Excelda ma’lumotlarni saqlash tamoyillari reja Excel dasturini ishga tushirish
Jadvaldagi ma’lumotlarni saralash va filtrlash
Download 0.99 Mb.
|
13-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dannыe
- Faylni chop qilish Faylni chop qilishda ko’pchilik foydalanuvchilar menyuning Файл Печать
Jadvaldagi ma’lumotlarni saralash va filtrlash
Excel dasturining yana bir imkoniyati shundan iboratki, katta hajmdagi jadvallar bilan ishlayotganda jadvaldagi hamma ma’lumotlarni ekranga chiqarmasdan, balki ma’lum bir qismini ham chiqarish, ya’ni filtrlash mumkin. Masalan, Toshkent shahrida joylashgan biror firmaning boshqa shaharlarda mavjud bo’lgan filiallarida yarim yillik(yanvar-iyun) rejasining bajarilishi haqidagi jadval berilgan bo’lsin. Bu jadvaldan faqat Samarqand shahridagi filiallar to’g’risidagi ma’lumotni olish uchun quyidagi buyruqlardanfoydalaniladi: buning uchun kursor jadvalning yuqoridan birinchi yacheykasida turishi kerak. So’ngra menyuning Dannыe bo’limidan Filtr bandi va undan Avtofiltr bandi tanlanadi. Ekranda hosil bo’lgan muloqat oynasidan Samarqand so’zida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va natijada ekranda faqat Samarqand shahridagi filiallar to’g’risidagi ma’lumot paydo bo’ladi. Jadvaldagi ma’lumotlarni o’sib yoki kamayib borish(yoki alvafit bo’yicha) tartibida saralash quyidagicha bajariladi: menyudagi Dannыe bo’limidan Sortirovka bandi tanlanadi va «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va ekrandagi muloqat oynasiga ustun nomi kiritiladi, hamda o’sib yoki kamayib borish tartibi tanlanadi va OK tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda shaharlar nomlari alvafit bo’yicha saralangan jadval paydo bo’ladi. Faylni chop qilish Faylni chop qilishda ko’pchilik foydalanuvchilar menyuning Файл Печатьbuyrug’idan yoki Ctrl R tugmachalar majmuasidan foydalaniladi. Bu holda ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo’ladi. Bu oynada foydalanuvchi chop qilish parametrlarini va printer xossalarini o’rnatishi mumkin. Jadvalning barcha varaqlarini chop qilish uchun «vse» buyrug’i tanlanadi. Agar Jadvalning ba’zi varaklarini chop qilish kerak bo’lsa, u holda «stranitsы» darchasida, masalan, 1-15 kiritiladi va OK bosiladi. «CHislo kopiy» bo’limida jadvalni necha nusxada chop kilinishi ko’rsatiladi. Quyidagi savollarga to’lig’icha javob yozing va komp’yuterda bajarishni o’rganing! Microsoft Excel dasturini ishga tushirish. Jadval nomini kiritish. Ustun eni va satr balandligini aniqlash va zaruriyat tug’ilsa ularni o’zgartirish. Ustun nomini kiritish. Jadvalga ma’lumot kiritish. Jadvaldagi ma’lumotni Файл ko’rinishda diskda saqlash. Faylni ishga tushirish. Tuzilgan jadvaldagi sonli ma’lumotlar ustida amallar bajarish. Jadvalni chop qilish. Tuzilgan jadval asosida diagrammalar tuzish. Tuzilgan jadvaldagi ma’lumotlarni saralash va filtrlash. Microsoft Excel dasturi bilan ishni tugallash. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling