ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00722
Academic Research, Uzbekistan 1221 www.ares.uz
EXCEL DASTURINING IQTISODIYOTGA DOIR FUNKSIYALARI VA
ULAR USTIDA IQTISODIY MASALALARNI YECHISH
N. Sh. Tojiyev
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti assistenti
A.A. Adilov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
ANNOTATSIYA
Olib borgan kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, birinchidan, bu Microsoft excel
dasturining imkoniyatlari juda ham rang-barang va boy. Deyarli har bir
foydalanuvchi bu o`zi uchun ko`plab hayotiy masalalarni xal qilishda foydalanishi
uchun imkoniyatlar mavjud.
Ikkinchidan, Microsoft excel imkoniyatlari ilmiy-
tadqiqot, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, biznes, tijorat va boshqa ko`plab
sohalarida
qo`llanish va yanada kengroq tatbiq etishga imkon beradi.
Kalit so’zlar: Microsoft excel, iqtisodiyot, ПЛТ funksiyasi,
ПРПЛТ
funksiyasi, ОСПЛТ funksiyasi.
EXCEL FUNCTIONS OF ECONOMY AND SOLVING ECONOMIC
PROBLEMS ON THEM
ABSTRACT
Observations show that, first of all, the capabilities
of this Microsoft excel
program are very diverse and rich. Almost every user has the opportunity to use it to
solve many vital problems. Second, Microsoft excel capabilities allow it to be used
and widely used in research, manufacturing,
economics, business, commerce and
many other areas.
Keywords: Microsoft excel, economics,
ПЛТ function, ПРПЛТ function,
ОСПЛТ function
KIRISH
Hozirgi kunda mutaxassislar, guruhlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari yoki
ta’lim muassasalarining faoliyati ko`p jihatdan ularning
qay darajada zaruriy
ma`lumot va axborotlar bilan to`la ta`minlanganligiga, hamda ushbu ma`lumotlardan
qay darajada samarali foydalana olayotganliklariga bog’liq bo`lib qolmoqda.
Avvalo bir echimga kelishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masalaga (sohaga)