Exe formatda yuklab olish
Download 1,02 Mb.
|
savodxon ilovasini o\'rnatish
MS Word uchun ilova (Windows) Joriy versiya: 4.4 MS Word uchun Savodxon ilovasini kompyuteringizga oʻrnatadigan dastur ikki xil formatda taqdim etiladi: .EXE va .MSI. EXE formati ilova kompyuteringizda ishlay olishi uchun zarur boshqa dasturiy vositalarni oʻz ichiga oladi: EXE FORMATDA YUKLAB OLISH MSI formati kompyuteringizga faqat ilovani oʻzini oʻrnatadi — boshqa zarur dasturiy vositalar avvaldan oʻrnatilgan boʻlishi kerak: MSI FORMATDA YUKLAB OLISH Ilova oʻrnatiladigan tizimga boʻlgan talablar:
Qoʻllanma Kerakli bobni ochish uchun sarlavha ustiga bosing. Suratlarni kattalashtirish uchun ularning ustiga bosing.
Ushbu ilova Savodxon dasturi imkoniyatlaridan MS Word dasturi ichidan turib foydalanishga imkon beradi. Undan foydalanganda MS Word fayllaringiz matnidagi imlo xatolarini aniqlash yoki uni bir yozuvdan boshqasiga oʻgirish uchun Savodxon saytiga kirishingiz shart emas.
Ilova kompyuteringizga muvaffaqiyatli oʻrnatilgandan soʻng, MS Word dasturini ochsangiz — uning asosiy menyusida “Savodxon” deb nomlangan yangi boʻlim paydo boʻlganini koʻrasiz. Shu boʻlimga oʻtsangiz, ilova tugmalari koʻrinadi.
Ilovadan foydalanish uchun siz avval Savodxon tizimiga ulanishingiz kerak. Buning uchun Savodxon saytida roʻyxatdan oʻtgan email manzilingizni “Email” satriga, Savodxon saytiga kirish uchun ishlatadigan parolingizni esa “Parol” satriga kiriting va “Kirish” tugmasini bosing.
Matnni bir yozuvdan boshqasiga oʻgirish uchun “Lotinga” va “Kirillga tugmalaridan foydalaning. Bunda hujjatingizda hech bir matn belgilanmagan boʻlsa, u toʻligʻicha siz buyurgan yozuvga oʻgiriladi. Hujjatning alohida qisminigina oʻgirish uchun kerakli matnni belgilab, keyin oʻgirish tugmasini bosing.
Ishni yakunlagach, tizimdan chiqishingiz mumkin. Buning uchun “Chiqish” tugmasini bosing. Agar joriy kompyuteringizdan doimiy foydalansangiz, tizimdan chiqmasdan hujjatni yopishingiz mumkin. Keyingi gal MS Word ochilganda, ilova sizni tanib oladi va tizimga avtomatik ulanadi.
Ushbu koʻrsatmalarni ilova ichidan turib ham ochish mumkin. Buning uchun “Yordam” tugmasini bosing. Qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa, biz bilan bogʻlanishingiz mumkin. Biz albatta sizga javob berishga va sizni qiynayotgan muammoni hal qilishga harakat qilamiz.
Download 1,02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling