Etnopsixalogiya va gender muammosi


Xotin-kizlar va ish joyi: tarixiy sharh


Download 33.68 Kb.
bet2/4
Sana03.12.2023
Hajmi33.68 Kb.
#1796995
1   2   3   4
Bog'liq
ETNOPSIXALOGIYA VA GENDER MUAMMOSI

Xotin-kizlar va ish joyi: tarixiy sharh
Sanoatgacha bo’lgan jamiyatning aksariyat qatlamlari uchun (zamonamizdagi «uchinchi dunyo» mamlakatlari uchun) ishlab chiqarish faoliyati va uy ro’zg’or ishi ajratilgan emas edi. Ishlab chiqarish uyda yoki uy yaqinida olib borilar edi. O’rta asrlar Yevropasida oilaning barcha a’zolari birga dehqonchilik qilar yoki hunarmandchilik bilan shug’ullanar edi. Shaharlarda ustaxonalar uy ichida joylashgan bo’lib, barcha ishlab chiqarish bilan mashg’ul bo’lar edi. Masalan, gazmol to’qipshi olsak, bolalardan tortib, kattalargacha bu jarayonda ishtirok etar edi. Ayollar va bolalar non pishirish va tikuvchilik, etiqdo’zlikda erkaklar bilan baravar ishlar edi. Ishlab chiqarishdagi o’rni tufayli ayollar uyda katga obro’ga ega edi, vaholanki siyosat yoki urushga ular yaqinlashtirilmas edi. Hunarmandlar va fermerlarning buxgalterlik hisob-kitoblarini ko’pincha xotinlar yuritar edi, erining o’limidan so’ng uning ishini xotini davom ettirardi.
Sanoat rivojlanib, sharoit o’zgargach, vaziyat ham o’zgardi. Endi asosiy ishni mashinalar bajarar, ularni vazifalari aniq belgilangan odamlar boshqarar edi. Ishchilar bilan shartnoma tuzilar, endi oila a’zolari ishga jalb qilinmas edi. Biroq Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida oila-ni butunisicha ishga yollash davom etgan.
Bunday chegaralash tartibi yo’q bo’lgach, uy bilan ishning farqi yaqqol namoyon bo’ldi. Ayollar uydagi mulk deb qaraladigan bo’ddi. Jamiyatning turli qatlamlarida ayol kishining joyi — uyda degan qarashga turlicha munosabat mavjud edi. Boy ayollar xizmatkor va enaga yollar, kambag’allar esa qiynalar edi. Ular ham uyda ishlar, ham ishlab, ham eriga qarashishi kerak edi.
XIX asrning ikkinchi yarmigacha ayollar ijtimoiy mehnatga keng jalb etilmagan edi. 1910 yilgacha Buyuk Britaniyada ish-laydigan ayollarnysh uchdan biri yoki xizmatkor yoki enaga edi. Asosan, turmushga chiqmagan qizlar ishlar edi; ularning oyli-gi ota-onasiga jo’natilar edi. Erga tekkach ular ishdan bo’shar edi. O’shandan buyon ishchilar orasida ayollar soni doimiy ravishda ortib bordi. Birinchi jahon urushida ishchi kuchining yetishmasligi bunga muhim omil bo’ldi. Urush paytida ayollar erkaklar bajaradigan ko’p ishlarni qilishgan. Urushdan qaytgach, erkaklar yana o’z o’rinlarini egallashdi, biroq ortga yo’l yo’q edi. Bugungi kunda Yevropa mamlakatlarining aksariyatida, jumladan, Buyuk Britaniyada 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan ayollarning 50%i ish haqi to’lanadigan doimiy ish joyiga ega. Ayniqsa, oilali ayollar orasida bandlik keng tarqalgan. Buyuk Britaniyada bolasi 3 yoshgacha bo’lgan ayollarning 40%i uydan tashqarida mehnat qiladi. Ayni paytda haq to’lanadigan mehnat bilan band bo’lgan erkaklarga nisbatan bunday ayollar kamdir. 25 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklarning 80 %i haq to’lanadigan ishga ega. Ayollar bandligining ko’payishi erkaklarni siqib chiqarish evaziga emas, umumiy ish joyining ko’payishi tufayli sodir bo’lgan.

Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling