«etnomadaniyat»
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Elektron ta’lim resurslari
- Ekologik ong tushunchasining mazmun va mohiyati
- Ekologik madaniyat va etnoekologik an’analar haqidagi tarixiy falsafiy manbalar
- Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni yechishda davlat tashkilotlarining roli
- Xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi tasavvurlarning shakllanishi
- «Qanday» organayzerini to‘ldiring
- Mustaqil ish uchun topshiriq: «Piramida» organayzerini to‘ldiring
- Mavzu: Ekologik ong va etnomadaniyat Reja
- 1-masalaning bayoni
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar Milliy о‘z-о‘zini anglash, fenomen, jtimoiy ong fenomeni, umuminsoniy madaniy qadriyatlar, etnik madaniyat, etnik madaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash uyg‘unligi, о‘z-о‘zini anglash genezisi, etnopsixologiya, xalq etnopsixologik xususiyatlari. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Milliy о‘z-о‘zini anglash tushunchasining mazmun va mohiyatini izohlab bering… 2. Фenomen nima? 3. Milliy о‘z-о‘zini anglashni ijtimoiy ong fenomeni sifatida sharxlab bering… 4. Umuminsoniy madaniy qadriyatlarга misol keltiring... 5. Etnik madaniyat deganda nimani tushunasiz? 6. Umuminsoniy madaniy qadriyatlarning etnik madaniyat va milliy о‘z-о‘zini anglash bilan uyg‘unligi nimalarda namoyon bo‘ladi? 7. Milliy о‘z-о‘zini anglashning genezisi va funksiyasini tyshuntirib bering… 8. Milliy о‘z-о‘zini anglashning genezisi va funksiyasini о‘rganishda qanday etnopsixologiк va etnopedagogik usullardan foydalanish mumkin? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y. 2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:Ma`naviyat.1998 й. 3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. -T.: Ma`naviyat, 2008 y. 4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg‘ona.1998 yil. 5. Mustaqillik. Izohli-ilmiy ommabop lug‘at. – T.: Sharq, 2009 yil. 6. Falsafa ensiklopedik lug‘at.–T.:“О‘zbekiston milliy eksiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010 yil. Elektron ta’lim resurslari: 1. www. tdpu. uz 2. www. Ziyonet. uz 3. www. edu. uz 232 14-mavzu: EKOLOGIK ONG VA ETNOMADANIYAT 1.1.Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi Vaqti –2 soat Talabalar soni: 60-70 nafar O‘quv mashg‘ulotining shakli: Ma’ruza mashg‘uloti: Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi 1.Ekologik ong tushunchasining mazmun va mohiyati. 2.Ekologik madaniyat va etnoekologik an’analar haqidagi tarixiy falsafiy manbalar. 3.Xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi tasavvurlarning shakllanishi. 4.Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni yechishda davlat tashkilotlarining roli O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga e kologik ong va etnomadaniyat haqida batavsil ma’lumot berib, ularning mavzuni to‘la o‘zlashtirishga erishish Pedagogik vazifalar: - Talabani qiziqtirish, bilim darajasini oshirish, yo‘naltirish, boshqarish; - Talabani faollashtirib, yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda hamkorlikka chorlab, maqsadga erishish; - An’anaviylikning noan’anaviylik bilan uyg‘unlashuviga muvaffaq bo‘lish O‘quv faoliyatining natijalari: Talaba: - Bilim darajasi yuksaladi; - Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lib boradi; - Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi; - Yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi; - Mavzuni atroflicha o‘rganishga erishadi; - Faol harakat shakllanadi. O‘qitish uslubi va texnikasi Savol-javob, vizual ma’ruza, fikrlar hujumi, charxpalak, B.B.B.texnologiyalari O‘qitish vositalari Darslik va qo‘shimcha adabiyotlar, doska, bo‘r(yoki vatman va marker), o‘qituvchi nutqi, tarqatma materiallar, kompyuter vositalari, jumladan ekran O‘qitish shakli Ma’ruza mashg‘uloti, Jamoa bo‘lib va individual ishlash O‘qitish shart-sharoiti Proyektor, kompyutor bilan jihozlangan auditoriya 233 Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi: Bosqichlar, vaqti Faoliyat mazmuni: O‘qituvchi: Talaba: 1-bosqich. Kirish (5 min) 1.1.Mavzuni e’lon qilib, maqsad va darsdan kutilayotgan natijalarni ma’lum qiladi.(1-ilova) Ma’ruzaga tayyorgarlik ko‘radi. 2-bosqich. Asosiy qism (55 min) 2.1.Mavzu boyicha talabalarni qiziqtirgan savollarni tinglaydi. 2.2. Savollarga javob berish bilan bir qatorda vizual materiallardan foydalangan holda mavzuni bayon qilishga kirishga kirishadi. 2.3. Mavzuga oida tushunchalarni bayon qilish jarayonida misollar keltirishga talabalarni jalb qiladi. 2.4.Talabalarning informatsiyalarni qabul qilish qobiliyatlarini tekshirish maqsadida ekranga bayon etilgan ma’ruzadan kelib chiqqan savollarni chiqaradi (2-ilova). “Fikrlar hujumi”ga ko‘proq passiv talabalarni jalb etishga harakat qiladi Uyda tayyorlab kelgan savollarini o‘qituvchiga beradi, javobni diqqat bilan tinglaydi. Fikrlash jarayonida izchillikka amal qiladi. Tushunchalar izohi uchun misol keltiradi, ma’ruzani yodda saqlashga harakat qiladi Ma’ruzadan foydalanib, “Fikrlar hujumi”da faol ishtirok etadi, berilgan savollarga puxta va aniq javob berishga harakat qiladi. 3-bosqich Mavzuni mustahkamlash (10 minut) 3.1.Mavzuni mustahkamlash, talabalar faolligini oshirish maqsadida ekranga “Qanday” usulidagi topshiriqni chiqarib, uni yechish usulini ma’lum qiladi(3- ilova) 3.2. Javoblarni tahlil qilib, xatolarni to‘ldiradi Topshiriqni diqqat bilan e’tibor qaratib, javob topishga intiladi. 4-bosqich: Yakuniy qism: (10 min) 3.1. Mavzuni yakunlaydi, faol talabalarni rag‘batlantiradi. 3.2. Mustaqil ish uchun talabalarga “Piramida” usulida “Ekologik ong” kuchaytirish omillari”ga misol yozib kelishni topshiradi (4-ilova) Tinglaydi Mustaqil ishni yozib oladi. Keyingi mavzuni uyda mustaqil o‘qishni, kartochkalarni to‘ldirishni belgilab qoyadi. 234 1-ilova: O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga ekologik ong va etnomadaniyat haqida batavsil ma’lumot berib, ularning mavzuni to‘la o‘zlashtirishga erishish O‘quv faoliyatining natijasi: Talabalar ekologik ong va etnomadaniyat haqidagi tasavvurga ega bo‘ladilar 2-ilova: MAVZU: Ekologik ong va etnomadaniyat Reja: 1. Ekologik ong tushunchasining mazmun va mohiyati 2. Ekologik madaniyat va etnoekologik an’analar haqidagi tarixiy falsafiy manbalar. 3. Xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi tasavvurlarning shakllanishi. 4. Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni yechishda davlat tashkilotlarining roli Ekologik ong tushunchasining mazmun va mohiyati Ekologik ongning zamonaviy antropotsentrik kо‘rinishi bu olam tо‘g‘risidagi quyidagi jihatlar xos bо‘lgan tasavvurlar tizimidir: 1) tabiat va inson о‘rtasidagi ziddiyat oliy qadriyat bilan uning mulki о‘rtasidagi munosabatlarda о‘z aksini topadi (inson oliy qadriyat tabiat uning mulkidir); 2) tabiatni inson tomonidan bir tomonlama ta’sir kо‘rsatish obyekti sifatida idrok etilishi, 3) tabiat bilan о‘zaro ta’sirga kirishish motivlar va maqsadlarini pragmatik kо‘rinishi. Ekologik madaniyat va etnoekologik an’analar haqidagi tarixiy falsafiy manbalar 9-asrgacha Markaziy Osiyoda podshohlar, xalifalar har juma kunlari xalq oldiga chiqib, davlat tomonidan chiqarilgan qonunlarga buysunish, itoatkorlik, tabiat ato etgan barcha ne’matlarni asrab-avaylash haqida va’z aytganlar, xalqning ongiga, ruhiyatiga ta’sir etganlar. 9-asrdan keyin esa bu ish notiqlarga yuklatilgan va voiz Koshifiy singari notiqlar dunyo yuzini kо‘rgan. Shuningdek, yozma manbalar ham juda kо‘plab yaratila boshlangan. Bu yozma manbalar yosh avlod ta’lim-tarbiyasi hamda ongiga ta’sir qilish uchun xizmat qilgan. 235 O‘quv topshiriqlari 3-ilova: Savollar (Fikrlar hujumi usuli) 1. Ekologik ong deganda nimani tushunasiz? 2. Nima uchun etnomadaniyatni ekologik ong bilan uyg‘un deyapmiz? 3. Globallashuv jarayonlarida ekologiya masalasi yana ham dolzarb muammoga aylanadimi? Nima uchun? 4. Bugungi kunda dunyomiz miqyosidagi eng katta ekologik xavf xatarlar nima ekanligini bilasizmi? 5. Umuman bugungi mavzu xususida xulosalaringiz... Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni yechishda davlat tashkilotlarining roli Ekologik muammolar keyingi 15 yilda shunday keskin tus oldiki, bugungi kunda ular hal etilmas ekan, inson halokatga yuz tutishi aniq bо‘lib qoldi. Bu haqda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlari bayon qilmoqdalar. Hamma (joyda), mamlakatlarda atrofimizni о‘rab turgan olamni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish maqsadida ekologik falokatning oldini olish xususida qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. Xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi tasavvurlarning shakllanishi Tabiat insonning yashashi uchun yaralgan. Inson hayotga kelar ekan, tabiat bilan bir butunligini doimo his qilib yashaydi. U ulg‘aygan sari borliqni, atrofidagi olamni, tabiat in’om etgan barcha noz-u ne’matlarni bus–butunligicha saqlash uchun harakat qiladi. Undan foydalanish va yashash uchun kurashadi. О‘zi bilgan barcha narsalarni о‘zidan keyingi avlodga qoldirishga harakat qiladi. Ona tabiatdagi mо‘jizalardan ongli ravishda foydalanadi, hayotiy tajriba va ta’lim - tarbiya manbai о‘chog‘i — Ona tabiat ekanligini anglab yashaydi. Tabiat in’om etgan bilimi va boy tafakkuri bilan kelgusi avlodlarga о‘zining merosini qoldiradi. 236 4-ilova: «Qanday» organayzerini to‘ldiring Qanday? Qanday Qanday? Qanday? Qanday? Qanday? Qanday? Qanday? 5-ilova: Mustaqil ish uchun topshiriq: «Piramida» organayzerini to‘ldiring: Ekologik ongning sayozligi qanday zararli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin? Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va “Qanday” savoli orqali muammo hal qilinadi. “Ekologik ong” kuchaytirish omillari”ga misol keltiring: 237 Mavzu: Ekologik ong va etnomadaniyat Reja: 1. Ekologik ongning etnomadaniyat bilan uyg‘unligi. 2. Ekologik madaniyat va etnoekologik an’analar haqidagi tarixiy falsafiy manbalar. 3. Xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi tasavvurlarning shakllanishi. 4. Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni yechishda davlat tashkilotlarining roli 1-masalaning bayoni: Bugungi kunda qator manbalarda “ekologik ong” atamasi qо‘llanilmoqda. Xо‘sh, ekologik ongning о‘zi nima, uning qanday belgilari bor? Ma’lumki, inson butun borlig‘i bilan tabiatga bog‘langan. Tabiatni obyekt sifatida idrok etish, tabiat bilan о‘zaro ta’sirga kirishish, tevarak-olam bilan bо‘lgan munosabatlarni yо‘lga qо‘yish – ekologik ongning eng muhim belgilari bо‘lib, mazkur ijtimoiy ongga antropotsentrizm, antiekologizm va ijtimoiy optimizm xosdir. Mazkur qoidalar quyidagilarda о‘z ifodasini topadi: 1) Odamlar genetik irsiylikdan tashqari madaniy irsiylikka ham ega bо‘lganligi bois, inson yer yuzidagi u hukmronlik qiladigan boshqa barcha jonzotlardan sifatiy farqlanadi. 2) Inson faoliyatini biofizik emas, aynan ijtimoiy va madaniy omillar belgilaydi: inson tabiat kontekstida emas, ijtimoiy kontekstda yashaydi. 3) Texnologik va ijtimoiy progress cheksiz davom etadi va barcha ijtimoiy muammolar u yoki bu darajada о‘z yechimiga ega bо‘ladi. Ekologik ongning zamonaviy antropotsentrik kо‘rinishi bu olam tо‘g‘risidagi quyidagi jihatlar xos bо‘lgan tasavvurlar tizimidir: 1) tabiat va inson о‘rtasidagi ziddiyat oliy qadriyat bilan uning mulki о‘rtasidagi munosabatlarda о‘z aksini topadi (inson oliy qadriyat tabiat uning mulkidir); 2) tabiatni inson tomonidan bir tomonlama ta’sir kо‘rsatish obyekti sifatida idrok etilishi, 3) tabiat bilan о‘zaro ta’sirga kirishish motivlar va maqsadlarini pragmatik kо‘rinishi. XX asrning 20-30-yillarida AQShda rо‘y bergan “buyuk depressiya” dan keyin yangi “ekologik defitsit” deb nom olgan muammo insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotida yuzaga keldi. Ekologik sotsiologiya mutaxassislari insoniyat kelajagi tо‘g‘risidagi tasavvurlar voqelikdan ancha chetlashishi mumkinligini prognoz qilmoqdalar. Global miqyosida rо‘y beradigan ekologik defitsit odamlarni “har kim о‘zi uchun” yoki “imkoniyati borlar о‘zini qutqarsin” tamoyillariga binoan harakat qilishga undaydi. Hayotiy zarur manbaalar uchun kurash ijtimoiy aloqalarni uzilishiga, axloqiy qadriyatlar devalvatsiyasiga (qadrsizlanishiga) olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatning yuzaga kelishi insoniyat va tabiat о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarning yangi tizimini shakllantirish zaruriyatini paydo qildi. Bu xol “yangi invayronmental” paradigmasini vujudga keltirdi (New Environmental Paradigm). Invayronmentalizmning asosiy xususiyati shuki, nafaqat nazariya, balki jamiyatning ekologik yо‘nalishdagi “yashash siyosatini” shakllantirish va inson faoliyatining kognitiv va prakseologik sohalarini kengaytirishga yо‘naltirilgan ma’lum kommunikativ amaliyot ekanligidir. “Yangi invayronmental” paradigmaga asoslangan ekologik ong ekotsentrik deb nomlangan, chunki unga quyidagi xususiyatlar xosdir: 1) Tabiat bilan insoniyat о‘rtasidagi uyg‘un taraqqiyot oliy qadriyatdir. Inson tabiat mulkdori emas, tabiiy hamjamiyatning bir a’zosidir. 238 2) Olamning shajaraviy manzarasidan voz kechish. Inson aqli borligi uchun alohida e’tiborga molik deb e’tirof etilmaydi, aksincha, uning aqli borligi uni qurshab turgan tabiatga bо‘lgan munosabatlariga qо‘shimcha majburiyat kiritadi. Odamlar olami bilan tabiat olami bir tizimning xalqalari bо‘lganligi uchun bir-biriga qarshi qо‘yilmaydi. 3) Tabiat bilan о‘zaro ta’sirga kirishish maqsadi nafaqat inson extiyojlarini maksimal darajada qondirishdir, balki, butun tabiiy hamjamiyatlarning extiyolarini inobatga olishdan ham iborat. 4) Tabiat bilan о‘zaro ta’sirga kirishish “ekologik imperativ” shiori bilan belgilanadi: tabiatdagi ekologik muvozanatni buzmaydigan narsalar va hatti-harakatlar tо‘g‘ri va ma’qullangandir. 5) Tabiat va barcha tabiiy narsalar inson bilan о‘zaro ta’sirga kirishish bо‘yicha teng huquqli subyekt sifatida idrok etiladi. 6) Axloqiy meyorlar va qoidalar nafaqat odamlar о‘rtasidagi о‘zaro ta’sirga, balki tabiat olami bilan bо‘lgan о‘zaro ta’sirga ham taalluqlidir. Ekologik ongning sotsiogenez jarayonidagi taraqqiyoti quyidagi о‘lchamlarda о‘z ifodasini topadi: a) psixologik qarama-qarshilik – uyushuv, b) tabiatni obyekt-subyekt sifatida idrok etilishi, v) tabiat bilan о‘zaro munosabatga kirishishning pragmatik- nopragmatik kо‘rinishi. Ijtimoiy ekologik ong sotsiogenezida antropotsentrik va ekotsentrik tendensiyalar kuzatiladi. Antropotsentrik tendensiya quyidagilarda о‘z ifodasini topadi: ibtidoiy ong — antik ong — xristianlik — kartezianlik. Ekotsentrik tendensiya quyidagilarda о‘z ifodasini topadi: invayronmental konservatsionizm – ekologizm – universal axloq. Sharq madaniyatlariga xos bо‘lgan ekologik ong taraqqiyotiga quyidagi tendensiyalar tо‘g‘ri keladi: sharqona diniy-falsafiy tizimlar, ibtidoiy ekologik ong kо‘rinishini saqlab qolishi bilan tabiatni ma’naviy qadriyat sifatida idrok etishni kuchaytirgan. 2-masalaning bayoni: Tabiatni avaylab-asrash odobi zardushtiylik dinida ham targ‘ib qilingan. «Avesto» kitobida dunyoning moddiy asosi deb hisoblangan yer, tuproq, havo muqaddaslashtiriladi. Yer va havo shunday e’zozlanganki, havoni bulg‘ash, ifloslantirish, hayvonlar о‘ligi, u yoqda tursin, hatto odamlar jasadini ham yerga kо‘mish gunohi azim hisoblangan. Tabiat qonunini buzganlar uchun ularning jasadlarini maxsus «Ostodon» deb atalgan sopol idishlarga kо‘mish urf bо‘lgan. Qabrlar juda chekkada, aholidan ancha narida bо‘lgan. Ariqlar va daryolar suvidan faqat ichish uchun foydalanish mumkin, unda chо‘milish, najas bilan harom qilish, tupurish, hayvonlarni oralatish ta’qiqlangan. Tabiat in’omlarini asrashni ular о‘zlarining burchlari deb hisoblab, uning boyligi havo, suv, yerni muqaddas deb bilganlar. Yer bizni boqadi, unda bug‘doy va ekinlar pishadi. Ekin ekish, ziroatchilik bilan shug‘ullanishni ming marta ibodat qilishdan kо‘ra ulug‘roq deb bilganlar. Ota-bobolarimiz ham azaldan suvga tupurma, tabiatni bulg‘ama, daraxtni sindirma, jonivorni jonsiz qilma, nonni uvol qilma deb о‘git berib kelganlar. 9-asrgacha Markaziy Osiyoda podshohlar, xalifalar har juma kunlari xalq oldiga chiqib, davlat tomonidan chiqarilgan qonunlarga buysunish, itoatkorlik, tabiat ato etgan barcha ne’matlarni asrab-avaylash haqida va’z aytganlar, xalqning ongiga, ruhiyatiga ta’sir etganlar. 9-asrdan keyin esa bu ish notiqlarga yuklatilgan va voiz Koshifiy singari notiqlar dunyo yuzini kо‘rgan. Shuningdek, yozma manbalar ham juda kо‘plab yaratila boshlangan. Bu yozma manbalar yosh avlod ta’lim-tarbiyasi hamda ongiga ta’sir qilish uchun xizmat qilgan. О‘tmishda ajdodlarimiz ona tabiatga munosabatlari buyuk bobokalonlarimiz Abu 239 Ali ibn Sino, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi kо‘plab allomalarimiz biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy meroslari ichida Ona yerning qadr-qimmati, sahovati, tabiatdan olingan noz- ne’matlar barchasi insonlar uchun buyuk tuhfa ekanligi, ona tabiat in’om etgan bu tuhfalarni asrab-avaylash barcha insonlarning burchi ekanligini yozib о‘tganlar. «Sog‘lom muhit-inson salomatligi» shiori ostida О‘zbekiston Ekologik Harakati hamda hududiy bо‘limlar tomonidan о‘tkazilayotgan tadbirlarda aholining ekologik madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishda buyuk allomalarimiz asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yoshlar ruhiyatiga hayotiy saboq bо‘ladigan allomalarimz о‘gitlari о‘z natijasini amalda kо‘rsatadi. Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari tibbiyot ilmining qomusi bо‘lib, о‘rta asrlar tibbiyot ilmining oliy chо‘qqisi edi. Ibn Sino tibbiyot tarixida fizioterapiya asoschilaridan biri hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit ta’siri muhimligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqashi haqida fikr bayon etgan. Havoning toza- musaffoligi inson umrini uzaytirishini quyidagi sо‘zi bilan ifodalaydi. “Agar chang va g‘ubor bо‘lmasa inson ming yil yashardi”. Allomaning yuqoridagi gaplaridan inson sihat-salomatligi, tabiiy sog‘lom muhit bilan uzviy bog‘liqligi ta’kidlab о‘tilgan. Kо‘pgina hollarda ajdodlarimiz о‘gitlariga e’tibor berilmayotganligini, tabiatning bir bо‘lagi bо‘lgan inson о‘z ona tabiatiga nisbatan vahshiyona munosabatini kо‘rishimiz mumkin. Jumladan, qirg‘oq mintaqalarida qо‘y va qoramollarni boqish, sholi va qishloq xо‘jalik ekinlarini ekish holatlari. Barg va xazonlarni yoqish, qurilish ishlarida ochiq maydonlarda bitumni alangalatib yoqish. Noqonuniy daraxtlarning kesilishi kabi qonun buzilish holatlari davom etmoqda. Hadis ilmida ham ekologik muammolarga alohida e’tibor berilgan, xususan, о‘tmish ajdodlarimizning zaminga munosabatlari, qarashlari va о‘gitlari hadis ilmiga hamohang tarzda yosh avlod ongiga singdirishga, ularning ta’lim-tarbiyasiga ta’sir kо‘rsatishga qaratilgan. Hadis ilmida insonni tabiat boyliklarini tejab ishlatishga, muhofaza qilishga chorlaydigan fikrlar ham talaygina. Jumladan, “Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan dо‘zaxga tashlanadi”, “Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt о‘tqazsa, sо‘ng uni mevasidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa sababi yoziladi. Suv — muqaddas unsurlardan biri”, “Suvga tupurma, makruh bо‘ladi” degan naqllar uchraydi. Tabiat va uning mahsullari inson uchun ekan, barcha tirik mavjudotlarni, о‘simliklarni himoya qilish hamda suv, tuproq, havo, olov kabi unsurlardan oqilona foydalanishimiz muhim. Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling