Xabashiston biogeografik viloyati Afrikaning Markaziy Janubiy qismini, Madakaskarni egallagan.
Bu viloyatning o'ziga xos hayvonot dunyosi gorilla, shimpanze, martishkalar, lemurlar, arslonlar, fillar, begemotlar, oq va qora ikki shoxli nosaroglar, jirafalar, zebralar, giyena itlaridan iborat bo'lib. ularning aksariyati boshqa biogeografik viloyat-larda uchramaydi. Qushlardan — bulduruqlar, Afrika tuyaqushlari, kotib qushlar, to'tilar, sesarkalar, nektar yig'uvchilar, sudralib yuruvchilardan — Afrika timsohi, echkiemarlar, kaltakesaklar, agamalar, xameleonlar keng tarqalgan (39-rasm).
Afrikaning g'arbiy va tog'li joylari tropik o'rmonlar, qolgan qismi esa savannalar-dan iborat. Ularda baobob, qizil daraxt. palmalar, akatsiyalar, paporotniklar va daraxt-larda o'suvchi o'simliklar — epifitlar keng o'rin olgan.
Avstraliya biogeografik viloyatiga Avstraliyadan tashqari Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya, Polineziya, Tasmaniya orollari kiradi.
Bu viloyatda boshqa biogeografik viloyatlarda uchramaydigan sutemizuvchilar sin-fining tuban vakillari tuxum qo'yib ko'payuvchi — o'rdakburun, yexidna, qopchiqli hayvonlardan — kenguru, qopchiqli krot, qopchiqli tiyin, qopchiqli bo'ri, qopchiqli ayiq tarqalgan.
Yo'ldoshli sutemizuvchilar nihoyatda kam. Ular sichqonsimon kemiruvchilar, ko'rshapalaklar, dingo itidan iborat bo'lib. keyingi ikki hayvon turi o'zga qit'alardan o'tgan deb taxmin qilinadi. Avstraliyadagi nihoyatda rang-barang qushlardan — jannat qushlari, kapachi qushlar. Lira qushi, qanotsiz kivi-kivi, tuyaqushlardan — yirik gav-dali emu tarqalgan. Sudralib yuruvchilardan tuzilishi jihatdan paleozoy erasidagi sudralib yuruvchilarga nihoyatda o'xshash bo'lgan yangi Zelandiya gatteriyasi uchray-di (40-rasm).
O'rmonlarda ekvaliptlar, janubiy qoraqayin, daraxtsimon paporotniklarni ko'rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |