Etnopedagogika manbalari tizimi
-masala. Afsona, rivoyat, naql, ertak, latifa, loflar tizimining
Download 51.75 Kb.
|
1362580515 41708
4-masala. Afsona, rivoyat, naql, ertak, latifa, loflar tizimining
pedagogik xususiyatlari Afsona – arabcha so`z bo`lib, sarguzasht, sehr-jodu va uydirmaga asoslangan hikoya ma`nosini anglatadi. Afsonada xalq orzusidagi qahramonlar vositasida dushmanlarni, tabiat stixiyalarini daf etishga mifologik obrazlar yordamida erishiladi. Ular o`quvchini ushbu qahramonlarga o`xshashga, ularga xos tarbiyaviy sifatlarni egallashga undaydi. Rivoyat – hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi etnopedagogik manba bo`lib, unda tarixiy voqealar, ayrim shaxslar va geografik joy bilan bog`liq voqealar, ularning bunyod yoki vayron etilishi hikoya qilinadi. Rivoyat o`quvchida Vatanga, ajdodlarga, xalqqa muhabbat, zulmga nafrat, do`stlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ma`naviy va jismoniy kamolotga intilish hissini uyg`otadi. Naql – axloqiy-didaktik vazifani bajaruvchi, axloqiy sifatlar, fikrlash qobiliyatini o`stirishga qaratilgan etnopedagogik janrdir. Masalan: “Ko`rpangga qarab oyoq uzat”, “Har kim qilsa o`ziga”, “Odam-odam bilan tirik”, “Qaqillashi biznikida, tuxum qilishi qo`shninikida” kabi. Naqllarda salbiy-tarbiyaviy sifatlarga ijobiy-tarbiyaviy sifatlar qarshi qo`yiladi. Garchi, To`g`rivoy (Yaxshivoy, Soddavoy) yo`lda Egrivoy (Ayyorvoy, Yomonvoy) ga aldanib qolsada, keyinchalik sehrli yordamchilar tufayli u g`alaba qilib, murodiga yetadi. Egrivoy esa misi chiqib, sharmanda bo`ladi. Naqllarda yashirin holda tarbiyaviy o`gitlar ifodalanib, nihoyasida qissadan hissa chiqariladi. Ertak – qadimgi turkcha “Etuk” (M. Qoshg`ariy)suzidan olingan bulib, biror voqeani og`zaki so`zlash ma`nosini anglatadi. Ertak – Surxon, Qashqa, Farg`ona vohasi, Samarqandda “matal”, Xorazmda “varsaqi”, Toshkent atrofida “cho`pchak” deb ataladi. Ertaklarda mo``jiza yoki sarguzasht ma`lum voqea-hodisalarni hayot bilan bog`lab, haqiqat, ozodlik, to`g`rilik, odamiylik, olijanoblik g`oyalarini targ`ib etadi. Shuning uchun ular bolani o`ziga ko`proq jalb etadi. Ertaklar ham didaktik, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Jumladan: “CHol bilan kampir”, “Bulbuligo`yo”, “Ur to`qmoq”, “Uch og`a-ini botirlar”, “Bo`ri bilan qo`zichoq”, “Baxtli kal” singari ertaklar shular jumlasidandir. Ertaklarning hayvonlar, qushlar haqidagi turlari, mitti polvonlar (“No`xatvoy”, “Quloqvoy”, “Ҳandalak polvon”, “Yapaloqpolvon” ...) haqidagi turlari, bir yoki ikki epizodli satirik ifoda vositasida salbiy tarbiyaviy sifatlarni tanqid, masxara qiluvchi etnopedagogika turidir. O`zbeklarda latif qaytarish, so`zga chechanlik musobaqasi shaklida o`tkaziladi. mavjud. Latifa arabcha – latif, mayin, lutf demakdir. Latifa satira va yumorga asoslangan bo`lib Ulug` Vatan a asarlarining tipik qahramoni Nasriddin afandi hisoblanadi. U latifalarda o`ta aqlli, noziktabiat, insonparvar, mehnatsevar kishi sifatida salbiy axloqiy sifatli kishilarni masxara qiladi. Zaxarxanda kulgi, kinoya, kesatiq, xazil-mutoyiba vositasida yomonliklarni bartaraf qiladi. Lof – mustaqil etnopedagogik tur bo`lib, ularda notabiiy voqealar, salbiy xislatlar tanqid ostiga olinadi. Loflar mubolag`ali epizodga mantiqiy mos javoburushi yillarida dushmanga nisbatan nafrat ruhidagi xalq qo`shiqlari yaratildi. Ularda qahramonlikka chorlovchi ruh ustun darajada edi: Download 51.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling