Etnopsixologik tadqiqotlarda ishlatiladigan metodlar


Download 70.08 Kb.
bet4/5
Sana04.10.2023
Hajmi70.08 Kb.
#1692058
1   2   3   4   5
Bog'liq
etno.ya3amaliy

U yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik steriotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo’q, shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga moslash kerak bo’lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, so’rovnomalar, shkalalar savollarini) tarjima qilish tarjimondan yuksak bilimdonlik va professional sifatlarini talab qiladi. Aks holda, metodika o`z qiymatini yo’qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki o’lchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal (og’zaki berilgan) testlarni turli sharoitlarda qo’llab, olingan ma’lumotlarni sharxlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o’zgarganligi ko’plab tadqiqotlarida isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni qo’llashdan oldin uni kichikroq guruh doirasida sinab kurish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yerdamchi metodlar yerdamida qayta sinovdan o’tkazish yo’li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir. 


Hozirgi paytda etnopsixologik muammolar orasida eng muhim yoki bu millat vaqillaridagi etnik steriotiplarni tadqiq qilishdir. Rus tadqiqotchisi G. U. Ksoevaning yozishicha, bu yerda 4 guruhli metodlarni ko’rsatish mumkin:
1. Shkalali o’lchov metodlari - ular asosan millat vakillaridagi turlicha etnik ustanovkalarini tekshiradi. Masalan, Bogardusning mashxur shkalasi: qiyosiy fikrlash yo’li bilan berilgan juftliklar - ustanovkalarini har bir tekshiruvchi tomonidan aniq baholanishiga asoslangan. Yoki Laykartning "Baholashlar yig’indisi" metodi ham u yoki bu millat vakiliga xos ustanovka - fikrlariga tekshiruvchining e’tirozi yoki e’tirofini aniqlaydi. Bu metodlar butun jahon miqyosida ko’pgina tadqiqotlarda ishlatilgan va joy sharoitlariga moslashtirish jihatidan rekord qo’ygan desak bo`ladi. 
2. Kuzatish va so’roq metodlari - bunda o’sha madaniy muhitga xos bo`lgan, uning bevosita boyliklari hisoblangan moddiy va ma’naviy qadriyatlar, maishiy sharoitlar, odatlar, an’analar va hokazolar tashqaridan o’rganiladi. So’roq metodalari ichida ko’proq anketa usuli qo’llaniladi, bunda ham millat vakilining turmush tarzi, avtobiografik ma’lumotlari aniqlanib, ilmiy xulosalar kontent - analiz qilinadi. Amerikalik olimlar D. Kats va Breylilar so’roq metodining o’ziga xos ko’rinishini etnik steriotiplarni aniqlashda ishlatishgan. Masalan, ular qiziqtirayotgan masala bo`yicha imkoni boricha ko’p javoblar ichidan "O’zinikini" tanlab belgilashni so’rashgan. Bundan tashkari, 84 xil sifatni o`z ichiga olgan ro’yxatdan o`z millatiga va boshqa millatga xos bo`lgan 5 yetakchi sifatni ajratib berish topshirigini berishgan. Shu yo’l bilan etnik steriotiplar aniqlangan.
3. Proektiv metodlar - bu guruhga asosan Rorshaxning "Siyoh dog’lari" testi, tematik appersepsion test (TAT), boshlangan jumlalarni tugatish testi, fotosuratlarni baholash testi, Lovenfeldning mozaikalari testi va boshqalar kiradi. Mavhum berilgan topshiriqlarni bajarish sifati va javoblarining yo’nalishi bo`yicha turli millatlarga oid steriotiplar o’rnatilgan. 
4. Shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar. Masalan, G. Deyker va N. Fridlarning milliy xarakter xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan testlari. Ular asosan shaxsning ta’sirchanligi va hissiy reaksiyalarini o’rganadi. Bundan tashqari, shu guruh testlarga alohida intellektni tekshiruvchi, ma’naviy dunyoqarashni o’rganish, adolat hissini aniqlash, badiiy testlar va boshqa testlari kiradi. Ayniqsa, milliy steriotiplarni aniqlashda millatning tilini barcha tilshunoslik uslublari bilan o’rganib chiqish ham juda qimmali ma’lumotlar to’plash imkonini beradi. Chunki, til u yoki bu millat vakilining o’ziga mansub millatga xos milliy qadriyatlarni, steriotiplarni o’zlashtirishida asosiy vosita rolini o’ynaydi. Shuning uchun ham etnopsixolog o`z tadqiqotlarini tilshunos, etnograf, etnolog, sotsiolog, tarixchilar hamkorligida o’tkazadi. 

Download 70.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling