Etnonim ekzotizmlarni inglizcha tarjimada berish muammolari


Download 18.97 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi18.97 Kb.
#1089320
Bog'liq
konferensiya ma\'ruza


Etnonim ekzotizmlarni inglizcha tarjimada berish muammolari
Avvalo, ekzotizm tushunchasiga izoh beradigan bo‘lsak, ekzotizm - ma’lim bir xalqning, mamlakatning milliy, madaniy hayotini o‘zida aks ettiruvchi va tarjimada ekvivalenti mavjud bo‘lmagan so‘zdir. Masalan, o‘zbek tilidagi ekzotizmlar: adras, atlas, Navro‘z, sumalak, tandir, palov… Yoki boshqa tillardagi kiyim-kechak nomlari: kemano,burqa, salla,chodra, pul birliklari: so‘m,rubl, dollar, siyosiy tashkilot muassasa nomlari: reyxstag, senat,kortes, shamollar nomlari:tornado,garmsel musiqa asboblari nomlari: rubob, fleyta,agogo…
Ekzotizmlar ko‘plab tematik guruhlarga bo‘linadi. Shundan etnonim ekzotizmlarga maqolamizda alohida e’tibor berilgan. Etnonim ekzotizmlar bu xalqning milliy, madaniy hayoti, qarashlarini o‘zida aks ettirgan joy nomlaridir. Ularni tarjima qilish qanday jarayon? Unda nimalarga e’tibor berish kerak? Qanday muammolarga duch kelinadi kabi savollarga javob berishimiz kerak. Boshqa tematik guruhlarga qaraganda etnonimlarni to‘g‘ri tarjima qilish ahamiyatli. Chunki onamastik va etnonim ekzotizmlar xalqning o‘zligini, nasl-nasabini, milliy ruhini ifodalaydi. Oʻzbek tili etnonimlarga boy boʻlib, ular negizida xalqning qadimiy totemistik tasavvurlari (bahrin, toyloq, lochin, qargʻa, qoraqush, ilonli, kaltatoy), tamgʻa, maxsus belgilarga asoslanish (taroqli, toʻgʻali, qaychili, qoʻshtamgʻali, oʻroqli, bolgʻali), son, miqdor tushunchalariga tayanib nomlash (ming , qirq, mangʻit, nayman, oltioʻgʻil, beshbola, toʻrtuyli, beshuyli), hajm, shakl tushunchalari (kattajuz, kichikjuz, parchayuz), rangtus bilan bogʻliq tushunchalar (oqmangʻit, oqtana, oqtelpak, oqtoʻnli, qoratelpak, qoramangʻit, qoranayman, olakoʻylak, olatoʻn), etnosning ijtimoiy-siyosiy ahvoli, mavqei (beklar, beklartoʻpi, boylartoʻp, mirzatoʻp, malikbachcha), etnosning kasbkori (ayronchi, kiyikchi, iyarchi, baydoqchi, tevachi, toʻnchi, tugʻchi, shotirchi, ovchi, mergan, mirishkor), etnosning yashash joyi, urugʻ, qabila boshliqlarining nomlari yotishini koʻrsatadi.[Vikepediyadan] Ularni tarjima qilishda bir necha muammolarga duch kelishimiz mumkin. Chunki etnonimlarning nomlanishiga qandaydir omil sabab bo‘lgan va bu omil bilan etnonim nomi bir xil tarjima qilinishi mumkin. Masalan: Ming, yuz,qirq kabi urug‘ nomlari miqdor son shaklida tarjima qilinadi: Ming urug‘i vakillari Farg‘ona, Jizzaxda yashashgan. – A thousand descendants lived in Fergana, Jizzakh. Tarjimon dasturlarda ming urug‘i miqdor son ma’nosida tarjima tarjima qilingan. Shuning uchun dastur bazasiga so‘zlar ma’nolari orasida urug‘ nomi ekanligi kiritilib, bir necha misollar berilishi kerak, bu urug‘ nomlari tarjima qilinmaydi: Ming tribes lived in Fergana, Jizzakh.
Etnonimlarni tarjimasi bilan berib bo‘lmaydi, agar tarjimasi berilsa, avvalo, xato bo‘ladi, keyin chet ellik kitobxonning birinchi tasavvuri butunlay boshqa mavzuga o‘zgaradi. Shuning uchun qanday yozilgan bo‘lsa, shunday yozilsin. Faqat so‘zlarda fonetik o‘zgarish bo‘ladi. Quyida ba’zi qonun-qoidalarni keltiramiz:
- O‘ harfi u ga: Navro‘z – Navruz
- G‘ harfi g ga: Mang‘it – Mangit
- X harfi kh ga: Jizzax – Jizzakh
- Q harfi k ga o‘zgaradi: Qashqadaryo – Kashkadarya, Samarqand – Samarkand
- O harfi a ga o‘zgaradi: Toshkent- Tashkent.
Bu fonetik o‘zgarishlar xorijliklar uchun bo‘lishi kerak.Chunki ular bu tovushlarni talaffuz qila olmaydi. Ammo biz o‘zbeklar nima uchun og‘zaki nutqda xuddi ulardek talaffuz qilishimiz kerak?! Masalan Tashkent yoki Samarkand. Shuni aytmoqchimanki, milliy etnonimlarizmizni boshqa mamlakatda yoki boshqa millat vakili bilan suhbat jarayonida aynan o‘zidek talaffuz qilishimiz kerak. Mayli, yozma nutqda ular tushinishi uchun yozilaversin.
Bir narsaga juda ko‘p guvoh bo‘ldimki, biz boshqa millatning tilini ulardek talaffuz qilishimiz kerak, ammo ular majbur emas, xohlagandek talaffuz qilishadi. Agar biz ham tilimizdagi mana shunday o‘ziga xosliklarni o‘zicha talaffuz etsak, ular ham shunga intiladi. Birinchi qadamni avvalo, o‘zimiz tashlashimiz kerak.
Download 18.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling