Etnopsixologiya


Download 14.43 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi14.43 Kb.
#1521218
1   2   3   4   5
Bog'liq
Etnopsixologiya-fayllar.org

Milliy did - bu xalq va millatning ko‘pchilik vakillarida tarixiy jihatdan vujudga kelgan go‘zallik va hunuklik to‘g‘risida beriladigan bahodir. Milliy did o‘zida milliy o‘ziga xoslikni mujassamlantirgan bo‘lib, hissiy va ruhiy jihatdan milliy psixologik qiyofaning xarakterli xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham uni xalq hayoti va turmushidan ajratib tushunib bo‘lmaydi. Ma’lum milliy muhitda yashab va voyaga yetar ekan har bir shaxsning ruhiy xususiyatlari millatning psixologik xususiyatlaridan “ko‘chirma” oladi. Shaxs ajdodlar tomonidan to‘plangan madaniy meroslarni o‘zlashtirib boradi va uni o‘rab turgan milliy zamin ta’siri ostida unda atrof-muhit, iqlim sharoitlari, nabotot va hayvonot olamini idrok etishga nisbatan maxsus did va his-tuyg‘ular shakllanadi.


  • Milliy did - bu xalq va millatning ko‘pchilik vakillarida tarixiy jihatdan vujudga kelgan go‘zallik va hunuklik to‘g‘risida beriladigan bahodir. Milliy did o‘zida milliy o‘ziga xoslikni mujassamlantirgan bo‘lib, hissiy va ruhiy jihatdan milliy psixologik qiyofaning xarakterli xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham uni xalq hayoti va turmushidan ajratib tushunib bo‘lmaydi. Ma’lum milliy muhitda yashab va voyaga yetar ekan har bir shaxsning ruhiy xususiyatlari millatning psixologik xususiyatlaridan “ko‘chirma” oladi. Shaxs ajdodlar tomonidan to‘plangan madaniy meroslarni o‘zlashtirib boradi va uni o‘rab turgan milliy zamin ta’siri ostida unda atrof-muhit, iqlim sharoitlari, nabotot va hayvonot olamini idrok etishga nisbatan maxsus did va his-tuyg‘ular shakllanadi.

Etnik ongning eng muhim ijtimoiy vazifasi - odamning ma’lum etnik guruhga mansubligini anglash va his qilishini ta’minlashdir. Agar etnik psixologiyada etnik ong va etnik o‘zini o‘zi anglash kabi muhim komponent (unsur)lar bo‘lmaganda edi, milliy urf odat va an’analar, milliy xarakter, milliy tuyg‘ular va didning bir avloddan ikkinchi avlodga o‘tishi qiyinlashib qolgan bo‘lardi.


  • Etnik ongning eng muhim ijtimoiy vazifasi - odamning ma’lum etnik guruhga mansubligini anglash va his qilishini ta’minlashdir. Agar etnik psixologiyada etnik ong va etnik o‘zini o‘zi anglash kabi muhim komponent (unsur)lar bo‘lmaganda edi, milliy urf odat va an’analar, milliy xarakter, milliy tuyg‘ular va didning bir avloddan ikkinchi avlodga o‘tishi qiyinlashib qolgan bo‘lardi.

  • Milliy ong kotib qolgan narsa bo‘lmay, xalqning tarixiy rivojlanishi jarayonida o‘zgarib, yuqori bosqichga - milliy o‘zini o‘zi anglashga o‘tadi.

Download 14.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling