyi to‘lsin, suv xotin. Kazzobning uyi kuysin, suv xotin, Suv xotin – suvsiz xotin. Yuqorida keltirilgan matnga o‘xshagan qo‘shiqlar yordamida kichik hududlarda yomg‘ir chaqirib lalmi yerlarda ekilgan bug‘doylarning unish va o‘sishi uchun imkon yaratishga urinilgan. Yozgi marosimlardan biri “Choy momo” bo‘lgan. “Choy momo” bemahal ko‘tarilgan shamolni to‘xtatish maqsadida o‘tkazilgan. B.Sarimsoqov bu marosimning Janubiy Qozog‘istonda yashovchi o‘zbeklar orasida o‘tkazilgani haqida yozadi. 2009 yil Qashqadaryo viloyatidagi Qozoq qishlog‘ida o‘tkazilgan ekspeditsiya davomida bu yerlik qariyalar “CHoy momo” marosimini eshitganliklari haqida ma’lumot topdik. Ammo bu yangilikni aytgan qariyalarimiz marosim tafsilotlarini eslay olmadilar. Marosimda quyidagi matnli qo‘shiq kuylangan: Choy momo, choy momo, Choy momosi o‘libdi. O‘g‘li yetim qolibdi. Bosa-bosa beringlar, Bosilib qolsin bu shamol. Ucha-ucha beringlar, Uchilib qolsin quv shamol. Oblo-hu, Oblo-hu... B.Sarimsoqovning ma’lumotiga ko‘ra, Sayram atroflarida marosimni, asosan, keksa ayollar boshlaganlar. Ikkita kampir eski ust-bosh kiyib, yuzlariga qorakuya surtib, qo‘llariga hassa olib, bittadan kaltakni yog‘och ot qilib minib, “CHoy momo” qo‘shig‘ini aytishib, qishloq ko‘chalari bo‘ylab yurishadi. Ularning ortidan boshlariga qizil sholcha yopingan beshta bo‘yi yetgan qizlar qo‘shiqqa jo‘r bo‘lib borishadi. Ulardan keyinda esa yetti-sakkiz yoshlardagi bola eshakka minib olib, xonadonlardan berilgan xayr-sadaqalarni xurjunga solib yuradi. Eshakda o‘qloq, keli sopi va supurgi qo‘shib bog‘langan bo‘ladi. Shu tariqa ishtirokchilar qishloqdagi barcha ko‘chalarni aylanib qo‘shiq aytishadi. Kuzgi marosimlarda shamol chaqirish odati bor. Agar yoz faslida yetilgan bug‘doyni yerga egib qo‘ymasin uchun shamol to‘xtatilgan bo‘lsa, kuzda donli ekinlarni shopirish uchun shamol chaqirilgan: Haydar, ota-onang o‘libdir, Moli senga qolibdir. Bolang suvga oqibdir, SHamolingni qo‘yvor. Bu to‘rtlikdagi Haydar Hazrati Alining nomlaridan biri deb belgilangan. Qish faslida Yas-yusun marosimlari o‘tkazilgan. Unda mahalladagi yigitlar yoki ulfatlar yig‘ilishib, qimizxo‘rlik, bo‘zaxo‘rlik uyushtirganlar. Marosimda bo‘za ichish, davrada o‘tirish, davradan turib ketish, jo‘ra boshi (marosim biyi) buyrug‘ini so‘zsiz bajarish qoidalariga rioya qilingan. Marosimda qimizni yoki bo‘zani kosagul kosaga quyib to‘rt misrali qo‘shiq aytgan: Alyor bo‘lsin-ay, Xo‘jam yor bo‘lsin-ay. Xo‘jam bergan bu davlatga Dushman zor bo‘lsin-ay. Qo‘shiqqa kosa olgan ishtirokchi javob qaytargan: Oyga o‘xshaydir yuzing, 177 CHo‘lponga o‘xshaydir ko‘zing. SHuncha ham yaxshi bo‘lurmi, Xalq ichida yulduzing. O‘zbek xalqi hayoti bilan yaqindan tanishgan odam mavsumiy marosimlarning juda ko‘p ko‘rinishlariga ega ekaniga guvoh bo‘ladi. Mavsumiy marosimlar xalq hayotining tarkibiy qismini tashkil qilib, asrlar davomida o‘zbeklarda ko‘ngil ochish, tabiatga umid bilan qarash, yaxshilikka intilish niyatining badiiy ifodasi bo‘lib kelgan. Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling