Etnopsixologik tadqiqotlarda ishlatiladigan metodlar


Download 70.08 Kb.
bet3/5
Sana04.10.2023
Hajmi70.08 Kb.
#1692058
1   2   3   4   5
Bog'liq
etno.ya3amaliy

Etnopsixologik tadqiqotlar o’tkazishni maqsad qilib qo’ygan har qanday tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muhit sharoitlarining xilma xilligi va ularning o’zaro bir birlariga ta’sir ko’rsatishini inobatga olmog’i zarur. Bu narsa etnopsixologik tadqiqot dasturini tuzishda albatta hisobga olishi kerak. misol uchun, O`zbekiston sharoitida tadqiqot o’tkazilmoqchi bo’linsa, quyidagi narsalarga e’tiborni qaratish lozim: 1) shu xudud sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bo`lgan umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullarini ; 2) faqat o’zbek millatiga xos bo`lgan psixologik sifatlar va omillarni aniqlash; 3) aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarni o’lchaydigan yoki eksperimental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarda moslash; 4) tadqiqotchilar guruhini tekshirilayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki, tadqiqot obyekti hisoblangan guruhda o’sha guruh tilida tadqiqot o’tkazish kerak, chunki tekshiruvchilarga qo’yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun tushunarli bo’lsin. 

U yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik steriotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo’q, shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga moslash kerak bo’lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, so’rovnomalar, shkalalar savollarini) tarjima qilish tarjimondan yuksak bilimdonlik va professional sifatlarini talab qiladi. Aks holda, metodika o`z qiymatini yo’qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki o’lchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal (og’zaki berilgan) testlarni turli sharoitlarda qo’llab, olingan ma’lumotlarni sharxlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o’zgarganligi ko’plab tadqiqotlarida isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni qo’llashdan oldin uni kichikroq guruh doirasida sinab kurish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yerdamchi metodlar yerdamida qayta sinovdan o’tkazish yo’li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir. 


Download 70.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling