Excel dasturida faylni saqlash va ishga tushirish


Download 373.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.02.2023
Hajmi373.18 Kb.
#1232700
  1   2
Bog'liq
6- mavzu Exel dasturida ma’lumotlarni shartli formatlash. Yig’ma jadval h




Excel dasturida faylni saqlash va ishga tushirish
Agar foydalanuvchi dastlab Excel dasturida ma’lumotlarni qayta ishlashda
Файл nomini kiritmagan bo’lsa, u holda kompyuter yangi faylni Kniga1(1-kitob)
nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi. Foydalanuvchi dastlab jadvaldagi ma’lumotni
qayta ishlashi, keyin esa uni ixtiyoriy nom bilan Файл ko’rinishda diskda saqlashi
mumkin. Foydalanuvchi faylga yangi nom kiritmoqchi bo’lsa, menyudan
Fayl
®
Soxranit kak... buyrug’i tanlanadi va ekranda muloqat oynasi paydo
bo’ladi(4-rasm). Oynaning Imya fayla darchasiga Файл nomi kiritiladi hamda
Soxranit tugmachasi bosiladi va natijada jadval yangi nom bilan diskda saqlanadi.
Excel dasturida jadvalni saqlash.


Файл bir marta nomlanadi. Xotirada saqlangan faylga kiritilgan keyingi har
bir o’zgarishni saqlash uchun menyuning Файл bo’limidan Soxranit buyrug’i
yoki uskunalar majmuasidagi
belgida sichqoncha tugmachasi bosiladi.
Agar foydalanuvchi oldindan mavjud bo’lgan fayllar bilan ishlamoqchi
bo’lsa, u holda Fayl
®
Открыть buyrug’i tanlanadi yoki uskunalar majmuasidagi
belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va ekranda quyidagi muloqat oynasi
paydo bo’ladi(5-rasm).
Excel dasturida faylni ishga tushirish.
Ekranda fayllar ro’yxati paydo bo’ladi va “sichqoncha” ko’rsatkichi bilan
Файл nomi tanlanadi va Открыть tugmachasi bosiladi. Umuman olganda
fayllarni ishga tushirish va saqlash Word dasturi kabi amalga oshiriladi. Excel
dasturi ham Word dasturi kabi ko’p oynali dastur hisoblanadi.
EXCEL dasturida jadvallar bilan ishlash, Jadvalga ma’lumotlar kiritish
Excel dasturida tuzilgan jadvalga asosan 3 turdagi ma’lumotlar kiritiladi:
matnli, sonli va formula. Jadvalga ma’lumotlar klaviatura tugmachalari yordamida
kiritiladi. Qaysi yacheykaga ma’lumot kiritilishi kerak bo’lsa, kursor o’sha
yacheykada turishi kerak.
Sonlar. Kiritilgan ma’lumotlar faqat raqamlar ketma-ketligidan
iborat va raqamlar oldida “+”(qo’shish), “-”(ayirish) arifmetik amal
belgilari hamda “.”(nuqta)(sonning butun va kasr qismini ajratish
uchun) Символlaridan iborat bo’lsa, bunday ma’lumot sonli ma’lumot
deb tushuniladi. Masalan: 555; -45.6; 76.9 va hokazo.
Formula. Ba’zan yacheykalardagi sonli ma’lumotlar ustida ayrim
hisoblashlarni bajarish zaruriyati tug’iladi, bunday vaziyatda formulalardan
foydalaniladi.


Excel yacheykasidagi formulaning dastlabki Символi hamma vaqt
“=“ (tenglik) belgisi hisoblanadi. So’ngra, arifmetik amal belgilari bilan o’zaro
bog’langan ifodalar yoziladi. Masalan N8 yacheykasida
= A5+ 4*V6
formula yozilgan bo’lsa, B6 yacheykadagi sonli qiymat 4 ga ko’paytiriladi va A5
yacheykadagi songa qo’shilib, N8 yacheykaga yoziladi.
Excel da ishlatiladigan arifmetik amal belgilari quyidagilar:
+ (qo’shish),- (ayirish),* (ko’paytirish),/ (bo’lish),^ (darajaga ko’tarish).
Matn. Agar jadvalga yozilgan ma’lumot sonli yoki formula bo’lmasa,
qolgan barcha hollarda kiritilgan ma’lumotlar matn deb tushuniladi.
Masalan: =V1+V5 – bu formula, V1+V5 – bu matnli ma’lumot.
Foydalanuvchi yacheykaga ma’lumotlar kiritgandan so’ng ular ustida
quyidagilarni bajarishi mumkin.
- O’chirish, almashtirish, tahrir qilish, yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish
uchun uni aktivlashtirish, so’ngra [Delete] tugmachasini bosish kerak. Agar
bir nechta yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish kerak bo’lsa, dastlab bu
yacheykalar belgilanadi(bu «sichqoncha» yoki Shift hamda strelkalar
yordamida) va [Delete] tugmachasi bosiladi.
YAcheykadagi ma’lumotlarni tahrir qilish uchun «sichqoncha»
tugmachasi yacheykada ikki marta bosiladi(yoki F2 tugmachasi) va
tahrirlash ishlarini bajarish mumkin.
Ustunning enini va satrning balandligini o’zgartirish
Ustunning eni Символlar bilan o’lchanadi. Masalan 9 kenglik bitta
yacheykaga 9 tagacha Символ kiritish mumkinligini bildiradi. Ustunning
eni 0 dan 255 tagacha Символdan iborat bo’lishi mumkin. Satrning
balandligi punktlarda(0 dan 409 gacha) o’lchanadi. Amalda ustun eni va
satrning balandligini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Odatda, asosan ustunning
enini o’zgartirishga to’g’ri keladi.
Ustunning enini o’zgartirish uchun Format
®
Stolbets
®
SHirina
buyruqlari tanlanadi va ekranda paydo bo’lgan quyidagi (6-rasm) so’rovga
ustun eni(sonlarda) kiritiladi va OK tugmachasi bosiladi. Odatda jadval
ustunining eni standart holatda 8,43 o’lchamda bo’ladi. Foydalanuvchi bu
sonning o’rniga kerakli o’lchamni o’rnatishi mumkin. Masalan, 8,43
sonining o’rniga 15,25 sonini kiritishi mumkin. U holda jadvalning kursor
turgan ustunining eni o’zgaradi.



Download 373.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling