Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. XII—XIII asrda bir qancha G‘arbiy Evropa mamlakatlarida oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo‘la boshlaydi. - Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. XII—XIII asrda bir qancha G‘arbiy Evropa mamlakatlarida oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo‘la boshlaydi.
Universitetlarning vujudga kelishiga o‘sha vaqtlarda ko‘p evropaliklarning arab madaniyati (xususan, meditsina va falsafa) bilan tanishuvi katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G‘arbiy Evropa feodallarining XI asr oxirida SHarqdagi arab musulmon mamlakatlariga qarshi boshlagan Harbiy Harakatlari sabab bo‘ldi. O‘sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ma’rifat G‘arbiy Evropadagi madaniyatga nisbatan ko‘p jihatdan taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlari Evropa universitetlari uchun ma’lum darajada namuna bo‘ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shahrida tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari o‘qitilar edi. Evropaning turli mamlakatlaridan kelgan ko‘p talabalar Kordovada o‘qib, oliy ma’lumot olardilar. - Universitetlarning vujudga kelishiga o‘sha vaqtlarda ko‘p evropaliklarning arab madaniyati (xususan, meditsina va falsafa) bilan tanishuvi katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G‘arbiy Evropa feodallarining XI asr oxirida SHarqdagi arab musulmon mamlakatlariga qarshi boshlagan Harbiy Harakatlari sabab bo‘ldi. O‘sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ma’rifat G‘arbiy Evropadagi madaniyatga nisbatan ko‘p jihatdan taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlari Evropa universitetlari uchun ma’lum darajada namuna bo‘ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shahrida tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari o‘qitilar edi. Evropaning turli mamlakatlaridan kelgan ko‘p talabalar Kordovada o‘qib, oliy ma’lumot olardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |