Everest jamoasi navbatchilik savollari
Download 237.42 Kb.
|
Everest jamoasi navbatchilik savollari
Everest jamoasi navbatchilik savollari. 1. “Forbes” jurnalining 2005 yilda o’quvchilari, ekspertalari va redaktorlar orasida insoniyat taraqqiyotiga eng muhim ta’sir o’tkazgan instrumentlar va predmetlarni aniqlash uchun o’tkazgan so’rovida K eng ko’p ovoz olgan. Angliyada Sheffild, Germaniyada Zolingen va Shvetsiyada Eskilstuna shaharlari K ni ishlab chiqarish bo’yicha eng mashxurlari hisoblanadi. Siz menga O’zbekistondagi eng mashxur toponimni yozib bering. Javob: Chust Izoh: K harfi ingliz tilidagi knive – pichoq so’zining bosh harfi edi. Manba:https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9D%D0%BE%D0%B6#:~:text=%D0%9F%D0%B5%D1%80%D0%B2%D1%8B%D0%BC%D0%B8%20%D0%BD%D0%BE%D0%B6%D0%B0%D0%BC%D0%B8%20%D0%B1%D1%8B%D0%BB%D0%B8%20%D0%BA%D0%B0%D0%BC%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D1%8B%D0%B5%20(%D1%87%D0%B0%D1%89%D0%B5,%D0%B8%D0%B7%20%D0%BA%D0%BE%D1%81%D1%82%D0%B8%2C%20%D0%B4%D0%B5%D1%80%D0%B5%D0%B2%D0%B0%20%D0%B8%20%D0%B1%D0%B0%D0%BC%D0%B1%D1%83%D0%BA%D0%B0 2. Hayvonlarga nisbatan BU ISHNI QILISH ga odatda 10-30 daqiqa vaqt sarflanadi. 1396-yilda Xitoy imperatori CHju Yuan Chjan eriga nisbatan hiyonatda ayblangan 5000 ta ayolga nisbatan BU ISHNI QILISHni buyurgan. 1831-yilda esa AQSHning Virjiniya shtatidagi qo’zg’olonga boshchilik qilgan Net Tyornerga nisbatan ham BU ISH qilingan. BU ISHNI QILISH o’rnidagi ikki so’zni yozib bering. Javob: Terisini shilish Izoh: Hayvonlarda kattaligiga qarab terisini shilishga 10-30 daqiqa vaqt sarflanadi. Xitoy imperatori eriga nisbatan hiyonatda ayblangan 5000 ta ayolning yuz terisini shildirgan. Qora tanli qul Net Tyorner qo’zg’olon ko’targach boshqa qullarga dars bo’lishi uchun terisini shilishgan. Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B4%D0%B8%D1%80%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D0%B5_%D0%BA%D0%BE%D0%B6%D0%B8 https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A2%D1%91%D1%80%D0%BD%D0%B5%D1%80,_%D0%9D%D0%B0%D1%82 3. OSMONDAN TUSHGAN YEMAK ni yeyishlikni Alloh taolo “Moida” surasi 3-oyatida taqiqlaydi. Sababi esa odatda YEMAKNING OSMONDAN TUSHISHIGA aksar hollarda zaxarlanish va kasalliklar sabab bo’ladi. OSMONDAN TUSHGAN YEMAK ning nima ekanligini bilgan bo’lsangiz OSMONDAN TUSHGAN YEMAKni yeb bo’kib o’lgan tozi it haqidagi xabarchini kimligini toping? Javob: Qoravoy Izoh: OSMONDAN TUSHGAN YEMAK bu harom o’lgan hayvon go’shti. Harom o’lgan ot go’shtini yedirib tozi it bo’kib o’lgani haqida boyotani Qoravoy xabardor qiladi. Manba: https://www.muxlis.uz/oz/article/harom-olgan-hayvon-goshtiga-taqiq 4. Tarqatma. Suratda siz X ning eng birinchi versiyalaridan birini ko’rib turibsiz. X ni dastlabki ikkitasi bir hil harfda boshlanuvchi uchta so’zda yozib bering. Javob: O’t o’chirish mashinasi 5. Garri Potter haqidagi filmlarda o’quvchilarni odatda shu yoshdagi bolalar o’ynashgan. Ammo o’quvchi qiz Yig’loqi Mirtl rolini o’ynagan Shirli Xenderson syomkalar vaqtida 37 yoshda edi. Ko’pchilik sevib tomosho qilgan mazkur filmdagi Yig’loqi Mirtl kim edi? Javob: Arvoh Qabul: ruh Izoh: Shirli Xenderson Garri Potter haqidagi filmlarda arvoh qiz rolini o’ynagan. Manba: https://www.youtube.com/watch?v=IU-CtLtP2So 6. Bu personaj boshlig’i Sultonning barcha buyrug’ini so’zsiz bajarishini film davomida ko’rishimiz mumkin. Hatto o’ylab o’tirmay asli kelib chiqishi Buxoroi sharifdan bo’lgan oqsuyak eshonning ham tazirini beradi. Personajning ismini bilgan bo’lsangiz Zakovatning ekran o’yinlaridan biridagi savolda turkey qabila ayollari sovchilikka borganda kelinga nimani olib kelishni buyurishganini yozib bering. Javob: bir kosa suv Izoh: Personaj Shum bola filmidagi Bo’qoq laqabli o’g’ri edi. U Sultonning buyrug’i bilan dasturxondagi tangalardan birini o’g’irlamoqchi bo’lgan eshonning tazirini beradi. Zakovatning ekran o’yinlaridan biridagi savolda turkey qabila ayollari sovchilikka borganda kelinga bir kosada suv olib kelishni buyurishadi va kelinga suvni ichirish orqali unda bo’qoq kasalligi bor yoki yo’qligini aniqlashgan. Manba: https://www.youtube.com/watch?v=VKfqvZrWMdM P.S.: Boy otaga aytilgan ilk xabar dondon sopli pichoqning singanligi 1-savolga, pichoq tozi itni terisini shilayotib singanligi 2-sovolga, it esa xarom o’lgan ot go’shtidan bo’kib o’lganligi va xabarchi esa Qoravoy 3-savolga, uloqcha otning o’limi sababi esa qo’rg’onga o’t ketganda aravaga solib suv tashiganda zo’riqib o’lganligi 4-savolga, o’likni arvohi kelib o’ynashishi uchun qo’yilgan yonib turgan shag’amdan qo’rg’onga o’t ketganligi 5-savolga, shag’am yoniga qo’yiladigan bir kosa suv esa 6-savolga asos bo’ldi. Zukko zakovatchi uchun savollar o’zaro bog’liqligi haqida 3 savolda ishora berib ketishga urindik. Everest jamoasi savollarida kayfiyatni tushirmagan holda davom etamiz. Keying savollar o’zaro bog’liq emas. Download 237.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling