«etnomadaniyat»
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Elektron ta’lim resurslari: 1.www. tdpu. uz
- 17-mavzu: ETNOMADANIYAT VA ETNOPSIXOLOGIYA 17.1.Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
- O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
- Etnomadaniyat va etnopsixologiya
- Xalqlar etnopsixologiyasining о‘ziga xos xususiyatlari
- Etnopsixologiyaning muayyan xalqning bioetnogenetik xususiyatlar bilan bog‘liqligi
- Etnopsixologik xususiyatlarni shakllantiruvchi
2-masalaning bayoni: Tarixdan ma’lum bо‘lgan mustabid tuzumlarni qiyosiy tahlil etish ular amal qilgan mafkuralarning quyidagi umumiy xususiyatlarini hamda bu g‘oyani amalga oshirish bilan bog‘liq qator salbiy oqibatlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Avvalo, mustabidchilik mafkuralari о‘z davlatlarida ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha sohalarini tо‘liq qamrab olishga, yagona dunyoqarash tizimi hukmronligini о‘rnatishga intildilar. Bu mafkuralar buyuk va yorqin о‘tmishni inkor etadilar. Ular jamiyatni inqilobiy yо‘l bilan yoppasiga qayta tuzish zarur va uni amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydilar. О‘zlarigacha bо‘lgan milliy madaniy meros va qadriyatlarning barchasini yohud kо‘pchiligini bekor qilib, ularni faqat о‘z tamoyillari bilan alishtiradilar. Masalan, sobiq Ittifoq davrida yagona kommunizm mafkurasi ana shunday holga tushgan edi. Uning asosiy g‘oyalari sobiq shо‘rolar hokimiyati rahbarligida zо‘rlik bilan amalga oshirildi. Natijada bu mafkura yakka hukmron bо‘lib qolgan edi. U XX asrning 80- yillarida tanazzulga yuz tutdi. 1991 yilda sobiq Ittifoq tarqalib ketishi bilan uzil-kesil inqirozga uchradi. Buning sabablari nimalardan iborat? Bularning barchasi bolshevistik - yagona kommunistik mafkuraning taraqkiyot talablariga mutlaqo zid ekanini yaqqol namoyon etdi. Shu bois u yangi zamonaviy talablarga dosh berolmay, о‘z davlati bilan birga tarixga aylandi. Yagona mafkura hukmronligini da’vo qilib, uzoq о‘tmishga qaytishga chaqiruvchi islom fundamentalizmi gо‘yoki bundan mustasnodek tuyuladi. Biroq, aslida bunda ham о‘sha andoza saqlanib qoladi. YA’ni, islom fundamentalizmi tarix g‘ildiragini о‘rta asr jaholati davriga qaytarish niqobi ostida, birxillashtirgan mustabid «kelajak»ning о‘ziga xos andozasini taklif etadiki, unda inson fuqarolik huquqlaridan tо‘liq mahrum qilinadi, haqiqatdan diniy aqidaparastlik terroriga duchor etiladi. Milliy g‘oya ruhiga yot bо‘lgan salbiy xislatlardan biri – boqimandalik, loqaydlik bо‘lib, bu mehnat kishilarining g‘ayratini, tashabbusini bо‘g‘ib kelgan о‘tmish tuzumdan meros bо‘lib о‘tdi va hozir ham ayrim kishilarning faolligiga salbiy ta’sirini о‘tkazmoqda. Mustabid tuzum sharoitida xalqning kundalik ongi, ijtimoiy ruhiyati bilan rasmiy mafkura orasida keskin tafovut, ziddiyat vujudga kelgan. Munofiqlikka asoslangan, yakka hukmronlikni da’vo qilgan rasmiy mafkura real hayotni, odamlarning his-tuyg‘ulari va orzu-niyatlarini aks ettirmay qо‘ygan edi. Ijtimoiy ongdagi bu uzilish natijasida odamlarda ichki norozilik ortar, vaziyatdan chiqish yо‘li yо‘qligi uchun tushkunlik, umidsizlik kayfiyati kuchayar edi. Ayrimlar bu soxta g‘oyaga ishonar edi. 264 Milliy istiqlol g‘oyasining muhim vazifasi – kelajakka komil ishonch, erkin va farovon hayotga umid hissini tarbiyalashdir. Xalqimiz azaldan noumidlikni, ruhiy tushkunlikni qoralab kelgan. Milliy qadriyatlarimiz orasida boriga shukur qilish, yо‘g‘iga sabr qilish, yorug‘ kunlarni orzu qilib, armonlar ushalishiga niyat qilish ustuvor bо‘lib kelgan. Qiyinchiliklar oldida chekinish, g‘ayrat qilish о‘rniga xasrat bilan kun о‘tkazish, pana-panada ig‘vo-bо‘xton tarqatish milliy g‘oya ruhiga yot, qadriyatlarimizga zid illatlardir. Milliy qadriyatlar о‘tmish mustabid tuzum sharoitida tazyiq va tahqirga uchragan, ularga «eskilik sarqiti», «о‘tmishning qoldig‘i» degan tamg‘alar bosilgan edi. hatto, bolani beshikka belash, isiriq tutatish, maxsi-kavush kiyish, oyoqni sandalda issiq tutish kabi beg‘ubor odatlar ham shu tahqirdan chetda qolmagan. Mustamlakachilik siyosati soxta qadriyatlar, begona taomillarni zо‘rlab kiritishga urindi. Xalqimizning ruhi va tabiatiga zid bо‘lgan – ichkilikbozlik va giyohvandlik, behayolik va andishasizlik illatlari ildiz ota boshladi. Milliy ma’naviy qadriyatlarni himoya qilish millatchilik deb baholandi. О‘zbekistonning mustaqilligi ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Milliy istiqlol g‘oyasi bu qadriyatlarni tiklashni yanada yuqori bosqichga kо‘tarishga xizmat qiladi. Milliy istiqlol g‘oyasining shakllantirilishi va uning о‘quvchilar, talabalar, keng aholi tomonidan о‘rganishga kirishilishi mamlakatimiz ma’naviy taraqqiyotida alohida bosqichni tashkil qiladi. Aslida milliy istiqlol g‘oyasining negizlari chuqur. U xalqimizning milliy madaniy merosidan, ezgu g‘oyalaridan oziqlanadi. Lekin, bu g‘oyani yoshlar va aholi ongiga singdirish uchun muayyan poydevor kerak edi. YA’ni, avvalo milliy qadriyatlarni, milliy ma’naviyatni tiklash, milliy g‘ururni uyg‘otish, bir sо‘z bilan aytganda, milliy istiqlol g‘oyasi tomir otishi va gurkirab rivojlanishi uchun zamin tayyorlash lozim edi. Mustaqillik qо‘lga kiritilgandan buyon о‘tgan davr ichida ma’naviyat sohasida ulkan nazariy, ma’rifiy va amaliy ishlar bajarildi. Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari tuzildi, yuzlab maqola va risolalar nashr etildi, tadqiqotlar о‘tkazildi, ta’lim tо‘g‘risida milliy dastur qabul qilindi. Bir sо‘z bilan aytganda, milliy istiqlol g‘oyasini keng targ‘ib qilish uchun zamin yaratildi. Milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilishda, bizningcha ba’zan birtomonlamalikka yо‘l qо‘yilmoqda. Bu g‘oyani targ‘ib qilishda ishtirok etayotgan murabbiy va о‘qituvchilar, tadqiqotchilarning chiqishlarida, maqola va risolalarida ma’rifatchilik bilan cheklanish kо‘zga tashlanmoqda. Holbuki, ma’naviyatni rivojlantirishda asosiy yondashuv ma’rifiy yondashuv bо‘lsa ham milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilishda bu yondashuv bilan cheklanib bо‘lmaydi. Bu hol milliy istiqlol g‘oyasining xususiyatlari bilan bog‘liq. 3-masalaning bayoni: Milliy g‘oya, etnomadaniyat kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlar tushunchalari ham mavhum narsalar emas. Umuman, milliy qadriyatlarsiz umuminsoniy qadriyatlar ham bо‘lmaydi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlarning о‘ziga xos majmuasidir. Masalan, har bir millat, xalqning asl fuqarosi о‘z vatanini obod, xalqini farovon kо‘rishni istaydi. Ma’lumki, bu milliy istiqlol g‘oyasining bosh maqsadidir. Shu bois milliy va ma’naviy umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyatining muhim zaminini tashkil qiladi. Umuminsoniy qadriyatlar о‘zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilish, dunyodagi kо‘plab xalqlar, elatlar, millatlarning о‘tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, о‘zida jahon sivilizatsiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan mintaqaviy, milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi. 265 Aytish joizki, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir – biri bilan bevosita bog‘liq. Ularning har ikkalasi bir – biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini tо‘ldiradi, mazmunan va mohiyatan boyitadi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad, intilishlarining yaxlitligi, umumiyligini ifodalaydi. Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarda barcha millat va elatlar manfaatlarini himoya qilish kо‘zda tutilgan. Hatto mayda millat deb e’tirof etilgan millat vakillarini ham. О‘zbekiston hududida qadim-qadimdan kо‘plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib keladi. Ular о‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bо‘lmagani xalqimizning azaliy bag‘rikengligini kо‘rsatadi. Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni о‘zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadi istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir. U xalqimizga bо‘lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi. U dо‘stona munosabatlar ustun bо‘lgan sharoitda ijtimoiy taraqqiyotning omili sifatida maydonga chiqadi. «О‘zbekiston xalqi» tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yо‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar о‘rtasidagi о‘zaro hurmat, dо‘stlik va hamjihatlik uchun ma’naviy asos bо‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari Konstitusiyamizda «О‘zbekiston Respublikasi о‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», deb ta’kidlangan. Bu borada hayotimizda kо‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Konstitusiyamizning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bо‘lib, jinsi, irqi, millati, dini ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir», - degan qoida mustahkamlanib qо‘yilgan. 1 E’tibor berilsa, mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg‘ulariga dahldor muhim ahamiyatga ega bir qator tamoyillar belgilab qо‘yilganiga ishonch hosil qilish mumkin. Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat’iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan; Ikkinchidan, fuqarolarning diniy, e’tiqodiy farqlaridan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta’kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma’naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bо‘lsak, mazkur qoidaning hayotiy-amaliy ahamiyati oydinlashadi. Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilikdan g‘ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajavvuzkor millatchilik g‘oyalari bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidaparastlik va irqchilik qarashlaridan о‘z maqsadlari yо‘lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Demak, muayyan hollarda ular omuxtalashgan shaklda ham chiqishi mumkin. Axborot globallashuvi kechayotgan bugungi kunda turli g‘oyalar hech qanday chegaralarni tan olmay kirib kelishini e’tiborga oladigan bо‘lsak, ushbu tamoyilning ahamiyati yanada yaqqol namoyon bо‘ladi. Tarixiy tajriba kо‘p millatli davlatning barqarorligi millatlararo munosabatlarga daxldor huquq va erkinliklarini tо‘g‘ri belgilab qо‘yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga ham bog‘liqligini kо‘rsatadi. 4-masalaning bayoni: Yer yuzida 6,5 milliardga yaqin aholi, 3 mingga yaqin millat mavjud. Ular о‘z qatorida insoniyatning о‘rta hisob bilan 96 foizini birlashtiradi. Qolgan 4 1 О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi -T.: О‘zbekiston 2003. 266 foizi elatlar va qabilalardir. Har bir millatning soni 10 mingdan bir necha yuz minggacha boradi. Millatlar son jihatidan 5 ta guruhga bо‘linadi: 1. Buyuk millatlar: aholisi har biri 100 milliondan ortiq songa ega. 2. Katta millatlar: aholisi 50-100 million atrofida. 3. Yirik millatlar: aholisi 10-50 million atrofida (О‘zbekiston ham) 4. О‘rta sonli millatlar: aholisi 1-10 million atrofida. 5. Kichik millatlar: aholisi har biri bir necha mingdan 1 milliongacha. Sayyoramizda 1600 dan ortiq etnik guruh yashaydi. Ammo ularning kо‘pchiligi о‘z milliy davlatchiligiga ega emas. Dunyo siyosiy xaritasida 200 ga yaqin davlatlar bо‘lib, ular 2 turga: 1) polietnik (kо‘p elatli) va 2) monoetnik (bir elatli) davlatlarga bо‘linadi. О‘zbekiston kо‘p millatli, polietnik davlatdir. . Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: milliy g‘oya, milliy va umumbashariy о‘zlikni anglash, tarixiy xotira, manqurtlik, mafkuraviy muammo, profi-laktika, poligon, plyuralizm, axborotlashgan jamiyat Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Milliy о‘zlikni anglash nimalarga bog‘liq? 2. Umumbashariy о‘zlikni anglash deganda nimani tushunasiz? 3. Tarixiy xotira bilan manqurtlikning qanday bog‘liqligi bor? 4. Jamiyatning axborotlashuvi qanday jarayon? 5. Milliy g‘oyada ma’naviy qadriyatlarga ega bo‘lgan etnos borlig‘i mohiyatining ifodalanishini tushuntirib bering... 6. Sotsializm davri xalqlari ongida milliy g‘oyaga munosabat qanday edi? 7. Millatlararo munosabatlarda mayda millat va elatlar manfaatlarini himoya qilishning qanday ahamiyati bor? 8. Nima uchun madaniyatlararo muloqot mintaqaviy konfliktlarni yechish omili hisoblanadi? Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y. 2.Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:Ma`naviyat.1998 y. 3.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. -T.: Ma`naviyat, 2008 y. 4. Jabbarov I.M. О‘zbek xalqi etnografiyasi. - Toshkent:О‘qituvchi, 1994. 5.Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg‘ona.1998 yil. 6.Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg‘ona. 1998 y. 7. Bekmurodov M. О‘zbek mentaliteti: jamoaviylik va individuallik nisbati. “Hurriyat” gazetasi, 2002 yil, 17aprel. 8. Bekmurodov M. О‘zbek mentaliteti. - Toshkent:“Yangi asr avlodi”, 2004. 9.Mamanazarov N. Mustaqillik va milliy etnik jarayonlar. - Toshkent: 2004. 10. Karabayev U.X. Etnokultura. – Toshkent: Sharq, 2005 Elektron ta’lim resurslari: 1.www. tdpu. uz 2.www. Ziyonet. uz 3.www. edu. uz 4.www. ma’naviyat. uz 5.www.bilim.uz. 267 17-mavzu: ETNOMADANIYAT VA ETNOPSIXOLOGIYA 17.1.Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi: Vaqti –2 soat Talabalar soni: 60-70 nafar O‘quv mashg‘ulotining shakli: Ma’ruza mashg‘uloti: Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi 5. Xalqlar etnopsixologiyasining о‘ziga xos xususiyatlari. 6. Etnopsixologiyaning muayyan xalqning bioetnogenetik xususiyatlar bilan bog‘liqligi. 7. Etnopsixologik xususiyatlarni shakllantiruvchi omillar. 8. Etnomadaniyatda milliy g‘urur va milliy о‘z-о‘zini anglashning ifodasi. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Etnomadaniyat va etnopsixologiya haqida talabalarga atroflicha bilim berib, ularning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishlariga erishish Pedagogik vazifalar: - Talabani qiziqtirish, bilim darajasini oshirish, yo‘naltirish, boshqarish; - Talabani faollashtirib, yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda hamkorlikka chorlab, maqsadga erishish; - An’anaviylikning noan’anaviylik bilan uyg‘unlashuviga muvaffaq bo‘lish O‘quv faoliyatining natijalari: Talaba: - Bilim darajasi yuksaladi; - Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lib boradi; - Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi; - Yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi; - Mavzuni atroflicha o‘rganishga erishadi; - Faol harakat shakllanadi. O‘qitish uslubi va texnikasi Aq charxi, bayon qilish, vizual ma’ruza, blits- so‘rov, klaster usuli O‘qitish vositalari Ma’ruzalar matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proyektor, marker, doska O‘qitish shakli Jamoa, guruhlarda va juftlikda ishlash O‘qitish shart-sharoiti Proyektor, kompyutor bilan jihozlangan auditoriya 268 17.2.Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi: Bosqichlar, vaqti Faoliyat mazmuni: O‘qituvchi: Talaba: 1-bosqich. Kirish (10 min) 1.1. Salomlashib, mavzuga o‘tishdan oldin qisqa daqiqali aql charxi mashqini o‘tkazadi. 1.2.Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalarni ma’lum qiladi(1-ilova) 1.1.Aql charxi uchun ajratilgan qisqa daqiqali jarayonda faol bo‘ladi. 1.2. Ma’ruzaga tayyorgarlik ko‘radi. 2-bosqich. Asosiy qism (60 min) 2.1. O‘tgan mavzuni mustahkamlash hamda birinchi va ikkinchi mavzuni bir biriga bog‘lash uchun savol javob tashkil etadi: 2.2. Savol-javoblar jarayonini yangi mavzu bilan bog‘laydi, ma’ruzani bayon etishni boshlaydi.Taqdimotlar namoyish etadi(2- ilova). 2.3. «NEGA?» organayzerini to‘ldirish orqali “Nega etnopsixologiyani muayyan xalqning bioetnogenetik xususiyatlar bilan bog‘liq deymiz?” savoliga javob berishga talabalarni jalb qiladi(3-ilova) 2.4.Talabalarning fikrlariga aniqlik kiritadi, vizual ma’ruzaning kerakli joylarini yozib olishlarini taklif etadi. 2.1. Savollarni tinglaydi, blits-so‘rov jarayonida ishtirok etadi. 2.2.Ma’ruzani diqqat bilan tinglaydi. 2.3.Chizmani to‘ldirib, o‘qituvchining xulosasi bilan solishtiradi 2.4. Vizual ma’ruzaning kerakli joylarini yozib oladi. 3-bosqich: Yakuniy qism: (10 min) 3.1. Mavzuga yakun yasaydi, darsda faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi. 3.2. Mustaqil ish uchun talabalarga savollar taqdim etadi, ularga yozma javob tayyorlashni topshiradi. 3.1.Eshitadi 3.2.Uyga berilgan vazifani yozib oladi. 1-ilovа: Mavzu: Etnomadaniyat va etnopsixologiya REJA 1. Xalqlar etnopsixologiyasining о‘ziga xos xususiyatlari. 2. Etnopsixologiyaning muayyan xalqning bioetnogenetik xususiyatlar bilan bog‘liqligi. 3.Etnopsixologik xususiyatlarni shakllantiruvchi omillar. 4.Etnomadaniyatda milliy g‘urur va milliy о‘z-о‘zini anglashning ifodasi. 269 O‘quv mаshg‘ulotining mаqsаdi: Etnomаdаniyat vа etnopsixologiya hаqidа tаlаbаlаrgа аtroflichа bilim berib, ulаrning mаvzuni chuqurroq o‘zlаshtirishlаrigа erishish. O‘quv fаoliyatining nаtijаsi: Tаlаbаlаr etnomаdаniyat vа etnopsixologiya to‘g‘risidа bilimgа egа bo‘lаdilаr. 2-ilovа: Xalqlar etnopsixologiyasining о‘ziga xos xususiyatlari Etnopsixologiya muayyan xalqning bioetnogenetik va ruhiy xususiyatlari bilan bog‘liq bо‘ladi. Xalqlarning etnopsixologiyasi va madaniyatida qadimiy donishmandlikning qirralari mujassamlashgan. Etnopsixologiyagа oid аyrim tаdkikotlаrdа muаlliflаr uz millаtlаrini xаddаn tаshkаri kо‘klarga kutаrib yuborish, boshkа kushni xаlklаrdаn ustun kuyish xollаri bulgаnki, bu tаbiiy turli noroziliklаrni tugilishigа sаbаb bulgаn. Shuning bilаn birgаlikdа xаlklаrning vokelik vа tаbiаtni idrok kilish, kiyinish, аvlodlаr tаrbiyasi, аvlodlаr urtаsidаgi munosаbаtlаrdаgi uzаro xosligini xisobgа olmаslik xаm mumkin emаs. 270 Etnopsixologiyaning muayyan xalqning bioetnogenetik xususiyatlar bilan bog‘liqligi Qаdimgi dunyo mutаfаkkirlаri Аristotel, Gerodot, Gippokrаt, Demokrit, Pifаgor vа boshkаlаr bаrchа ijtimoiy vа psixologiya xodisаlаrni tushuntirib berish uchun yagonа bulgаn umumiy tаmoyillаrni, nаzаriyalаrni kidirib topishgа, xususаn, xаlklаrning turli psixologik xususiyatlаrigа egа bulishining sаbаblаrini tushuntirib berishgа xаrаkаt kilаdilаr. Etnopsixologiya xususiyatlаrni vujudgа kelishini ulаr аsosаn, tаbiiy - gogrаfik muxitning tа’siri bilаn boglаb tushuntirdilаr. Mаsаlаn, qаdimgi dunyoni buyuk mutаfаkkiri Gippokrаt (erаmizdаn аvvаlgi 460-375 yil ) uzining "Xаvo. Suv vа kuruklik", degаn аsаridа xаlklаrning turli ruxi y vа jismoniy xususiyatlаrini bevositа iklim shаroiti bilаn boglаgаn xoldа tushintirib berdi. Etnopsixologik xususiyatlarni shakllantiruvchi Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling